Zbekiston davlat jahon tillari universiteti adabiyotshunoslik oraliq nazorat


Bir sahar edim uyg‘oq: o‘t tutashdi olamga


Download 44 Kb.
bet3/3
Sana24.03.2023
Hajmi44 Kb.
#1290178
1   2   3
Bog'liq
Оралиқ намунаси ва саволлари 2

Bir sahar edim uyg‘oq: o‘t tutashdi olamga,
Тog‘lar chekibon larza, titradi biyobonlar.

Tabiat go‘zalligiga oshufta lirik qahramon uygo‘q bir saharda chaqmoq chaqdi — butun olamga o‘t tutashganday bo‘ldi. Ketidan momaqaldiroq gumburlab, tog‘lar larzaga keldi, biyobonlarni titratib yubordi. Shoir jonlantirish orqali g‘oyat go‘zal lavha yaratgan. Sаkkiz bаytli mаzkur shе’rdа hаm оltinchi bаytdаn g‘azalga ijtimoiy ma’no kirib kela boshlaydi:

Bulbul o‘qug‘och yig‘lab, subhidam xazon faslin,
G‘uncha qon yutub, yuz chok etti gul giribonlar.

Bаytdа g‘unchаning gul bo‘lib оchilishi jаrаyonini husni tа’lil sаn’аti vоsitаsidа o‘zigа хоs tаrzdа tаsvirlаgаn. Husni tа’lil biror tasvir yoki holatni unga umuman aloqasi yo‘q boshqa narsa bilan dalillash, yolg‘on bo‘lsa-da, chiroyli sabab keltirish. Ammo bu asoslash real, hayotiy bo‘lmasdan faqat shoirona asoslash bo‘ladi. Ko‘klamning shundoq farahli ertasida bulbul xazon faslini eslab nola qilgach, u qo‘ngan gulning g‘unchasi ham qon yutib, yoqasini yuz joyidan yirtib yubоrаdi. Yoqаsi yirtilgаn g‘unchа
yozilib kеtаdi, ya’ni оchilаdi. G‘azalning maqta’sida shoirning vafo ahlining nohaq ranjitilishiga, qadr topmaganligiga kuyunchak munosabati aks etadi:

Kuymasun bu savdodan ne uchun dimog‘imkim,
Ranj-u g‘ussada dono, kechsa shod nodonlar.

Albatta, adolatparvar shoir donolarning g‘ussa chekib, nodonlarning shod yashashidan ozorlanadi va buni murakkab ramzlar vositasida jozibali ifodalaydi. Shoir o‘z davri uchun g‘oyat dolzarb bo‘lgan adolat va ma’rifat muammolarini faqat faslning go‘zalligini kuylashga bag‘ishlanganday tuyuluvchi she’rning zamiriga ustalik bilan singdirib yuborgan.
6. Ushbu she'r haqidagi o'z fikr-mulohazalarimni bayon etadigan bo'lsam, shoir bu g'azal orqali butun bir vafo ahlining ranjitilishini, donolarning ozor chekib, nodonlarning shod, xurram yashashini ochiq-oydin ifodalab beradi. Shuningdek, bu she'rni ilk bor o'qigan paytim, ko'z oldimda tabiat manzarasi, turli-tuman gullar, qumri va bulbullar yaqqol mujassamlashgan. Shoir g'azalni shu darajada mahorat bilan yozganki, uning har bir bandi o'quvchi ko'z oldida namoyon boʻladi. Ushbu g'azal murakkab tarzda tuzilganligi bilan menga yoqqan va men bu g'azalni haligacha sevib o'qiyman.
Download 44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling