Ўзбекистон ландшафтлари ва табиий ёдгорликларини муҳофаза қилиш


O`zbekiston tabiiy boyliklarini muhofaza qilish


Download 163.5 Kb.
bet3/7
Sana28.09.2023
Hajmi163.5 Kb.
#1689479
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O’zbekiston hayvonotining landshaft zonalari bo’ylab tarqalish222222

O`zbekiston tabiiy boyliklarini muhofaza qilish

O`zbekiston tabiati va tabiiy boyliklariga insonning ta`siri xilmaxil. Ularning eng muhimlari quyidagilar: dehqonchilik orqali; yaylovlarda mol boqish orqali; sanoat ishlab chiqarish orqadi; yangi kimyoviy moddalar yaratish orqali; urbanizao`iya orqali; har xil qurshishlar orqali; tabiiy resurslardan foydalanish orqali va tabiatdan rekrao`ion foydalanish orqali. Bu ta`sirlar oqibatida jumhuriyat tabiati ifloslanib, tabiiy resurslarning holati yomonlashib bormoqda.
O`zbekiston boy tabiiy resurslarga — har xil qazilma boyliklarga, qulay iqlimiy sharoitga, unumdor tuproqqa, xilmaxil o`simlik va hayvon turlariga ega.
O`zbekiston tabiiy resurslari eng avvalo tugaydigan va tugamaydigan deb ikki katta guruhga bo`linadi.
Tugaydigan tabiiy resurslar o`z navbatida yana qayta tiklanmaydigan (qazilma boyliklar, daryo energiyasi) va tiklanadigan (tuproq, o`simlik, hayvonlar va ba`zi mineral xom ashyolar) resurslarga bo`linadi.
O`zbekiston qazilma boyliklari — oltin, mis, volfram, neft, gaz, ko`mir va boshqalar qayta tiklash mumkin bo`lmaydigan tabiiy resursdir. Shuning uchun qazilma boyliklardan oqilona foydalaiishga (qazib chiqarish, tashish, tushirish va ishlatishda tejabtergab, isrofgarchilikkka yo`l qo`ymasdan ular bilan aralash bo`lgan barcha foydali moddalarni to`la ajratib olishga) erishish zarur.
O`zbekiston tuproq resursdari holati yomonlashsa, o`simlik va hayvonlarning ba`zi turlari kamayib ketsa ularni qayta tiklash mumkin Tugamaydigan tabiiy resurslarga iqlim, suv va kosmik resurtlar kiradi, ulardan qancha foydalansada miqdori tugamaydi, lekin sifatiga ta`sir etadi. Masalan, quyoshdan kelayotgan issiqlik va yorug`lik qancha foydalansada tugamaydi. Lekin atmosferaning ifloslanishi tufayli havo tarkibi o`zgarib, har xil zararli changlar va karbonat angidridning miqdori ko`payadi hamda radiao`iya balansiga ta`sir etadi, oqibat natijada tabiatni boshqa unsurlariga, kishi salomatligiga salbiy ta`sir etadi. Bunda asosiy vazifa atmosferaning ifloslanishiga, yo`l qo`ymaslikdir.
Tabiatii ifloslovchi manbalar. O`zbekiston tabiati va tabiiy resurslarini ifloslantiruvchi asosiy manbalar — sanoat, tog`-kon sanoati, kommunal-maishiy xo`jalik, transport vositalari, qishloq xo`jaligi, sog`lomlashtirish tashkilotlari va shovqin surondir.
O`zbekistonda 1000 dan ortiq atrof-muxitni ifloslantiruvchi sanoat tarmoqlari mavjud. Lekin ularning hammasida tozalovchi inshootlarning yo`qligi, mavjudlarini yaxshi ishlamasligi oqibatida atrofmuhitga yiliga 4,5 mln. tonna atrofida zararli va zaharli moddalar chiqarshshb, ifloslantirilmokda. Chunki o`sha sanoat korxonalari chang va gazni ushdab qoluvchn va boshqa zararli moddalarni tozalovchi qurilmalar bilan faqat 50 foizgina ta`minlangandir. Buning oqibatida korxonlardan chiqayotgan azot oksidining faqat 4%, uglevodorodning 17%, uglerod oksidining 29 %, oltingugurtning 33% igina ushlab qolinmoqda. Natijada jumhuriyatimizning ba`zi shahar va aholi punktida havoning ifloslanish darajasi sanitariya miqdoridan ortiq. Ayniqsa, kimyo sanoati mavjud bo`lgan shaharlar havosi (Chirchiq, Farg`ona, Qo`qon, Samarqand, Navoiy, Toshkent, Andijon, Bekobod, Olmadiq) ifloslangandir. O`zbekiston sanoat korxonalaridan yana yiliga 300 mln. m3 iflos, ikshlatilgan oqovalar chiqarib, tabiiy suv manbalarini ham har xil zararli moddalar bilan ifloslamoqda.
O`zbekiston tabiatining buzilishi va ifloslanishida tog`-kon sanoati ham ishtirok etadi. Ma`lumki, yyer osti boylikdarini qidirib topish, ishga tushirish, qazib olish, tashish jarayonida ko`plab yyerlar qaziladi yo`llar, uy-joy quriladi, nokerak tog` jinsi ardarmalari vujudga keladi. Hozir jumhuriyat bo`yicha tog` ishlari bilan buzilgan yyerlar maydoni 1500 gektarni tashkil etadi. Buning ustiga har yili 40 million tonna hajmda tog` jismlari, chiqindilar, shlaklar va boshqalar to`plannb qolmoqda. Lekin hozircha o`shalarning faqat 0,5 mln. tonnasi dan yoki 1,2% dan foydalanshshoqda, xolos. Qolgan qismi hamon qishloq xo`jalik uchun kerakli yyerlarda to`planib, atrof-muxitni chang-to`zon bilan ifloslamoqda. O`zbekiston tabiatini ifloslovchi yana bir manba — bu maishiykommunad xo`jalik chiqindi suvlari va axlatlaridir. Ma`lumotlarga qaraganda jumhuriyat bo`yicha maishiy-kommunal xo`jalik ehtiyoji uchun yiliga olinayotgan suvning 50% tozalanmasdan, yarim tozalangan holda tabiiy havzalarga chiqarib tashlanmoqda. Natijada suv havzalari har xil zararli moddalar bilan ifloslanmoqda. O`zbekiston tabiatini, ayniqsa, shaharlar havosining if.loslanishida transportning ham salmori katta. Hozircha O`zbekistonda transportning ko`pchilik turi (tramvay, trolleybus va metrodan tashqari) asosan neft mahsulotlari bilan ishlaydi. Natijada jumhuriyat avtomobillaridan atrofmuhitga yiliga 2,8 mln. tonna har xil zaharli gazlar, tutun, qurum, rezina zarrachalari chiqib, uni ifloslaydi. Bu sohada avtomobillarni hissasi katta. Chunki bitta avtomobidh glushchatelidan 200 ta zaharli moddalar (uglerod oksidi, mishhyak, ftor, oltingugurt gazi, uglevodorod birikmalari) chiqadi. Bulardan tashqari avtokorxonalardan, mashinalarga texnik yordam ko`rsatish nuqtalaridan, avtomobillarni yuvishdan nefth mahsulotlari bilan ifloslangan oqovalar tozalanmasdan to`g`ridan to`g`ri tabiiy havzalarga tushib, suvldrga qo`shilib ketmoqda. Bunday ahvol ayniqsa yirik shaharlarda, xususan, Toshkent, Samarqand, Andijon, Chirchiq, Olmaliq, Qo`qon kabi shaharlarda tez-tez ro`y berib turadi.
Ekinlarga xususan, paxtaga xar xil mineral o`ritlarni me`yoridan ortiqcha, betartib solishini, qishloq xo`jalik zararkunandalariga qarshi zaharli dorilarni ishlatilishi, faqat tuproqni emas, balki suvni, havoni ham ifloslamoqda. Chunki o`sha solingan o`g`it va sepilgan zaharli moddalarning 15—25 foizinigina o`simliklar o`zlashtiradi, qolgan 75—85 foizi tuproqda, suvda va havoda to`planib, ularni ifloslayveradi.
O`zbekiston tabiatining ifloslanishida chorvachilik fermazshrt va komplekslarining ham ta`siri bor. Chorvachilik komplekslari va parrandachilik fabrikalari atrofmuhitni qo`lansa hid bilan ifloslashdan tashqari, ulardan chiqqan oqovalar bilan suv havzalari ifloslanmoqda. Usha fermalardagi go`ng yog`in suvlari tufayli erib, ular oqib daryo, soy, jilg`a suvlariga qo`shiladi. Ba`zi yyerlarda chorva mollarni yuvintirilgan iflos suvlari ham soy, ariq suvlariga qo`shiladi. Natijada tabiiy suv havzalari najas bilan birga mollarda va parrandalarda mavjud kasallikdar bakteriyasi bilan ham ifloslanadi.
Jumhuriyat tabiatini ifloslanishida dam olish korxonalari, kurort, sog`lomlashtirish tashkilotlari xam ishtirok etadi. Dam olish uylari va kurortlar asosan tog` va tog` oldi mintaqalarida joylashib, ulardan chiqayotgan oqova iflos suvlar markazlashgan kanalizao`iya quvurlariga ulanmagan. Binobarin, o`sha iflos oqova suvlar tabiiy suv havzalariga qo`shilib, ularni hamon bulg`ab kelmoqda. Buni ustiga o`sha iflos oqova suvlartarkibida (sog`lomlashtirish korxonalari chiqarayotgan) har xid kasallik tarqatuvchi bakteriyalar bo`lishi tabiiy. Dam olish va sog`lomlashtirish korxonalari to`la gazlashtirilmaganligi sababli isitkich qozonlar, oshxonalar, ko`mir yoki mazut bilan ishlaganlyagi tufayli atmosferaga har xil zararli gazlar, qurum, kul va tutun chiqarib havoni ifloslamoqda.
O`zbekiston geografik muhiti tabiiy holatining o`zgarishida, kishilar salomatligini yomonlashishida shovkinsuronning ortib borishi ham salbiy ta`sir etmoqda. Shu sababli shovqin suronga qarshi kurashish bu tabiatni muhofaza qilishning ajralmas bir qismidir.
Shovqin suron — musiqaviy xususiyatga ega bo`lmagan yoqimsiz va xavfli ovozdir. Shu tufayli u kishilarning ishlashiga, dam olishiga xalaqit beradi, asabiga ta`sir qiladi, bosh og`rig`iga uyqusizlikka duchor qiladi, yurak urishini tezlashtiradi.
Shovqin–suron transport, ayniqsa, aeroport va sanoat korxonalaridan, qurilish texnikalari, maishiy xizmat korxonalaridan chiqqan shovqinlardan hamda radio, televizor ovozlarini baland qilib qo`yishdan vujudga keladi. Agar shovqin–suron kuchi 60—90 dB dan oshsa yoqimsiz ovoz, 130—200 dB dan oshganda esa xavfli ovoz hisoblanadi. O`zbekistondagi Toshkent, Samarqand, Chirchiq, Olmaliq. Bekobod, Andijon kabi shaharlardagi ba`zi ko`chalarda, xususan, Toshkentdagi Navoiy, Usmon Nosir, Beruniy, O`zbekiston kabi ko`chalarda shovqinsuron kuchi 80—90 dB ga yyetmoqda.


Download 163.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling