Zbekiston davlat jahon tillari universiteti adabiyotshunoslik oraliq nazorat


Download 35.5 Kb.
Sana04.04.2023
Hajmi35.5 Kb.
#1325453
Bog'liq
Arslonova Ruxshona oraliq 2212


O’ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETI

ADABIYOTSHUNOSLIK ORALIQ NAZORAT

Guruh: 2212
Talaba: Arslonova Ruxshona
Tekshirdi: Ko’chimov Ulug’bek

TOSHKENT 2023




Oraliq nazorat uchun talaba she'rni tanlab uni yod olishi va quyidagi mezon asosida tahlil qilib berishi kerak :
1 She'rning muallifi va nomi ;
2 She'rning yaratilish tarixi : qachon yozilgan , nima sababdan yozilgan , muallif kimga bag'ishlagan ;
3 She'rning janri va vazni ;
4 She'rning mavzusi va g'oyasi ;
5 She'rdagi badiiy tasvir vositalari ( agar g'azal bo'lsa she'riy san'atlar ) ;
6 She'r haqidagi shaxsiy mulohazalari.
Yigitlar maktubin bitganda qondan,
Kelinlar firoqdan chekkanda yohu,
Uning ham panohi qaytmadi jangdan,
O‘n to‘qqiz yoshida beva qoldi u.

Sevgidan yetim-u umrdan yarim,


Qurigan ko‘ksida yolg‘iz belanchak.
Abadiy firoqni, hayhot, do‘stlarim,
Abadiy visol deb bildi kelinchak.

Qaqragan lablarda olovli nafas,


Kechalar kechmishin ayladi ko‘mir.
Parishon sochlari yor ko‘ksi emas,
Muzdayin bolishda qoldi bir umr.

Yillar ham o‘tdilar, hamon u yolg‘iz,


Mung‘ayib termular botguvchi kunga.
Ey nomard tabiat, bormi senda his,
Qaytadan baxt bersang bo‘lmasmi unga?!

Nahot ishq qismati buncha berahm,


Bunchalar buyuksan vafo shevasi.
Sengadir hurmatim, senga sharafi
Qahramon jangchining sodiq bevasi.

Siz-chi ey, sadoqat satridan nolib,


Nadomat komida qolganlar, ayting.
O‘zini ming bitta bozordan olib,
Ming bitta bozorga solganlar, ayting.

Shu cho‘lpon ko‘zlarning buyuk hurmati,


Shu aqiq lablarning rost so‘zi deya,
So‘ylang-chi, vafoning nadir qimmati
Siz ham kutgamisiz biror soniya

Ba’zida tirnoqlar bezagi uchun


Sahardan shomgacha qilursiz toqat.
Biroq yoringizni kutgali nechun
Topilmas tirnoqcha sabr-u qanoat.

Nazokat paytimas, yaqinroq keling,


Buyuk zot qoshida aylangiz salom.
Shu sodiq bevaga sajdalar qiling,
Shu sodiq bevaga aylang ehtirom.

Hatto zeb-ziynatni yulqib ziyoda,


Haykal ham qo‘yingiz bamisli xayol.
Shundaylar bo‘lmasa agar dunyoda,
Bu qadar muhtaram bo‘lmasdi ayol.

1."Ayol" she'rining muallifi O'zbekiston xalq shoiri, O'zbekiston qahramoni,o'zbek she'riyati yorqin namoyondasi Abdulla Oripov.
2. Ushbu She'r 1965-yilda ayni urush talafotlari katta qiyinchiliklar bilan bartaraf etilayotgan ,urushning odamlar yurariga solgan jarohatlar hali bitib ulgurmagan paytlarda,muallifning urushda vafot etgan amakilarining matonatli ayollariga bag'ishlab yozilgan.
3. Ushbu she'rning to'rtlik shaklida barmoq vaznida yozilgan bo'lib,a-b-a-b tarzida qofiyalangan
4.She'rning asosiy mavzusi urush,bundan tashqari vafo sadoqat,mehr-muhabbat kabi o'lmas mavzularni ham o'ziga singdirgan.She'rning asosiy g'oyasi esa insonlar uchun umuman ham muhim bolgan sadoqat tuyg'usini insonlar ongiga singdirish."She'rdagi sadoqat asridan nolib nadomat komiga qolganlar" iborasi orqali bugungi ayol qalamga olinadi va ularni urush davridagi ayollardan o'rnak olishga chaqiradi muallif.

5.She'rda bir qancha badiiy tasvir vositalaridan foydalanilgan bularga misol keltirib o'xshatish,qiyoslash,zidlashni keltira olamiz.
Parishon sochlari yor ko‘ksi emas,
Muzdayin bolishda qoldi bir umr.
mana shu misrada sochlar parishon so'zi sochni tasvirlashga xizmati qilyapti,ammo mantiqan o'ylab qaralaa parishon so'zi xayolchan deya insonlarga qollaniladi.Abdulla Oripov mana shu mantiqsizliklar bilan mantiqqa erishadi ya'ni uzun sochlar muzga o'xshatib o'xshatish san'ati qo'llangan bolish yani yostiqqa har tomonga sochilgan xayol kabi tasvirlangan.
Bundan tashqari Nido san'ati ham she'rda bir nechta marotaba hozirgi zamon ayoliga chaqiriq sifatida qo'llangan.Bularga misol keltirib masalan ''Ey nomard tabiat",Sadoqat satridan nolib nadomat komida qolganlar""O'zini ming bitta bozordan olib ming bitta bozorga solganlar"iboralarni keltirishimiz mumkin.
She'rda bir o'rinda tanosib san'ati ham mavjud.8-to'rtlikda Sabr,toqat,qanoat so'zlari o'zaro ma'nodoshlikni hosil qiladi va tanosub san'atiga asos boladi
6.Tabiatan she'riyatga oshno qalb egasi emasman.Ammo Abdulla Oripovning Ayol Sheri mening eng yaxshi ko'rgan sanoqli she'rlarimdan biri.Sababi unda ko'tarilgan mavzu hozirgi jamiyatimiz uchun juda kerak deb o'ylayman.Sababi hozir ajrimlar soni yoshlarning toqatsiz sabrsizligi tufayli nihoyatda kopayib bormoqda.Abdulla Oripovning ushbu she'ri esa 19 yoshginasida beva qolgan ammo sadoqat vafo bilan yorini har doim qalbida saqlagan ayolni butun millat uchun o'rnak sifatida ko'rsatadi.
Download 35.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling