Ўзбекистон ландшафтлари ва табиий ёдгорликларини муҳофаза қилиш
I.Bob.O’ZBEKISTON HAYVONOTINING LANDSHAFT ZONALARI
Download 163.5 Kb.
|
O’zbekiston hayvonotining landshaft zonalari bo’ylab tarqalish222222
I.Bob.O’ZBEKISTON HAYVONOTINING LANDSHAFT ZONALARI
O`zbekiston landshaftlari va tabiiy yodgorliklarini muxofaza kilish O`zbekiston hududida 1000 ga yaqin tabiat yodgorliklari mavjud. Lekin ularning ko`pchiligi hisobga olinmaganligi oqibatida holati yomonlashib bormokda. Shu sababli zudlik bilan har bir qishloq, tuman, viloyat xududida mavjud bo`lgan tabiat yodgorliklarini nazorat ostiga olish zarur. Tabiat yodgorliklari xususiyatlariga qarab geologik,paleontologik, geografik, arxeologik va biologik turlarga bo`linadi. Geologik yodgorliklarga tabiatda ochilib qolgan tog` jinslari, karstlar, g`orlar, issiq suvli mineral buloqlar kabilar kiradi. O`zbekistondagi Qilsi (Qirqtog`da), Qorlug` (Qo`hitang tog`ida), Hazratidovut (Zirabuloq tog`ida), Amir Temir g`orlari, Zarafshbn tizmasidagi karstlar yaqqol misoldir. Paleontologik yyedgorliklarga toshga aylangan, lekin izlari yaxshi saqlangan o`simlik va, hayvon qoldiqlari uchraydigan joylar kiradi. Geografik yodgorliklari juda ko`p bo`lib, unga ajoyib qoyalar, sharshara va shovvalar, daralar, tanglar, ajoyib buloqlar, xushmanzara joylar kiradi. Bunga Ilono`tdi (Temurlang) darasi, Ko`ksuv daryosidagi sharshara, Nurota va Urgutdagi buloqlar, Surxondaryodagi Kelif SHerobod marzasi, Katta va Kichik Chimyon soyligi, Oqtosh soyligi va boshqalar kiradi. Biologik yodgorliklarga noyob, turi yo`qolib borayotgan o`simliklar, uzoq yil o`sayotgan daraxtlar, tik yon bag`irlarda va qumlar orasida saqlanib qolgan o`simliklar va boshqalar kiradi. Biologik yodgorliklarga Surxondaryo viloyatiga qarashli Sayrob qishlog`idagi yoshi 960 yillik chinor, Boysundagi Chorchinor, Urgut qishlog`idagi yoki 1014 yillik Xo`ja Chor Chinor, Xo`jakentdagi buloq yonidagi chinor, Shofrikon atrofidagi saksovulzorlar misol bo`ladi. Arxeologik yodgorliklarga qadimgi manzilgoh joylar, qadimiy shahar qoldiqlari, sug`orish inshootlari, quduqlar, sardobalar, korizlar, bandlar kiradi. Bunga qadimiy Vardanzi, Varaxsha (Buxoro viloyatlarida), Afrosiyob xarobasi, Ko`hna Urganchdagi minora, Surxondaryo viloyatida saqlangan kadimiy yozuv va rasmlari bilan dunyoga mashhur bo`lgan Zarao`t kamir yodgorligi, Nurota yaqinida saklangan korizlar, cho`llardagi sardobalar, Oqchop soyligidagi Abdulla1bandim (suv ombori) qoldiqlari yaqqol misoldir. Lekin O`zbekiston tabiiyot yodgorliklarini hisobga olish borasidagi ishlar endi boshlandi, binobarin, bundan buyon jamochtchilik kuchi bilan tabiat yodgorliklarini hisobga olib, uni tarqalish xaritasini tuzib, himoya ostiga olish kerak. Shuningdek, ajoyib tabiat yodgorliklarini hisobga oluvchi O`zbekiston «Ko`k kitob»ini tuzish vaqti keldi. Tabiat va inson orasidagi munosabatlar azaldan hammani kiziqtirib kelayotgan eng muhim muammolardan biri xisoblapadi. Ayniqsa, sanoat va transportning tez o`sishi, aholining ko`payishi va urbanizao`iyasi, qishloq xo`jalik ishlab chiqarishning kimyolashtirish, yyerlarni betartib, rejasiz o`zlashtirish, suv boyliklaridan xo`jasizlarcha foydalanish bir tomondan jumhuriyat boyliklaridan ko`proq foydadanishga imkoniyat bersa, ikkinchi tomondan atrof-muhitga salbiy ta`sir etib, uning dastlabki tabiiy muvozanatini buzilishiga olib kelmoqda. Natijada jumhuriyat havo va suvi ifloslanmoqda, tuproq zroziyasi tezlashmoqda, o`simlik va hayvonlarning ba`zi turlari kamayib yoki yo`qolib ketmoqda, tabiiy yodgorliklar shikastlanmoqda. Binobarin, O`zbekiston tabiatini qo`riqlash masalasi jumhuriyat uchun zarur bo`lgan tabiiy boyldklarni — tuproqni chroziyadan saqlash, o`simlik va xayvonot dunyosini muxofaza qilish, suv va havoni toza saqlash, xushmanzara joylarni va tabiatming ajoyib yodgorliklarini o`z holicha saqlash kabilarni o`z nchiga oladi. Agar atmosfera va suv boyliklari pokiza saqlanmasa, tuproqning eroziyaga uchrashi va ifloslanishiga chek qo`yilmasa, o`simlik va hayvon turlarini kamayib ketishining oldi olinmasa xalq xo`jaligi juda katta zarar ko`radi, aholi salomatligiga salbiy ta`sir etib, naslimiz buziladi, oqibat natijada o`lkamizni kelajak avlodga «qashshoqlashgan» holda meros kilib qoldiramiz. O`zbekistonda tabiiy boyliklardan foydalanish o`ziga xos xususiyatga ega. Chunki jumhuriyat aholisining 90% atrofidagisi vohalarda joylashgan. Buning ustiga O`zbekistonning asosiy shaharlari, qishloqlari, zavodfabrikalari, sug`oriladigan yyerlari, paxta dalalari ham vohalarda joylashgan natijada vohalar (Toshkent-Mirzacho`l, Farg`ona, Zarafshon, Surxondaryo, Qashqadaryo, Quyi Amudaryo vohalari) sanoat, maishiy kommunal chiqindilari va kishloq xo`jalikda ishlatilgan kimyoviy moddalar bilan ifloslangan. O`zbekiston xududining katta qismini ishg`ol qilgan cho`l va tog`lari hozir tezkorlik bilan o`zlashtirilmoqda. Shu tufayli o`sha joylarda tabiatni muhofazasiga alohida e`tibor bermasak tabiat muvozanati buzilib, tabiiy boyliklarning holati smonlashib, ba`zi tabiat unsurlari kamyob bo`lib qoladi. Bunga ilgari O`zbekiston cho`llarida ko`p yashaydigan xongul, tog`larida galagala yashaydigan kakliklar, qir va tog`larda o`suvchi lolalarni noyob durga aylanib qolganligi yaqqol misoldir. Download 163.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling