Narxlar (narxli) raqobati - narx vositasida raqobatni amalga oshirib, raqiblarning bir-biriga nisbatan narxni pasaytirib borishlari.
Narx-navo - tovarlar narxlari, xizmatlar tariflari, to’lovlar, kreditlar, sug’urta foizlari (stavkalari) va narxning boshqa ko’rinishlari hamda ularning harakati.
Narxning qayd qilinishi - raqib korxonalarning o’zaro kelishib, o’xshash tovarlariga bir xil narx belgilashi.
Narxni o’zgartirmay raqobatlashuv - o’z tovarlarini sotish shartsharoitini xaridor uchun qulaylashtirib, raqibni bozordan surib chiqarish.
Narx raqobati - bozor narxini o’zgartirish orqali raqibni bozordan siqib chiqarish va o’z mavqeini mustahkamlash.
Narx siyosati - narx masalalarini korxonaning maqsadi, mo’ljallangan bozori, mavqei, siymosi, marketing kompleksi bilan muvofiqlashtirilgan tizim.
Narxsiz raqobat - narxga tegmay raqobatlashuv (mahsulot sifati, o’rami, savdo xizmati, rag’batlantirishini oshirish, yuqori texnologiyani o’zlashtirish, savdo taqsimoti va siljitishni yaxshilish va boshqalar).
Narx ustamasi - tovarning hisoblab chiqarilgan haqiqiy narxi ustiga qo’yiladigan qo’shimcha (ishlab chiqarish korxonasi) ustamasi, savdo ustamasi.
Narx chegirimi (tashlamasi) - ayrim hollarda tovar narxidan ma'lum qismi chegarib, olib tashlanishi yo’li bilan pasaytirilgan narx.
Narx chizig’i - bir tovar narx diapazoni oralig’ida uning turli variantlariga har xil narxlar belgilash.
Nizo - bu rahbar, ishchi va boshqa xodimlar orasida muayyan masalalarni hal qilishda tomonlarning bir-biri bilan bir echimga kela olmaganligi tufayli vujudga keladigan vaziyatdir.
Noma'qul talab - iste'molchilar va jamiyatga ziyon keltiradigan tovarlarga bo’lgan talab (narkotik -moddalar, tamaki mahsulotlari, qurolyarog’ va boshqalar).
Do'stlaringiz bilan baham: |