Zbekiston respu blikasi xalq
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
giologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
MA'RUZA № 6 GEOLOGIK JARAYONLAR HAQIDA UMUMIY MA'LUMOTLAR. NURASH JARAYONLARI. REJA 1. Geologik jarayonlar turlari. 2. Nurash jarayoni haqida. 3. Geologik jarayonlarning yer po’stidagi faoliyati. 4. Atmosferaning yer po’stiga ta’siri oqibatida sodir bo’ladigan jarayonlar.
metrologiya, gidrosfera, gidrologiya, metologiya, eol, yotqiziq, karst, suffoziya, tektoginez, geotektoginez, magma, ekzogen, atmosfera, nurash, biologik, ximik, fizik, yuza, muz, jins, mexanik, sulfat, kislorod, oksidlanish, gidroliz, pirit, reaksiya, gidrolid, molekula, temir qalpoq. Geologiyaning birinchi qismida biz yerning shakli, ximiyaviy tarkibi, fizik xossalari va tuzilishini ko’rib chiqdik. Lekin, litosfera doimo o’zgarib turadi. Vaqt o’tishi bilan yer yuzasining relfi o’zgaradi; dengiz va okeanlar xamda ularning qirg’oq chegaralari almashadi; daryolar o’z o’zanini o’zgartiradi, mavjud ko’llar quriydi va yangilari hosil bo’ladi. Tog’ jinslari va ularni tashkil qilgan minerallar yemiriladi xamda ulardan yangi tog’ jinslari va minerallar hosil bo’ladi. Bu o’zgarishlarni yer qobig’ining ichki qismida xam kuzatishimiz mumkin. Dinamik geologiya geologiya fanining bir qismi bo’lib, yer yuzasi va yer po’stida bo’ladigan geologik jarayonlar bilan shug’ullanadi. Geologiyaning bu qismi fiziografik (fizik) geologiyaga taalluqlidir. Bu masalani yoritishda geolog va geograflar olib boradigan izlanishlarning farqi shundaki, geolog sodir bo’ladi. Atmosferada sodir bo’ladigan jarayonlarni meteorologiya, gidrosferadagilarini – gidrologiya, litosferadagilarini – litologiya o’rganadi. Atmosfera va tabiiy jarayonlarning qonuniyatlarini tarixiy yusinda tekshirsa, geograf geologlarning xulosalariga asoslanib, yer morfologiyasi qonuniyatlarini Yer yuzasining xozirgi ko’rinishiga qarab geografik nuqtai nazardan tekshiradilar. Geologik jarayonlar yerning xamma qatlamlarida va ularning bir-biriga yondosh chegaralarida xam litosfera chegarasida eol jarayonlar, gidrosfera va litosfera chegarasida denudatsiya, eroziya, abraziya jarayonlari yuz beradi. Yer qatlamlari ichida esa, yer osti suvlvri harakat qiladi, ya'ni gidrogeologik jarayonlar ( karst, suffoziya, cho’kish va boshqalar) yuz beradi. Yer po’stidagi harakatlar geologiyada tektogenez yoki kengroq qilib aytganda geotektogenez deb ataladi. Magmaning hosil bo’lishi, xarakati, qotishi va aralashish jarayonlari magmatizm deb ataladi. Geologik jarayonlar haqida so’z yuritganimizda eng avvalo ekzogen geologik jarayonlar haqida to’xtalamiz. Ekzogen jarayonlar deyilganda yer yuzasida ya'ni atmosfera bilan litosfera chegarasida boradigan jarayonlar tushiniladi.
Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling