Ўзбекистон давлат жисмоний тарбия институти


Download 2.8 Mb.
bet1/126
Sana15.11.2023
Hajmi2.8 Mb.
#1773974
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   126
Bog'liq
Voleybol nazariyasi va uslubiyati (darslik)

L.R. AYRAPETYANTS, A.А. PULATOV


V O L E Y B O L
nazariyasi va uslubiyati


O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus kasb-hunar talimi Vazirligining ilmiy-metodik birlashmasini Muvofiqlashtiruvchi Kengashi tomonidan jismoniy tarbiya instituti va OO‘Yulari jismoniy tarbiya fakultetlari talabalari uchun darslik sifatida tasdiqlangan

Toshkent
2011
Mualliflar:
Ayrapetyants Leonid Robertovich – pedagogika fanlari doktori, professor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy
Pulatov Azat Artikovich – dotsent, milliy toifadagi hakam
Taqrizchilar:
Koshbaxtiyev I.A. – pedagogika fanlari doktori, professor
Kerimov F.A. – pedagogika fanlari doktori, professor
Nurimov R.I. – pedagogika fanlari nomzodi, professor
Darslik mazkur fan bo‘yicha tasdiqlangan zamonaviy dastur talablari asosida yozilgan bo‘lib, talabalar, magistrantlar, tadqiqotchilar hamda jismoniy tarbiya instituti malaka oshirish fakul’teti tinglovchilari va oliy pedagogika o‘quv yurtlarining jismoniy tarbiya fakul’tetlari uchun mo‘ljallangan.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi Vazirligining ilmiy-metodik birlashmasini Muvofiqlashtiruvchi Kengashi tomonidan jismoniy tarbiya instituti va OO‘Yulari jismoniy tarbiya fakul’tetlari talabalari uchun darslik sifatida tasdiqlangan


O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari Vazirligi qoshidagi ilmiy-uslubiy Kengash tomonidan tavsiya etilgan.




Ayrapetyants L.R., Pulatov A.A. Voleybol nazariyasi va uslubiyati. Jismoniy tarbiya institutlari va Oliy pedagogika bilim yurtlari uchun darslik. 2011. - 279b.

© O‘zDJTI nashriyot matbaa bo‘limi, 2011y.




SO‘ZBOSHI

Yurtimizning mustaqil taraqqiyoti davrida erishilgan eng noyob kashfiyotlardan biri O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning tashabbusi va uning bevosita rahbarligi ostida ishlab chiqilgan hamda bugungi kunda o‘zining mazmundor hayotiy aksini topib kelayotgan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»dir. Aynan ushbu dastur tufayli mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan ta’lim tizimi ko‘p bosqichli va uzluksiz ta’lim maktabiga aylandi.


So‘nggi yillarda o‘z amaliy ijrosini namoyon etib kelayotgan O‘zbekiston Konstitutsiyasi, dasturilamal Qonunlar, shu jumladan «Ta’lim to‘g‘risida»gi va «Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida»gi qonunlar, Prezident Farmonlari va Hukumat qarorlari Respublikamizda jismoniy tarbiya va sport sohasini bozor munosabatlariga moslashtirish va uni rivojlantirish sur’atini jadallashtirishga qaratilgan huquqiy-moddiy imkoniyatlarini yaratib bermoqda. Binobarin, soha olimlari va mutaxassislariga ushbu imkoniyatlardan samarali foydalanish, mazkur yo‘nalish bo‘yicha raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga ixtisoslashtirilgan o‘quv adabiyotlari, ilg‘or ilmiy-pedagogik texnologiyalar ishlab chiqishlari, ta’lim standartlari va o‘quv dasturlarini zamon talablariga mos ravishda takomillashtirish mas’uliyati yuklanadi.
Ma’lumki, jismoniy tarbiya va sport millat genofondini shakllantirish va sog‘lom-barkamol avlodni tarbiyalash vositasi sifatida yildan yilga turli yosh guruhlariga mansub aholining kundalik ehtiyojiga aylanib bormoqda.
Bugungi kunda Respublikamizning barcha hududlarida, hatto uzoq-uzoq qishloq manzillarida ham jismoniy mashqlar yoki sport turlari bilan shug‘ullanishga barcha imkoniyatlar va shart-sharoitlar yaratilgan. Ta’kidlash joizki, yurtimiz bo‘ylab ommaviy sog‘lomlashtirish ishlarini jadallashtirishda sportning voleybol turi beqiyos ahamiyat kasb etadi. Darhaqiqat, voleybol Yer kurrasida eng ommaviylashgan sport turi deb tan olingan.
Respublikamizning ta’lim muassasalarida voleybol fan va sog‘lomlashtirish vositasi sifatida o‘quv rejalariga kiritilgan. Ushbu sport turi 2000-yildan boshlab o‘tkazilib kelinayotgan ko‘p bosqichli «Umid nihollari», «Barkamol avlod» va «Universiada» kabi ommaviy sport musobaqalari dasturidan joy olgan. Ammo ommaviy voleybol miqyosini yanada kengaytirish va yuqori malakali voleybolchilar tayyorlash samaradorligini oshirish uchun shu ixtisoslik bo‘yicha kadrlar tayyorlash sifati bilan belgilanadi. Mazkur muammoni maqsadli hal etish foydalaniladigan o‘quv adabiyotlari va birinchi navbatda, keng qamrovli, yangi ilmiy-uslubiy ma’lumotlarga asoslangan darsliklar salohiyatiga bog‘liqdir.
Pedagogika fanlari doktori, professor L.R.Ayrapetyants va dotsent A.A.Pulatov tomonidan tayyorlangan va jismoniy tarbiya instituti talabalariga mo‘ljallangan «Voleybol nazariyasi va uslubiyati» darsligi o‘z mohiyati hamda mazmuni jihatidan nafaqat jismoniy tarbiya va sportga ixtisoslashgan barcha ta’lim muassasalari o‘quvchi-yoshlariga tavsiya etilishi darkor, balki shu soha o‘qituvchi-murabbiylari va mutaxassis-tashkilotchilariga ham dasturilamal qo‘llanma sifatida xizmat qilishi mumkin. Ayniqsa, ushbu darslikda ilova qilingan tarixiy va me’yoriy jadvallar, diagrammalar, rasmlar, blok-andozalar va namunaviy mashqlar sportchi talaba-yoshlar, magistrantlar, aspirantlar, ilmiy tadqiqotchilar hamda mutaxassis-o‘qituvchilar uchun alohida ahamiyat kasb etadi.
Ushbu darslik O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti o‘quv rejasi, DTS va namunaviy o‘quv dasturiga muvofiq tayyorlangan.
Darslikni nashrdan chiqarilishi va amalga joriy etilishi mazkur yo‘nalish bo‘yicha ta’lim berish sifatini oshiradi hamda kadrlar tayyorlash samaradorligini kuchaytiradi, degan umiddaman.
Albatta, sport nazariyasi, uslubiyati va amaliyoti kundan kunga o‘zgarib borishi tabiiy hol. Binobarin, darslikda ko‘zga tashlangan ayrim kamchiliklar haqida o‘z fikr-mulohazalaringizni bildirilishi navbatdagi darslik va o‘quv qo‘llanmalarini ishlab chiqishda foydali manba bo‘lib xizmat qiladi.







Download 2.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling