Ўзбекистон ландшафтлари ва табиий ёдгорликларини муҳофаза қилиш


II.Bob.O`zbekiston tabiatini muhofaza qilishning chora tadbirlari va asosiy yo`nalishlari


Download 163.5 Kb.
bet4/7
Sana28.09.2023
Hajmi163.5 Kb.
#1689479
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O’zbekiston hayvonotining landshaft zonalari bo’ylab tarqalish222222

II.Bob.O`zbekiston tabiatini muhofaza qilishning chora tadbirlari va asosiy yo`nalishlari.
2.1. O’simlik va hayvonot dunyosinni muhofaza qilish
O`zbekiston tabiatini muxofaza qilish va tabiiy resursdardan oqilona foydalanish uchun:Uzb yyekiston hududida atrof-muhit ifloslanishining ol dini olish, ekologik vaziyat eng yomon mintaka va shaxarlarda muhit holatini tubdan yaxshilashga erishish, aholi salomatlisi uchun o`ta xavfli moddalar miqdorini yo`l qo`yiladigan darajaga tushirishni ta`minlash; tabiiy resurslarning iste`molini barcha bo`g`inarida, ehtiyot kilib, tejab, sanoatning kam chiqindili texnologiyasi nijoriy etib, chiqindisiz kompleks ishlab chiqarishga o`tish; korxonalarda xom ashyoni tejab, ulardan kompleks foydalanish, ishlab chiqarish va iste`mol chiqindilarini qayta ishlash maqsadida eski dastgohlarni yangi amonaviy dastgohlarbilan almashtirishga erishish; ishlab chiqarish kuchlarining tabiatni muhofaza qilish qoidalariga asoslanib joylashtirish; tabiiy muhitning holati va ifloslanishini ekologik nazorat ostiga olib, kuzatishning yagona avtomatlashgan tartibiyai yaratish; tabiat unsurlari barcha urlarining tabiiy xususiyatlari va rang–barangligini o`z xolicha saqlashga erishish; tabiiy yodgorliklarni hisobga olish va ularning, o`z holicha saqlashga erishish; aholi orasida, ayniqsa, bog`chalarda, o`rta va oliy o`quv yurtlarida tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan ta`lim vatarbiyani kuchaytirish; tabiatni ifloslanishidan kelib chiqayotgan salbiy oqibatlarni, ayniqsa, kishilarning salomatligiga ta`sirini chuqur o`rganib, uning oldini olish choralarini zudlik bilanishlab chiqish; xalq xo`jaligi raxbarlari va mutaxassislariga tabiatni muhofaza qilish ta`limini berishga alohida e`tiborni kuchaytirish maqsadida soha malakasini oshirish institutlarida «tabiatdan oqilona foydalanish va muhofaza qilish» mavzusi bo`yicha kurslar tashkil qilish; ifloslantiruvchi moddalarni tabiatga chiqarishga yo`l qo`ilgan darajadan oshirilganligi hamda tabiiy boyliklardan samarasiz foydalanganligi uchun korxonalar, tashkilotlar, birlashmalar, xo`jaliklar va boshqa tashkilotlardan jarima olish. Aksincha, tabiatni muhofaza qilish qonunlariga rioya qilgan korxona va tashkilotlarni rag`batlantirish tartibini amalga oshirish, keng xalq ommasini tabiatni muhofaza qilish ishidan xabardor etish va unga jalb etish maqsadida radio, oynaijahon, ro`znoma va oynomalarda muntazaad targ`ibot ishlarini kuchaytirish. O`zbekiston atmosferasini toza saqlash uchun quyidagi choratadbirlarni ko`rish va amalga oshirish kerak. Keyingi yillarda Toshkent, Chirchiq, Navoiy, Farg`ona, Angren, Olmaliq, Andijon, Qo`qon, Namangan, Bekobod kabi shaharlarda va boshqa hududlarda noqulay vaziyatni yuzaga keltirayotgan korxonalardan havoga chiqayotgan zararli chiqindidar hajmini kamaytirib, belgilangan miqdor darajasiga tushirish, buning uchun — sanoat korxonalari, kommunal xo`jaliklarda ko`mir, qoramoy yoqish o`rniga elektr energiyasidan va gazdan foydalanishga o`tish zarur. Bunda atmosferaga chang, qurum, tutun va zaharli gazlar kam chihariladi: ma`lumotlarga ko`ra ko`mir bilan ishlovchi bir korxona gazga o`tkazilsa, havoga chiqayotgan oltingugurt; gazi miqdori 10000 marta, uglerod oksid miqdori 2000 marta azot oksiddari miqdori 5 marta kamayadi; korxonalardan atmosferaga chiqib, uni ifloslovchi zararli moddalarni tozalovchi inshootlar qurish, ularni yaxshi ishlashini ta`minlash, yangi zamonaviy texnologiya bilan ishlovchi inshootlar barpo etish. Hozirgi jumhuriyatda havoni ifloslovchi yirik va o`rta korxonalarning faqat 50 foizida zararli moddalarni ushlab qoluvchi inshootlar bor, xolos. Natijada o`sha korxonalardan yiliga atrof–muhitga chiqayotgan 4,5 mln t qattiq va gazsimon moddalarning 2,4 mln tonnasi tozalanmasdan havoga qo`shilib ketmoqda; jumhuriyat havosini toza saklash uchun korxonalarda ishlab chiqarish texnologiyasini o`zgartish, eskirgan texnologik uskunalarni yangi chiqindisiz ishlaydigan texnologik uskunalar bilan almashtirish lozim. Toshkent kabel zavodi kabelni sintetik qoplama bilan o`raydigan yangi texnologiyaga o`tish orqali zararli bo`lgan qo`rg`oshinni havoga chiqishiga chek qo`ydi; havoni ifloslovchi avtotranoportdan chiqadigan zararli moddalar miqdorini ikki hissa kamaytirishga erishish lozim. Buning uchun etil benzinidan foydalanishni to`xtatish, dvigatellarini to`g`ri ishlashini ta`minlash, avtomobillarni chorrahadarda to`planib qolishiga chek qo`yish zarur. Havoni toza saqlash maqsadida sanoat obyektlarini geografik sharoitga qarab joylashtirishga erishish. Bunda sanoat korxonalari alohida uyjoylar mintaqasidan tashqarida joylashishi kerak; nihoyat atmosferani toza saqlashning tayanchli yo`li bu yashil o`simliklar maydyunini kengaytirishdir. O`zbekiston uchun eng muhim regional muammo bu suv yyesurslarini muhofaza qilishdir. Bundan buyon O`zbekiston suv boyliklarini muhofaza qilib, ulardan tejamkorlik bilan foydalanish uchun quyidagi choraadbirlarni amalga oshirish zarur. Jumhuriyatimizdagi barcha sanoat korxonalarida ilg`or texnologik jarayonlarni qo`llab, iflos oqova suvlar miqdorini kamaytirishga erishish kerak. Buning uchun sanoat korxonalarida toza suvdan foydalanishning berk (aylanma) suv ta`minotiga o`tish zarur. Lekin hozircha O`zbekiston sanoat korxonalarida suvdan berk usulda foydalanish darajasi 45—50% dan oshmaydi. Yaqin kelajakda esa sanoatda suvdan berk usulda foydalanishni 5—88% ga, issiqlik energetikasida esa 4% gacha ko`tarish ko`zda tutiladi. Bir–biriga yaqin korxonalar suvdan kooperativlashgan holda foydalanishga o`tish. Unda bir korxona ishlatgan suvni, tozalab, sovitib, quvurlar orqali ikkinchisi, so`ngra uchinchisiga o`tkazish mumkin. Har bir korxona qoshida iflos uvlarni tozalovchi zamonaviy inshootlar qurib, undagi ba`zi foydali moddalarni ushlab qolib, qayta foydalanishga erishish. Sanoat korxonalarida sovitish ishlarini suv yordamida emas, balki havo yordamida amalga oshirish kerak. Ma`lum korxona, ehtiyoji uchun olinayotgan chuchuk toza suv uchun emas, balki chiqarib ashlayotgan iflos oqova suvining miqdoriga qarab haq to`lashni joriy etish. Bunda korxona chiqarayotgan oqova suvning ifloslik darajasiga qarab, o`ta iflos suv uchun ko`proq, kam iflos suv uchun ozroq haq to`lashni qo`llash kerak. Natijada korxona kam toza suv olib, iflos suv chiqarish iloji boricha qisqartiradi, oqibatda mablag` iqtisod qilinadi, tabiiy suv havzalari pokiza saqlanadi. Sanoat va mayshiy–kommunal oqova suvlaridan texnik va yyem–xashak ekinlarini sug`orishda ishlatishga o`tish kerak. Katta shaharlarda ikkita suv–quvur tarmog`iga o`tish maqsadga muvofiq. Bunda birinchi quvurdan toza ichimlik suv, ikkinchisidan esa sanoat, maishiy–kommunal xo`jalik uchun ishlatiladigan suv keladi. Qishloq xo`jaligida suvning isrof bo`lishiga chek qo`yish uchun sug`orish tarmoqlarini qayta qurib (kanallarni betonlash ski kanal tubiga polietilen plyonkalar yotqizish); suvning shimilib ketishini kamaytirib, foydali ish koeffio`iyentini ko`tarish sug`orishning yangi usullarini qo`llash orqali gektariga sarflanayotgan suvning 15—20 foizini kamaytirishga erishish Jumhuriyat bo`yicha zovur-drenaj suvlarini to`plashni tartibga solib, Amudaryo va Sirdaryoning o`ng va so`l sohillari bo`ylab zovur qazib suvni Orol dengiziga oqizishga erishish. Chorvachilik komplekslari va parrandachilik fermalaridan chiqayotgan iflos suvlarni va go`nglarni tabiiy suv havzalariga qo`shilishiga mutlaqo chek qo`yishga erishish. O`zbekiston suv havzalarida uning ifloslanish darajasini muntazam kuzatib boruvchi gidromet xizmatini tashkil etish. Bundan keyin daryo o`zanlaridan qum, shag`al va boshqaqurilish materiallari olishni tartibga solish, daryo qayirlarida «dala hovli» uchun yyer ajratishni tabiatni muhofaza qilish tashkilotlari roziligi bilan amalga oshirish. Nihoyat, suvni iqtisod qilib, toza saqlash uchun shaharlar va aholi yashaydigan joylardagi suv quvur murg`aylarining nosozligi yoki ochilib qolishligi tufayli toza suvni beqorga oqishiga chek qo`yishga to`la erishish, faqat Toshkentda suv quvurlari murraylarning nosozligi yoki ochiq qolishi tufayli yiliga 11 —12 ming m3 ichimlik suv bekorga sarflanmoqda.

Download 163.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling