Ўзбекистон ландшафтлари ва табиий ёдгорликларини муҳофаза қилиш


O’zbekistonning hayvonot dunyosi


Download 163.5 Kb.
bet5/7
Sana28.09.2023
Hajmi163.5 Kb.
#1689479
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O’zbekiston hayvonotining landshaft zonalari bo’ylab tarqalish222222

2.2. O’zbekistonning hayvonot dunyosi
Oʻzbekiston hayvonot dunyosi xilma-xil boʻlib, Oʻrta Osiyodagi boshqa mamlakatlar singari subtropik mintaqalga xos turlarga ega. Respublikada sut emizuvchilarning 6 turkumi: hasharotxoʻrlar (6 tur), koʻlqanotlilar (19 tur), tovuqsimonlar (2 tur), kemiruvchilar (42 tur), yirtqichlar (23 tur) va juft tuyoqlilar (8 tur)ga mansub 100 tur uchraydi. Eng nodir va kam uchraydigan sut emizuvchilarning 24 turi, jumladan burama shoxli echkiayiqqoplonquroquloqsilovsinilvirssirtlonqunduzmanuljayranalqorqushoyoqkoʻk sugʻurolakoʻzanustyurt qoʻyibuxoro qoʻyishomshapalaktunshapalak Oʻzbekiston Respublikasi „Qizil kitobi“ga kiritilgan (2003).
Oʻzbekiston qushlarning 24 turkumga mansub 410 ga yaqin turi bor, ulardan 184 turi chumchuqsimonlar turkumiga kiradi. Qushlarning 24 turi, jumladan, birqozonjingalakdor birqozonoq laylakqora laylakqizil gʻozvishildoqoqqushkichik oqqushmarmar oʻrdakoqbosh oʻrdaksuvqiygʻirqirgʻiy burgutchoʻl burgutchoʻl burgutibolyaturqumoyilonxoʻr burgutmallabosh lochinitogʻlioq turnaoddiy tuvaloqbizgʻaldoqyoʻrgʻa tuvaloqqorabovurtorgʻoqosiyo loyxoʻragiqum chumchuq va boshqalar „Qizil kitobi“ga kiritilgan.
Sudralib yuruvchilarning 58 turi mavjud, jumladan toshbaqalarning 1 turi (choʻl toshbaqasi) maʼlum. Tangachilar turkumining 58 (kaltakesaklar-38, ilonlar-20) turi uchraydi. Ilonlarning 5 turi: kapcha ilonqalqontumshuq ilonqoʻlboriloncharx ilonchoʻl qora iloni zaxarli hisoblanadi. Sudralib yuruvchilarning 16 turi, jumladan, xentogʻ qurbaqaboshiechkemarchipor kaltakesakqoʻlborilon Respublika „Qizil kitobi“ga kiritilgan.
Suvda hamda quruqlikda yashovchilarning 3 turi: yashil qurbaqa (turon qurbaqasi va osiyo togʻlari qurbaqasi kenja turlari), koʻl baqasi va danatin qurbaqa uchraydi.
Mamlakat suv havzalarida baliqlarning 106 turi tarqalgan. Ular 2 katta guruhga boʻlinadi. Birinchi guruxga daryo va soylarida qadimdan yashab kelayotgan mahalliy baliqlar (amudaryo guldor baligʻishirmohiturkiston moʻylovdorizogʻora baliqlaqqa va boshqalar), ikkinchi guruhga esa, asosan, suv omborlarda iqlimlashtirilgan baliqlar (issiqkoʻl guldor baligʻipelyadoq amurorol moybaligʻisharq oqchasikumush tovon baliqoddiy doʻngpeshonaoq slailonbosh va boshqalar) kiradi. Baliqlarning 18 turi, jumladan, orol moʻylov baligʻiorol baqrasiamudaryo qil quygʻuri, (katta kurak burun), amudaryo tosh baqrasi (kichik kurak burun), filburun (sirdaryo kurak buruni) va boshqalar „Qizil kitobi“ga kiritilgan.
Hasharotlar juda xilma-xil boʻlib, 16000 dan ortiq turi tarqalgan. Hashorotlarning 40 ga yaqin turkumi maʼlum. Ulardan togʻriqanotlilar (300 dan ortiq tur), tengqanotlilar (shiralar-330-350,jizildoqlar-600-700 tur), tangacha qanotlilar (1500 ga yaqin tur), qattiqqanotlilar (2000 ga yaqin tur), pardaqanotlilar (1500 ga yaqin tur), ikkiqanotlilar (3500-4000 tur), chala qattiqqanoqlilar (600-700 tur) keng tarqalgan.
Respublika faunasida oʻrgimchaksimonlardan chayonlarning 10 ga yaqin, falangalarning 20 ga yaqin, oʻrgimchaklarning bir necha yuzlab turi uchraydi. Oʻrgimchaksimonlardan, ayniqsa, kanalar xilma-xil boʻladi. Suv havzalarida kanalarning 20 dan koʻproq turi, tarqalgan. 100 dan ortiq tur kanalar odam va hayvonlarda parazitlik qiladi. Bir hujayralilar ham juda xilma-xil boʻladi. Suv havzalarida soxta oyoqliklar, xivchinlilar, infuzoriyalar koʻp uchraydi. Chuchuk suv havzalarida toʻgarak chuvalchanglar (120 dan koʻproq tur) bor. Quruqlikda yashovchi qorinoyoqli mollyuskalarning 171 turi maʼlum.
O`zbekiston xalq xo`jaligida tuproq boyliklari va uni muhofaza qilish juda muhim ahamiyatga ega. O`zbekiston tuproq, boyliklarini muxofaza qilishda eroziyaga qarshi kurashish, qayta sho`rlashishni oldini olish va tuproqni ifloslanishdan saqlash muhimdir. Buning uchun kelajakda jumhuriyatimizda quyidagi chora–tadbir ishlarini amalga oshirish kerak:
1. Ilmiy asoslangan almashlab ekishni to`la joriy etish, paxtachilik kompleksini 50—53% ga tushirish va gektar boshiga 50—60 tonnadan tabiiy o`g`it (go`ng) solib gumusning tuproqdagi miqdorini yyetarli bo`lishini ta`minlash.
2. Jumhuriyatda sug`oriladigan maydonning 40—50 foizi u yoki bu darajada sho`rlashgan va qayta sho`rlashgan. Buning oldini olish uchun yyerlarni sug`orishning ilg`or (tarnov va naychalar yordamida, yomg`irlatib, tomchilar, tuproq ostidan sug`orish), ilmiy aooslangan usullarini joriy etish; sho`r yuvishni puxta o`tkazish, zovur drenajlarni yaxshi ishlashini ta`minlash zarur.
3. Suv eroziyasining oldini olish uchun kelajakda sug`orish texnologiyasiga rioya qilish, sug`orish tarmoqlarini butkul qayta qurish, tashkiliy xo`jalik, o`rmon meliorativ va gidrotexnik tadbirlarni amalga oshirish; eroziya xavfi bo`lgan barcha qiya yyerlarda ko`p yillik ekin ekish, katta qiyalikka ega bo`lgan. yon bag`irlarda bog`dorchilik va uzumchilik zinapoyalarga aylantirishni amalga oshirish zarur.
Ma`lumki, O`zbekistonda eroziyaga uchragan yyerlarning 48—49 foizi shamol eroziyasiga to`g`ri keladi. Shamol eroziyasini oldini olish uchun ihotazorlar barpo etish, ekinzorlar orasida baland bo`ydi ekinlar ekib to`siqlar (kulislar) hosil qilish; almashlab ekishga rioya qilish, yyerni chuqur xaydash, almashlab ekishni joriy etish; tuproqni organik o`g`itlab uning tarkibini yaxshilash; yaylovlardan to`g`ri foydalanish; geologik qidiruv, yo`l qurish va har xil quvurlar yyetqizishda tabiat muhofazask koidalariga rioya qilish; ko`chma qumlarni mustahkamlash uchuv mexanik to`siqlar; tashkil etish; har xil o`simlik urug`larini sepib, uni unib chiqishini ta`minlash, juda muhim ahamiyatga ega. Tuproqni mineral o`g`itlar va zaharli moddalar bilav ifloslanishdan saqlash uchun zaharli dorilardan oydalanishni qisqartish, pestio`idlardan miqdoriga, vaqtiga, saqlash qoidasiga rioya qilib foydalanish, ishlatishda yo`lyo`rig`iga amal qilish kerak O`zbekiston tog`-kon sanoati bilan bog`liq bo`lgan holda buzilgan va nokerak jinslar bilan qoplab olingan yyerlarni rekulhtivao`iya qilish zarur. Kelajakda jumhuriyatimiz bo`yicha 2—16 ming gektar yyerni rekulhtivao`iya qilinadi. O`zbekiston yyer osti boyliklari xalq xo`jalik taraqkiyoty uchun juda muxim bo`lgan resursdir. yyer osti oyliklari xalq xo`jalik uchun energiya va yoqilri manbai, sanoati uchun xom ashyo, qurilish materiallari, shahar va qishloq aholisini toza yyer osti suv bilan ta`minlovchi manbaidir. Lekin ularni qazib olishda, tashishda, qayta ishlashda isrofgarchilikka yo`l qo`yilmoqda, konlarda rudaga boy bo`lgan asosiy «qaymog`i» olinib tarkibida foydali rudasi kam bo`lgan qatlamlar, yo`ldosh minerallar, keraksiz jins sifatida atrofga chiqarib tashlanmoqda.
O`zbekiston yyer osti boyliklaridan oqilona foydalanish uchun: fan va texnika yutuqlaridan foydalanib mavjud foydali qazilmalardan samarali va har tomonlama (kompleks) foydalannsh hisobiga yangi konlar ochib, tog` jinslarini qazib olish miqdorini kamaytirish; qazilma boyliklardan oqilona foydalanishga erishish maqsadida minerallardan «qaymog`ini» ajratib oluvchi zavodlar emas, balki ulardan kompleks foydalanib, yo`ldosh elementlarini ham ajratib oluvchi korxonalar barpo etish; qazilma boyliklarni qazib olish va tashishdagi isrofgarchilikka chek qo`yish; «keraksiz» jins sifatida chiqarib tashlangan hamda ishlab chiqarish chiqindilaridan foydalanish miqdorini yaqin yillarda 29—30 mln. kubometrga yyetkazish; yyer osti boyliklarini qazib olish va qayta ishlashning barcha bosqich.larida miiyeral va xom ashyo manbalaridan to`la va kompleks foydalanishga erishgan korxonalarni iqtisodiy jihatdan rag`batlantirish.
O`zbekiston tabiatining sofligi va xushmanzaraligi eng avvalo o`simlik dunyosiga bog`liq.
So`nggi yillarda jumhuriyatimizda o`simliklarga nisbatan noto`g`ri munosabatda bo`lish tufayli tabiiy xolati o`zgarib, ba`zi turlari kamayib ketmoqda. Shuning uchun O`zbekiston o`simlik dunyosini muhofaza qilib, undan oqilona foydalanishga qaratilgan chora-tadbirlarni ko`rish kerak: nabobat olamining irsiy fondi hamda barcha turlari rang-barangligini tabiiy holicha saqlashning usullarini, shuningdek biomanbalarning muhim turlaridan samarali foydalanish, tiklash, va muhofaza qilish tartiblarini asoslash usullaripi ishlab chiqish va unga rioya qilish; tog` yon bag`irlarida, daryo bo`ylarida va to`qayzorlarda
daraxtlarni kesib yuborishga chek qo`yish; tupraq eroziyasi sodir bo`ladigan joylardagi va ko`chma qumlar atrofidagi o`rmonlardan foydalanishni, ularda mol bokishni taqiqlash; ko`p yillik, xushmanzara, noyob va qimmatli usimliklar biotsenozini qo`riqxona va buyurtmalarga aylantirish; O`zbekiston «Qizil kitobi»ga kiritilgan o`simliklarni avaylab saqlab, ko`paytirib, brakonerlardan saqlash choralarini ko`rish; noyob va xo`jalik ahamiyatiga ega bo`lgan o`simliklarni qattik nazorat ostiga olib, ularning mevalarini, urug`larini, ildizlarini, barglarini belgilangan qonun asosida yig`ishga eri o`rmon resurslarini yog`indan saklab har xil zararkunandalar va kasalliklardan biologik usulda himoya qilishni 84—85% ga yyetkazish; nihoyat o`tloq va yaylovlardan samarali foydalanib, muxofaza qilish uchun bir joyda uzoq vaqt ko`p mollarni boqmaslik; yon bag`ri tik bo`lgan joylarda iloji boricha yirik tuyoqli mollarni kam boqish; o`simligi o`ta siyrak joylarda va qum tez. ko`chuvchi yyerlarda mol boqishni tartibga solish zarur.
O`zbekiston biologik resurslarining yana bir qismi hayvonlari hisoblanadi. Ular tabiatda modda va energiya almashinishida ishtirok etishdan tashqari kasbkorlik ahamiyati ham bor. Shuningdek, hayvonlar o`simliklarni changlatishda, urug` va mevalarini boshqa joylarga olib borib tarqatishda, tuproq tarkibini, yaxshilashda ham ishtirok etadi.
Lekin jumhuriyatimizda antropogen omillar ta`sirida hayvonot dunyosida ham salbiy o`zgarishlar yuz berib, ba`zi xayvon turlari kamayib, ba`zilari esa yo`q bo`lish arafasida turibdi. Agar zudlik bilan O`zbekiston hayvonot dunyosini muhofaza qilish choralari ko`rilmasa, ularning yashashi uchun barqaror sharoitlar yaratilmasa juda ko`p hayvon turlari yo`q bo`lib ketishi mumkin. Shuning uchun hayvonot olamining muhofazasiga qaratilgan quyidash vazifalarni amalga oshirish kerak; ovchilik va baliq ovlashni tartibga solib, qonun ayeosida, ruxsat berilgan hayvon turlarini, qachon va qancha ovlash, qanday yo`l bilan ovlash tartibiga to`la rioya qilish, ov qilishga ruxsat etilmagan, turi va soni kamayib borayotgan hayvonlarni ovlashni taqiqldsh; O`zbekiston «Qizil kitobi»ga tushgan hayvon turlarini ovlagan yoki ularga shikast yyetkazgan shaxslarga nisbatan ma`muriy chora ko`rish; hayvonlar yashaydigan joylarning ekobologik sharoitini yaxshilash uchun biotexnik tadbirlarni amalga oshirish. Buning uchun ma`lum hudud o`zlashtirilayotganda hayvonlar uchun ozuqa va muhofaza bo`ladigan joylar qoldirish; tabiiy ozuqalar kam bo`dgan joylarda qishda, bahorda vertolyot yordamida ozuqa tashlash; urchishi va urug` qo`yishi uchun sun`iy moslamalar tashkil etish; hayvon va qushlarni har xil kasalliklardan saqlash, yirtqich qushlar va hayvonlarni haddan tashqari ko`payib ketishini nazorat qilib turish; maxsus joylar tashkil etib, hayvonlar uchun kerak bo`lgan suv, tuz saqlash ishlarini amalga oshirish zarur; hayvonlarni foydali va zararli turlarga ajratish chegarasini tartibga solish, ularni tabiiy ofatlardan saqlash choralarini ko`rish hamda pestio`idlar bilan zaharlanishdan saqlash; hayvonlarni muhitga oslashtirish va qayta moslashtirish; hayvonot olamini qayta tiklab, muhofaza ostiga olish uchun mavjud qo`riqxona va buyurtmalar ishini yaxshilash hamda kelajakda yana bir necha qo`riqxona, xalq bog`i, parvarishxona tashkil, etish.
Aholi geografik tadqiqotlarning dastlabki bosqichlarida ishchi kuchi, mehnat resursi, ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirish va rivojlantirishning omili sifatida o'rganilgan. Bugungi kunda esa aholi asosan ijtimoiy (sotsial) tushuncha sifatida qaralib, uning yashash sharoiti va turmush tarzi, takror barpo etilishi, hududiy joylashuviga boshqa omillarning jumladan, resurslar bilan ta'minlanganlik, ekologiya, tibbiy xizmatni xolati kabilarning ta'siri jihatlarini tadqiq qilish ustuvor ahamiyatga ega bo'lmoqda. Aynan shu jihatlarga e'tibor qaratilishi iqtisodiy geografiya fani rivojlanishidagi ijtimoiylashuvi, ekologiyalashuvi, gumanitarlashuvi jarayonlari oqibatidir.
Aholi geografiyasi o'zaro bog'langan ikki turdagi hududiy tizimlarni ya'ni, aholi va aholi punktlarini o'rganadi. Birinchisi, aholining hududiy guruhlari bilan shug'ullanib, maqsadiga qarab, qit'alar, davlatlar, mamlakatlar va ularning ayrim qismlari (rayon, shahar, qishloq, mahalla) aholisini qiyosiy o'rganadi. Ikkinchisi, aholining aholi punktlari bo'yicha taqsimlanishi va joylanishini tadqiq etishdir. Aholining geografik joylashuvi o'z navbatida hududning tabiiy landshaft sharoitiga, tabiiy resurslari bilan ta'minlanganligiga, hududning o'zlashtirilish darajasiga bog'liqdir.
Aholi va aholi punktlarining makon va zamondagi o'zgarish xususiyatlari yuz yillar davomida geografik tadqiqotlar markaziga qo'yilmoqda. Aholining falsafiy ma'noda makonda joylashishish geografiya fanida «hududiy tashkil etish» tushunchasi bilan ifodalanadi. Shuning uchun aholi tushunchasi har doim hudud tushunchasi bilan yonma-yon, o'zaro bog'liqlikda ko'rib chiqiladi. Hudud, yer, makon, joy tushunchalarga nisbatan kengroq ma'noda ishlatiladi. Arab tilidan olingan bu so'z had, haddi, sarhad so'zlari bilan o'zakdosh bo'lib chegara, kimgadir qarashli yer ma'nosini anglatadi. Hudud deganda - o'zida tabiiy va inson tomonidan yaratilgan barcha resurslarni jamlagan, sanoatda, transport, qurilish va aholi manzilgohlarini tashkil etishda muhim omil vazifasini o'taydigan, o'ziga xos geografik o'ringa, ma'lum tabiiy landshaft va xo'jalik xususiyatlariga ega bo'lgan maydon tushuniladi. 
Geografik tadqiqotlar doirasida «aholi joylashuvi» tushunchasi ikki xil ma'noda qo'llaniladi. Birinchisida u aholining yashash joylari bo'yicha joylanishi tushuniladi. Bunda yashash joy sifatida ko'cha, mahalla, qishloq, tuman, hudud, mintaqa, mamlakat yoki qit'a tushunilishi mumkin. Ikkinchisida «aholi joylashuvi» turg'unlik va dinamik o'sish tushunchalarida o'z aksini topadi. Aholi punktlari va ularning rivojlanish jarayoni ichki tizimlar va elementlar o'rtasidagi munosabatlarning murakkab va ko'pincha qarama-qarshi xususiyatiga ega bo'lgan hudud ichki potentsialida namayon bo'ladi. Ushbu munosabatlar ma'lum bir geografik makonning xususiyatini belgilaydi. Bu geografik makonning bir qismi bo'lgan aholi va aholi punktlarining asosiy mezoni bu hududiylikdir. Aholi joylashuvining barcha elementlari hududiy xususiyatga ega.
«Hududiy tashkil etish» iborasi dastlab aholiga nisbatan (A.E.Probst, 1982) «ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish» iborasi sifatida qo'llanilgan. Aholini hududiy tashkil etish iborasi oddiy yoki tabiiy aholi joylashuvi, uning hududiy tarkibidan ancha yuqori turadi. Sababi aholi va aholi punktlarini hududiy tashkil etish, shaxmat doskasiga toshlarni ma'lum maqsad bilan, (bu yerda g'alaba qozonish uchun) joylashtirishga o'xshaydi. Aholining hududiy tashkil etishda «g'alabaga erishish» bu - boshqaruvning iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik jihatlaridan samarali bo'lishini ta'minlashdir. 
Aholini hududiy tashkil etish bu - uning joylashish jarayonlari bilan mavjud hududiy tarkibini optimallashtirish maqsadida, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini jadallashtirishni ta'minlash uchun tadqiqotlar olib boruvchi ilmiy yo'nalishdir. Bugungi kunda aholini hududiy tashkil etishning dolzarb muammolari turli davlatlar, mintaqalar, kichik mintaqalar va xatto aholi punktlari uchun ham bir-biridan farq qiladi. Biroq, aholini hududiy tashkil etishning umumiy xususiyatlaridan kelib chiqib, barcha mintaqalar uchun umumiy bo'lgan jihatlar ham mavjud. Ulardan biri aholi zichligidir. Aholining hududiy tarkibini tabiiy-landshaft omili imkoniyatlaridan foydalangan holda takomillashtirish yo'nalishida olib borilayotgan tadqiqotlar uzviy ketma-ketlikda ma'lum bosqichda olib borgan ma'qul hisoblanadi [2].
Dastlabki bosqichda, aholini hududiy tashkil etilishiga ta'sir etuvchi ma'lumotlar (axborotlar) jamlanadi. Ushbu tadqiqotda asosiy e'tibor aholining hududiy tarkibiga ta'sir etuvchi tabiiy-landshaft omiliga qaratiladi. Yig'ilgan axborotlarni taxlili etishda A.Kashin, Sh.Jumaxanov, Sh.Sharipov, Yu.Ahmadaliev, H.Abduvaliyevlar tomonidan ilgari surilgan nazariy bilimlarga tayaniladi. Tadqiqotning maqsadidan kelib chiqib bevosita aholining hududiy tarkibiga ta'sir etuvchi tabiiy-landshaft omillari geomorfologik (yer usti tuzilishi, relyef), iqlimiy (quyosh radiatsiyasining taqsimlanishi, qulay iqlim mintaqalarida joylashuv), tuproq (mexanik tarkibi, gumus miqdori), gidrologik (daryo va soylar bo'yida joylashuv) qismlarga ajratib tavsiflanadi [1, 3, 4, 5].
Bu 4 ta omillar ta'sirida shakllangan aholining mavjud hududiy tashkil etilishi majmuali-geografik asosda baholanadi.
Ikkinchi bosqichda aholi zichligini ortib ketishi, yer-suv resurslarining aholi jon boshiga yetishmay qolishi kabi jihatlari o'rganiladi. Baholash natijalari aholining hududiy tashkil etilishi bilan bog'liq bo'lgan muammo va muammoli vaziyatlarni aniqlash imkoniyatini beradi. Tadqiqotning yakuniy bosqichida aniqlangan muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlar majmuasi ishlab chiqiladi.
Aholi hududiy tarkibini tadqiq etishda an'anaviy usullar bilan bir qatorda yangicha uslubiy yondashuvda tadqiqot olib borish zarurati yuzaga kelmoqda. 
Taxlillardan aholi zichligini hisoblashni ma'muriy-hududiy usuli mavjud holatni to'liq aks ettirmasligi, resurslarni aholi jon boshiga taqsimlashda mutloqo noto'g'ri ko'rsatkichlarni keltirib chiqarishi ayon bo'ldi. Buning oqibatida aholi jon boshiga hisoblaganda asosiy mehnat vositasi bo'lgan yer resurslarining yetishmasligi, bandlik va hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida muammoli xolatlar yuzaga kelmoqda. Fikrmizni Farg'ona viloyati So'x tumani misolida asoslashga harakat qilamiz. So'x tumanida aholi zichligi 2019 yil 1 oktyabr holatiga ko'ra, an'anaviy usulda hisoblanganda 250,6 kishini tashkil etib, vodiyning 40 ta ma'muriy tumanlar orasida 38 o'rinda. Aholi jon boshiga to'g'ri keladigan yer resurslar bo'yicha nafaqat viloyatda balki vodiyda yetakchi o'rinda turadi. Bu ko'rsatkichdan hozirda So'x tumanida o'zlashtirish imkoniyati bor yerlar mavjud degan xulosa chiqarish mumkin. Biroq, zichlikni biz taklif etayotgan, aholi joylashishidagi cheklovchi yoki chorlovchi omillarini e'tiborga oluvchi, landshaftli usulda baholansa aniq muammoli vaziyat namoyon bo'ladi. Tumanda aholini joylashishiga chorlovchi ta'sir ko'rsatuvchi omillar ta'siridagi tekislik yerlar to'liq o'zlashtirilgan. Iqtisodiy rivojlanishning bugungi bosqichida «cheklovchi» tabiiy omillar ta'sirida aholini hududiy tashkil etish imkonoi bo'lmagan tog'li hududlarni hisobdan chiqarib, aholi zichligi aniqlandi, u tog' oldi tekislik landshaftlarida 716,5 kishini, sug'oriladigan yerlarda 4370 kishini tashkil etadi. Bunday hisobda aholining mavjud, foydalanish imkoniyati bor yer resurslari bilan ta'minlanishi bo'yicha So'x tumani nafaqat vodiyda balki respublikada oxirgi o'rinda turadi. Bu esa tumandagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni keskinlashuviga sabab bo'lmoqda.
Tabiatga inson ta’sirining yildan-yilga ortib borishi, o‘z navbatida tabiat qonuniyatlarini chuqur bilishni, shuningdek, tabiat va uning resurslaridan tejab-tergab, oqilona foydalanishni talab etadi. Bu esa geografik bilimlarni chuqur bilishni, tabiatdan foydalanishda ularga amal qilishni taqazo etadi. Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi dunyo tabiati komplekslarining tarkib topishi va rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganuvchi fandir. Ushbu fan talabalarga yer kurrasida ro‘y beradigan tabiiy jarayon va hodisalarni, geografik tizimlaryoki ularni tashkil qilgan ayrim komponentlar orasidagi o‘zaro aloqadorlik va ta’sirni, o‘xshash va farq qiluvchi qonuniyatlarni o‘rganish bo‘yicha bilimlar beradi. Shuningdek, okeanlar va materiklarning rivojlanish tarixi, geologik tuzilishi, relef shakllari, iqlimi, ichki suvlari, tuproqlari, o‘simlik va hayvonot olami haqida ko‘nikmalarni shakllantirish asosida tabiat va jamiyat orasidagi munosabatlar, inson ta’sirida vujudga kelgan ekologik muammolarni tahlil etish talab etiladi. Jahon mamlakatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi o‘quv predmetida aholi va xo‘jalikni jahon va uning ayrim mintaqalarida, mamlakatlarida joylashish va rivojlanish xususiyatlari haqida bilimlarga ega bo‘linadi. Mazkur fanning regional bo‘limida talabalar dunyoning turli davlat va hududlarida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, ijtimoiy-iqtisodiy, demografik, siyosiy jarayonlarning mazmun-mohiyati, sababoqibatlari, qonuniyat va aloqadorliklari, shuningdek globallashuv jarayonlarining mintaqaviy xususiyatlari bo‘yicha tegishli bilmi va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari talab etiladi. O’tra Osiyo tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy geografiyasi zamonaviy oliy ta’lim geografiya fanining ajralmas bir qismi bo‘lib, uning asosiy maqsadi talabalarga respublikamiz va unga qo‘shni bo‘lgan davlatlarning geografik rivojlanish xususiyatlari, relefi, iqlimi, suvlari tuproq va landshaftlari, tabiiy-geografik provinsiyalari, tabiiy va mineral xom ashyo salohiyati, aholi va mehnat resurslari, iqtisodiyoti, uning tarmoqlar va hududiy tarkibi, rivojlanish xususiyatlariga doir bilimlarni shakllantirishdan iborat. Jahon geografiyasi oliy ta’lim tizimida yuqori malakali geograflar tayyorlashda katta ahamiyatga ega. Ushbu fan to‘rt qismdan iborat bo‘lib, u o‘z ichiga Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi, Jahon mamlakatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi, O’rta Osiyo tabiiy geografiyasi hamda O’rta Osiyo iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasini qamrab oladi. O’zbekiston geografiyasi o‘quv kursi Vatanimiz – O’zbekiston tabiiy sharoiti va resurslari, ulardan omilkorlik bilan foydalanish, muhofaza qilish haqida bilimlar berish bilan birga, respublikamiz tabiati va xo‘jaligining rivojlanishi qonuniyatlarini tushunib olishga xizmat qiladi. Mazkur o‘quv kursi davomida mamlakatimizning tabiati va uning o‘ziga xos xususiyatlari, tabiiy va mineral xom ashyo salohiyati, aholi va mehnat resurslari, xo‘jaligi, uning tarmoqlar va hududiy tuzilishi hamda rivojlanishi masalalari bo‘yicha bilimlarni shakllantiriladi. “O’zbekiston tabiiy geografiyasi” umumkasbiy fanlardan bo‘lib, 5-6 semestrlarda o‘qitiladi. Mazkur fanni o‘zlashtirish uchun o‘quv rejasidagi “Umumiy tabiiy geografiya”, “Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya”, “Jahon geografiyasi va boshqa fanlardan yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish talab etiladi. Mazkur fandan olingan bilimlar esa o‘quv rejasidagi barcha ixtisoslik fanlaridan mashg‘ulotlarni bajarishda keng qo‘llanilib, bo‘lg‘usi mutaxassislarda ko‘nikma va malaka shakllanishida muhim o‘rin tutadi. Er shari tabiatining rang-barangligi unda hayot qobig‘i birsferaning mavjudligidadir. Tirik organizmlar tabiiy geografik va sotsial-iqtisodiy jarayonlarda faol ishtirok etadi. Hozirgi vaqtga kelib esa, tabiatga inson ta’sirining yildan-yilga ortib borishi natijasida atrof-muhitning ifloslanishi, tirik organizmlarning kundankunga kamayib borishi, turli hayvonlar va hasharotlarning keng areallarga tarqalishi kuzatilmoqda. Bu esa o‘z navbatida tabiatda o‘simlik va hayvonlarning tarqalish qonuniyatlarini chuqur bilishni talab etadi. Biogeografiya fundamental geografik fan bo‘lib, tabiatdan foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish, planetamizdagi o‘simlik va hayvonot dunyosini hisobga olish, uning xilma-xil zaxiralarini o‘rganish va ulardan to‘g‘ri foydalanishni tashkil etishda, nodir o‘simlik va hayvon turlarini asrab qolish biln bog‘liq chora-tadbirlarni belgilash, uni monitoringini ma’min etishni amalga oshirishda biogeografiyaning boy dalillari, qonuniyatlari muhim manba xizmatini o‘taydi. Geografiya yo‘nalishi talabalari geografiyaning bevosita amaliyot bilan bog‘liq sohalari haqida bilimga ega bo‘lishi katta ahamiyatga ega. Amaliy geografiya qishloq xo‘jalik va shaharsozlik maqsadlarida olib boriladigan landshaft tadqiqotlar, muhandis-geografik tadqiqotlar, geografik baholash va geografik prognoz, geoekologik muammolarni tadqiq etish, yer va suv resurslaridan oqiona foydalanish, tabiiy sharoit va resurslarni iqtisodiy jihatdan baholash va prognozlash kabilar bilan shug‘ullanadi. Amaliy geografiya fani meliorativ tadbirlar va shaharlarning loyihalarini tuzish, sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport va aholiga xizmat ko‘rsatish sohalarini hududiy tashkil etishning amaliy jihatlari haqida bilimlar beradi. Bu borada har bir geograf hudud xususiyati va imkoniyati muammolari istiqbolli yo‘nalishini chuqur bilishi muhim ahamiyatga ega.
Tabiiy geografik xususiyatlari. Shakllanish tarixi. Materikning tarkib topishidagi asosiy bosqichlar. Shimoliy Amerika platformasi, kaledon, gersin, kimmeriy, laramiy va alp burmalanishi oblastlari va ularning relefda aks etishi. Foydali qazilmalarini joylanish qonuniyatlari va ulardan foydalanish darajasi. To‘rtlamchi davr muzliklarining relef shakllarini hosil bo‘lishidagi ahamiyati. Asosiy relef shakllari. Iqlimi. Iqlimini hosil qiluvchi omillar. Atrofidagi okeanlarning materik iqlimiga ta’siri. Iqlimni fasllar bo‘yicha almashinishi. Iqlim mintaqalari va ularning ta’rifi. Ichki suvlari. Daryo turlari, yirik daryolar ta’rifi. Ko‘llar va ularning kelib chiqishi. Suv resurslari. O’simligi, tuproqlari va hayvonot dunyosi. O’simliklarining kelib chiqish markazlari va hozirgi o‘simlik qoplamining shakllanish tarixi. Tuproq, o‘simlik va hayvonot dunyosining tarqalish qonuniyatlari. O’simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish masalalari. Milliy bog‘lar, qo‘riqxonalar va alohida qo‘riqlanadigan joylar. Geografik mintaqalar va tabiat zonalari, ularning joylanishining o‘ziga xos xususiyatlari. Kordilera tog‘laridagi balandlik mintaqalari. Landshaftlar va ularning inson tomonidan o‘zlashtirilishi. Yirik regional tabiiy geografik o‘lkalari: Kordilera tog‘lari, Kordilera tog‘laridan tashqaridagi sharq. Kordilera tog‘laridan tashqaridagi sharq quyidagi kichik regional o‘lkalarga ajratiladi: Grenlandiya, Kanada-Arktika to‘plam orollari, Lavrentiya qirlari, Markaziy tekisliklar, Buyuk tekisliklar, Appalachi tog‘lari, qirg‘oq bo‘yi tekisliklari. Kordilera tog‘lari quyidagi kichik o‘lkalarga ajratiladi: Alyaska Kordilerasi, Kanada Kordilerasi, Janubiy Kordilera, Meksika tog‘ligi. Ularning umumiy tabiiy geografik tavsifi Evrosiyo o‘lkalari uchun qabul qilingan tartibda amalga oshiriladi.
O‘zbekistonning tuproq qoplami, o‘simlik va hayvonot dunyosi juda xilma-xil bo‘lib, ular tabiatning boshqa elementlariga, xususan, relyefi va iqlimiga bog‘liq holda joylashgan.
K.Z.Zokirov tavsiya etgan to‘rtta: cho‘l, adir, tog‘ va yaylov mintaqalarining har biri o‘ziga xos iqlim, tuproq qoplami, o‘simlik va hayvonot dunyosiga ega.
Cho‘l mintaqasi O‘zbekiston hududining 70 foizini ishg‘ol qiladi.
Cho‘l tuproqlari xilma-xil bo‘lib, unda sur-qo‘ng‘ir, qumli cho‘l, o‘tloq-botqoq, taqir va bo‘z tuproqlar uchraydi.
Ustyurt platosi, Qizilqumdagi past tog‘lar va Nurota tog‘ etaklaridagi toshloq cho‘llarda sur-qo‘ng‘ir tuproqlar tarqalgan. Bunday tuproqlarda chirindi juda kam (0,3-1 foiz) bo‘ladi.
Qizilqum, Markaziy Farg‘ona va Mirzacho‘ldagi qumli tekisliklarda qumli cho‘l tuproqlari tarqalgan bo‘lib, chirindi miqdori 0,3-0,6 foizni tashkil etadi.
Gilli jinslardan tarkib topgan cho‘llarda taqirlar ham uchraydi, ular tarkibidagi chirindi miqdori 0,5-1 foizga yetadi.
Yerosti suvlari yer betiga yaqin bo‘lgan Mirzacho‘l, Markaziy Farg‘ona, Qarshi cho‘llari va Amudaryo etagida sho‘rxok va sho‘r tuproqlar tarqalgan.
O‘zbekistonning yirik daryo vodiylarida o‘tloq va botqoq tuproqlari uchraydi.
Zarafshon, Chirchiq, Ohangaron, Qashqadaryo, Quyi Amudaryo va Surxondaryo vodiylaridagi bo‘z tuproqlar uzoq vaqt ishlov berilishi natijasida tabiiy xususiyatini o‘zgartirib, madaniy bo‘z tuproqlarga aylangan.

Download 163.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling