Qisqa xulosalar
Marketing muhiti deganda korxona marketing xizmati xodimlarining mijozlar bilan yaxshi hamkorlik munosabatlarini o’rnatish va bu munosabatlarning saqlanishiga bevosita ta'sir ko’rsatuvchi sub'ektlar va kuchlarning majmui tushuniladi.
Korxonaning mikro-muhiti tarkibiga ta'minotchilar, vositachilar, raqobatchilar, mijozlar (iste'molchilar) va aloqalar o’rnatiluvchi auditoriyalar kiradi.
Korxonaning tashqi muhitiga iqtisodiy, demografik, ilmiy-texnika va siyosiy, huquqiy atrof-muhit kabi tarkibiy qismlari korxona tomonidan deyarli boshqarib bo’lmaydigan omillar kiradi. Iste'molchilarning talabini to’laroq qondirish uchun avvalo, mavjud ehtiyojlarni chuqur tahlil qilish, o’sish qonuniyatlarini o’rganish va yangi ehtiyojlarning shakllanishi borasida ma'lumotlarga ega bo’lish talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |