Zbekiston respu blikasi xalq
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
giologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- GEOXRONOLOGIYA VA GEOLOGIK YOSH HAQIDA MALUMOT REJA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Islomov O.I. “Umumiy geologiya” «O’qituvchi» 1991 yil. 2. Shoraxmedov SH.SH. “Umumiy va tarixiy geologiya” «O’qituvchi» 1989 yil. 3. Qurbonov A.S. “Geologiya” «O’qituvchi» 1991 yil. 4. Bitextin. “Mineralogiya”
MA'RUZA № 5 GEOXRONOLOGIYA VA GEOLOGIK YOSH HAQIDA MA'LUMOT REJA 1. Er yoshini aniqlash usullari. 2. Geoxronologik jadval va uning mohiyani. 3. Erning rivojlanish tarixi. Tayanch iboralar: Qobig’, cho’kindi, nisbiy yosh, mutloq yosh, gioxronologiya, organism, organik, kremenzem, toshqotgan, yotqiziq, kontenintal epoxa, era, pamontologiya, fauna, flora, etap, stratigrafiya, tabaqa, delta, emirilish, lentasimon gil, radioaktiv, qo’rg’oshin, geliy, Paleozoy, Kaynazoy, mezazoy, proterazoy, gurux, sisrema, yarus, Arxey, to’rtlamchi, yura, bo’r, Gertep, koledon. Geologik tog’ jinslarini o’rganish yer qobig’ining yuqori qavatlarida yotgan qatlamsimon tog’ jinslarining shakillanish ketma ketligini, bir jinslilik va ularda uchraydigan qotgan usimlik va xayvon qoldiqlarining belgilariga qarab ularni shartli guruxlarga jamlashni imkonini beradi. Shunday tarizda birlashtirilgan cho’kindi tog’ jinslarining guruxlari ular shakillanishi vaqtining bir necha bo’laklariga mos keladi. Guruxlarning shakillanish ketma-ketligini bilish, ularning nisbiy yoshini o’rnatish imkonini beradi, ya'ni ularning qaysi biri oldin, qaysi biri keyin, qaysi biri yosh, qaysi biri qadimiy. Tog’ jinslarinig bunday yoshini aniqlash geologiyada nisbiy yosh aniqlash degan nomni olgan. Tog’ jinslari yoshi va geologik xodisalarning mutloq vaqtini aniqlash buyicha juda ko’plab urinishlar bo’lgan. Lekin, bu savolni tug’ri yechimini topishga yaqindagina muvofiq bo’lindi va tog’ jinslarini absolyut yoshini aniqlashning tug’ri usuli murakkab, mukammal ishlab chiqilmagan va xar doim xam qo’llab bo’lmaydi. Shuning uchun xozirgi vaqtda geologiyada tog’ jinslarini yoshini aniqlashning absolyut usuliga qaraganda, nisbiy yoshini aniqlash usuli kengroq qo’llaniladi. Asosan ikkala usul xam parallel qo’llaniladi va bir-birini to’ldiradi.
Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling