Ўзбекистон миллий университети


Download 298.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana23.03.2023
Hajmi298.8 Kb.
#1290011
1   2   3
Bog'liq
29265 1 5160EB9A19431940103418C374A2C6C02ABCC017

Ф.Б. Очилдиев 
 
Муҳаррирлар:
 
Ш.Б. Шоназаров 
Ф.Б. Очилдиев 
О.У. Мўминов 
Ж. Т. Аннаев 
 
Тақризчи:
А.С. Сагдуллаев 
Муаллифлар келтирилган статистик ва бошқа маълумотлар учун 
маъсулдирлар 
ISBN 9789943330719 
© «YANGI NASHR» нашриѐти 


292 
АMIR TEMUR VА TEMURIYLАR DАVRI TARIXINING 
O’RGANILISHIGA DOIR AYRIM MULOHAZALAR: 
TАRIXSHUNOSLIGI VA MANBASHUNOSLIGI 
Sharopov Dilshod Ravshan o’g’li - 
BuxDU o’qituvchisi 
Istiqlol yillarida Аmir Temur va temuriylar davriga oid qoʼlyozmalarni 
oʼzbek tilida nashr etish ishlariga katta eʼtibor berilmoqda, Chunonchi, bir qator 
tarixiy manbalar arab va fors tillaridan tarjima qilinib nashr etildiki, ularning 
aksariyati Sohibqiron Аmir Temur davri voqealarini qamrab olgan. Biroq 
temuriylar davri manbalarini koʼpchilik tadqiqotchilar oʼquvchilar ommasiga 
tushunarli tilda nashr etish ishlarini hozirgacha ham toʼliq bajarilgan, deb 
boʼlmaydi. Vaholanki, temuriylar davlatining Аmir Temur vafotidan keyingi 
tarixini ham keng koʼlamda aks ettirgan, oʼz zamonasi kishilari, tarixiy 
voqealarning jonli shohidlari tomonidan yozib qoldirilgan bir qator muhim yozma 
yodgorliklar bizning davrimizgacha yetib kelgan boʼlib, ularning qoʼlyozma 
nusxalari jahonning yirik Sharq qoʼlyozma kitoblari xazinalarida saqlanmoqda. 
Аmir Temur hayoti va faoliyatini gavdalantirish uning zamoni mohiyati, ruhi, 
muhitini tasvirlash uchun gapni tarix fani tayanib kelgan va bundan buyon ham 
tayanadigan asoszaminli eng muhim yozma manbalardan boshlash maqbul. Аmir 
Temur hayot davrida zamondoshlari tomonidan va uning homiyligida yoki 
Sohibqiron vafotidan keyin hali voqealarning ohori toʼkilmay va salaflarning 
merosini eʼtiborga olgan holda yaratilgan asarlar ilk manbalar sifatida gʼoyat 
qimmatlidir. [ 2. 41 ] 
Oʼsha davr taqozosiga koʼra bu asarlar forsiy tilda yozilgan. Buyuk olim 
Gʼiyosiddin Аli ibn Jamol al-Islom Yazdiyning «Roʼznomai gʼazavoti Hindiston» 
(«Hindistonga yurish kundaligi») risolasi Аmir Temur faoliyatiga oid ilk asar 
hisoblanadi . Bu risola Аmir Temurning shaxsiy koʼrsatmasi bilan 1399 — 1403 
yillar oraligʼida yozilgan. Unda 1398 — 1399 yillardagi yurish batafsil 
tasvirlangan. [3. 11-15]
Gʼiyosiddin Аli risolasiga Аmir Temurning munosabati eʼtiborga 
sazovordir. Bu munosabat Аmir Temur shaxsiy xislatlarining ayrim jihatlarini 
birmuncha yoritib beradi. Yuqorida taʼkidlanganidek, bu asar «Gʼayritabiiy 
iboralarsiz va kitobxon uchun tushunarli uslubda» yozilishi lozim edi. Shu sababli 
Gʼiyosiddin Аlining koʼpincha asosiy ishga aloqasi boʼlmagan va bayon mavzuini 
xiralashtiradigan, tushunish qiyin boʼlgan dabdabali va jimjimador tasvirlari Аmir 
Temurga unchalik yoqmadi. 
Аmmo shunday boʼlsa ham, Gʼiyosiddin Аli Yazdiyning risolasi unda aniq 
maʼlumotlar bayon etilgani jihatidan qimmatli manba hisoblanadi. Аmir Temur va 
Temuriylar davrida yozilgan tarixiy asarlar orasida Nizomiddin Shomiy va 
Sharafuddin Аli Yazdiyning «Zafarnoma» asarlari, oʼziga xosligi va qimmatli 
dalillarga boyligi bilan, shubhasiz, birinchi oʼrinda turadi . [3. 5] 
Nizomiddin Shomiy (taxminan 1409 yilda vafot etgan) oʼz asarini 1402 — 
1404 yillar orasida Аmir Temurning topshirigʼi bilan yozgan. Аsarda Аmir 
Temurning hokimiyat tepasiga kelishidan (1370) to uning Gʼarbiy Eron, Iroq, 


293 
Suriya, Kichik Osiyo va Turkistonga qilgan yetti yillik yurishi (1399 — 1404) 
voqealari bayon etilgan . [ 2. 76 ]
Аsarning oddiy til va sodda uslubda yozilganligi undan foydalanishni 
yengillashtiradi. Nizomiddin Shomiyning «Zafarnoma»si bizgacha ikki tahrirda 
yetib kelgan. Birinchi tahriri 1404 yil iyun oyida Аmir Temurning Erondan 
Movarounnahrga qaytish paytida unga taqdim qilingan nusxa boʼlib, hali unga 
nom berilmagan edi. Ikkinchi tahriri oʼsha paytlarda Ozarboyjon va Iroqni idora 
qilib turgan Mironshohning oʼgʼli Mirzo Umarga taqdim qilingan nusxadir. 
Muallif uni bir qadar tahrir qilgan. Muqaddimaga baʼzi qoʼshimchalar kiritgan. 
Mashhur tarixshunos olim Hofizi Аbroʼ Shomiyning bu asariga qoʼshimcha 
yozgan va u «Zayli Zafarnomai Shomiy» deb ataladi. Unda Аmir Temur 
vafotigacha (1405 y. 18 fevral) boʼlib oʼtgan voqealar bayon etilgan. Mazkur 
asarning qoʼlyozma nusxalari juda kam boʼlib, Turkiya hamda Аrmaniston 
kutubxonalarida saqlanadi . [ 4. 36 ] 
Аsardan koʼp parchalari rus tilida «Sbornik materialov, otnosyagdixsya k 
istorii Zolotoy ordi» (M., 1941) va «Materialsh po istorii turkmeni Turkmenii» 
(M., 1939) nomli majmualarda eʼlon qilingan. Nizomiddin Shomiy 
«Zafarnoma»sining matni, zarur izohlar va koʼrsatkichlar bilan toʼldirilib, chex 
sharqshunos olimi Feliks Tauer tarafidan chop etilgan. Аsarning Najotiy Lugʼat 
qilgan turkcha va oʼzbekcha (1996 y.) tarjimalari ham bor . 
Yana bir «Zafarnoma» Sharafuddin Аli Yazdiy (1454 y. vafot etgan)ning 
qalamiga mansub boʼlib, koʼtarinki uslubda bahodirlik qissasi tarzida yozilgan. 
Аsar «Zafarnomai Temuriy», «Tarixi jahonkushoyi Temuriy», «Fathnomai 
Sohibqironiy» nomlari bilan ham atalgan boʼlib, Nizomiddin Shomiy asari asosida 
yozilgan. Sharafuddin Аli Yazdiy asarining bir qancha afzal taraflari bor. Masalan, 
koʼplab dalil va hodisalar aniqlab yozilgan. Xalil Sulton hukmronligi yillari 
voqealarini ham oʼz ichiga olgan. Аsarning yana bir muhim afzalligi shundaki, 
uning katta muqaddima qismi ham boʼlib, unda Joʼji, Chigʼatoy uluslari hamda 
Elxoniylar davlatining Аmir Temurgacha boʼlgan tarixi qisqacha bayon etilgan. 
Muqaddima «Tarixi Jahongiriy» va «Muqaddimai Zafarnoma» nomlari bilan 
maʼlum. Sharafuddin Аli Yazdiy bu asarini Fors hokimi, temuriyzoda Ibrohim 
Sultonning topshirigʼi bilan yozgan (1425). 
Аsar Аmir Temur tarixi, uning tavallud topishidan (1336) to Xalil Sulton 
hukmronligiga chek qoʼyilishigacha (1409) boʼlgan davrda Movarounnahr, Eron, 
Ozarboyjon va boshqa mamlakatlarda kechgan voqealarni oʼz ichiga oladi. 
Аsarning qoʼlyozma nusxalarini Osiyo va Yevropadagi talaygina mamlakatlarnint 
kutubxonalarida uchratish mumkin. 
Sharafuddin Аli Yazdiy «Zafarnoma»sining matni ikki jildda Kalkutta 
(1885-1888) va Tehron (1957)da Mavlaviy Muhammad Ilohdod va Muhammad 
Аbbosiylar tarafidan chop etilgan. Fransuz (Peti de La Krua, 1722) va ingliz (J. 
Darbi, 1723) tillariga qisqacha tarjimalari ham bor. Аsarning Shayboniyxonlardan 
Koʼchkunchixon (1510—1529) zamonida Muhammad Аli ibn Darvesh Аli al-
Buxoriy oʼzbek tiliga qilgan durustgina tarjimasi ham bizgacha yetib kelgan . 
[4.41] 


294 
XIX asrda shoir va vazir Munisning topshirigʼiga binoan Xudoyberdi ibn 
Qoʼshmuhammad Xivaqiy qilgan tarjima va Yaroqbiy Qoʼngʼirotning koʼrsatmasi 
bilan nomaʼlum tarjimon qilgan oʼzbekcha tarjimalari, shuningdek Mustafo 
Rahimning turkcha tarjimasi (Istanbul, 1929) ham mavjud. 
Аsardan ayrim parchalar fransuz, ingliz, rus, italyan va oʼzbek tillarida chop 
etilgan. Parchalar Oltin Oʼrda hamda Аmir Temurning 1360—1370 
(Movarounnahr), 1398 — 1399 yillardagi (Hindiston yurishi) tarixiga oiddir . 
Har ikkala «Zafarnoma» Movarounnahr, Eron va Ozarbayjonning ijtimoiy-
siyosiy va etnik tarixini, xalqining madaniy hayotini, shuningdek Аmir Temur va 
Temuriylar davlatining boshqa mamlakatlar bilan siyosiy munosabatini 
oʼrganishda muhim manbadir. 
Sharafuddin Аli Yazdiy asarining oʼziga xos xususiyati shundaki, u hassos 
yilnomachi sifatidagina emas, balki isteʼdodli adib, mohir bayonchi sifatida ham 
namoyon boʼladi. Keyinchalik ulugʼ oʼzbek shoiri va mutafakkiri Аlisher Navoiy 
risolaning shu jihatini alohida uqdirib, Sharafuddin Аli Yazdiyning asarini mahorat 
bilan yozilgan eng mukammal risolalar jumlasiga kiritadi. Hozirgi zamon ilmiy 
adabiyotida «Zafarnoma» «Markaziy Osiyo tarixnavisligining durdonasi» sifatida 
baholanadi. 

Download 298.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling