Zbekiston milliy universiteti amaliy matematika va intellektual
Download 56.32 Kb.
|
SHAHZOD Sinflar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Polimorfizm
- Algebra”
Dastur natijasi:
Tom Sam Polimorfizm. (Sinf/Class)Navbatdagi darsimiz obyektga yo’naltirilgan dasturlashning yana bir asosiy tushunchalaridan biri polimorfizm haqida. Polimorfizm odatda inkapsulyatsiya va vorislikdan keyin OOP ning uchinchi ustuni deyiladi. Polimorfizm yunoncha so’z bo’lib, “ko’p shaklli” degan ma’noni anglatadi va uning ikki xil ko’rinishi mavjud: Statik polimorfizm. Ushbu tur kompilyatsiya vaqti polimorfizmi (Compile Time Polymorphism) deb ham yuritiladi. Chunki u qaysi metod yoki funksiyani chaqirishni kompilyatsiya vaqtida aniqlashtirib oladi va mos keladigan metod yoki funksiya topilmasa xatolik qaytariladi. Quyida “Algebra” sinfida bir xil nomga ega ikkita “Add” metodi mavjud va bu metodlar faqat parametrlari bilan farqlangan. 1 – “Add” metodining vazifasi 2 ta haqiqiy sonni qabul qilib, ularning yig’indisini qaytarish. 2 – “Add” metodining vazifasi 4 ta haqiqiy sonni qabul qilib, ularning yig’indisini qaytarish. namespace ShaKhzoD { class Algebra { public double Add(double a, double b) { return a + b; } public double Add(double a, double b, double c, double d) { return a + b + c + d; } } } Keling endi dastur qanday ishlashini yaxshiroq tushunish uchun, “Algebra” sinfining “Add” metodidan ikki xil ko’rinishidan ham foydalanib ko’ramiz: namespace ShaKhzoD { class Algebra { public double Add(double a, double b) { return a + b; } public double Add(double a, double b, double c, double d) { return a + b + c + d; } } class Program { static void Main(string[] args) { Algebra algebra = new Algebra (); Console.WriteLine(algebra.Add(4, 23)); //chiquvchi qiymat: 27 Console.WriteLine(algebra.Add(4, 3, 12, 20)); //chiquvchi qiymat: 39 Console.ReadKey(); } } } Biz sinf metodiga algebra.Add(4, 23) shaklida murojaat qildik va kompilyastiya jarayoni boshlangandan keyin dastur ikkita parametrli metodga ya’ni 1 – “Add” metodiga murojaat qildi. Biz statik polimorfizmda bir metodni sinfni o’zida qayta aniqladik va qaysi metod ishlashi kerak ekanligi kompilyatsiya vaqtida aniq bo’ldi. Download 56.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling