Zbekiston respu blikasi xalq
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
giologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kafedra mudiri Yu.Raxmatov, docent
O`ZBEKISTON RESPU BLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI
NAVOIY VILOYATI PEDAGOG XODIMLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI
5141500-Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari ta`lim yo`nalishi uchun
fanidan muammoli ma`ruzalar matni
Navoiy – 2005
Tuzuvchi:
Taqrizchi:
Yu.Raxmatov, docent, geografiya kafedrasi mudiri.
Ma`ruzalar matni Geografiya kafedrasi yilig`ishida (majlis bayoni №1, 30.8.2005y) muhokama qilingan va tasdiqlash uchun tavsiya etilgan.
Kafedra mudiri Yu.Raxmatov, docent
MA'RUZA № 1 KIRISH. GEOLOGIYA FANI VA UNING ALOXIDA BULIMLARI HAQIDA UMUMIY MA'LUMOT. REJA 1) Geologiya fanining mohiyati va uni fan sifatida vujudga kelishi. 2) Geologiya fanining boshqa fanlar bilan aloqasi. 3) Geologiya fanining o’rganish ob’ektlari. 4) Geologiya fanining konchilik sohasidagi ahamiyati.
biosfera, organism, mineral, er qobig’i, noorganik, mineralogiya, kristallografi kristallografia, petrografiya, poleontologiya, gidrogeologiya, geofizika, stratigrafiya, geotektonika, tuproqshunoslik, foydali qazilmalar geologiyasi, geomorfologiya, strukturali geologiya, fizik geologiya, litogenez, injenerlik geologiyasi, A.Beruniy, In Sino, Lomonosov N, I.V.Bernadskiy, A.E.Fersman, X.M.Abdullayev, I.X.Hamrayev, X.N.Boymuhammedov.
Geologiya – yer haqidagi fan bo’lib yunoncha Geo - yer logos – fan demakdir. Geologiya tabiiy fanlar qatoriga kiradi va u yer sayorasining rivojlanish qonunlarini o’rganadi. Xozirgi vaqtda geologiyaning astranomiyaning birgalikdagi izlanishidan koinotda joylashgan boshqa osmon jinslarini o’rganuvchi geologiyaning yangi bir tarmog’i, kosmogoniya fani vujudga kelgan. Yer nima degan savolga olimlar turlicha javob beradilar. Astronomlar yerni shar shaklidagi fizik jism deb, Quyosh sistemasida juda katta tezlikda (bir soniyada 30 km) aylanuvchi sayora sifatida tekshiradilar. Geograflar, geodezislar va geomorfologlar yer ustki kismining shaklini, relyefini urganadilar. Biologlar esa yerdagi xayotni – Yerning o’simlik va xayvonot olami rivojlanadigan qismini ya'ni biosferani o’rganadilar. Shuningdek tuproqshunoslar yerning tirik organizmlari rivojlanadigan ustki, tuproq qatlamini o’rganadi. Yuqorida qayd etilgan fan soxalari yerning faqat ustki qatlamida sodir bo’ladigan voqea – xodisalarning rivojlanishini va o’zgarishinigina tekshiradilar. Geologiya fani bu soxalarni o’z qamroviga tortgani xolda, yerning ustki va ichki qismini, undagi mavjud xodisalarning rivojlanish qonuniyatlarini ham o’rganadi. Geologlar yerga turli mineral va tog jinslaridan tarkib topgan va doimo uzgarib turuvchi sharsimon fizik jisim deb karaydilar. Yer qobig’i neorganik qismining paydo bo’lishi va rivojlanishi xayvon va o’simliklarni xayoti bilan bevosita bog’lik bo’lib, ularni o’rganishda yer qatlamlari orasida saqlanib qolgan tamg’alargina yordam beradi. Shunday qilib, giologiya fani yer hakidagi maxsus fan bo’lib, u yer qatlamlarini tarkibining tuzilishini va rivojlanish tarixini tekshiradi. Bu masalalarning o’rganiladigan xajmi va miqdori juda katta bo’lganligi uchun giologiya fani bir necha maxsus fanlarga bulinib, ularning har biri giologiyaning o’ziga xos soxalari bilan shug’ullanadi. Yerning moddiy tarkibi minyeralogiya (minerallar haqidagi fan) va kristal-lografiya (kristallar haqidagi fan), petrografiya (tog’ jinislari haqidagi fan), gio-ximiya (yer ximiyasini o’rganuvchi fan), palyentologiya (qadimgi organizmlarning tosh qotgan qoldiqlari haqidagi fan),
Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling