Ratsional ehtiyoj - ehtiyojning ilmiy nuqtai nazardan kishi hayoti va faoliyatini to’la qanoatlantiradigan turlari va darajasi.
Rag’batlantiruvchi marketing - iste'molchilarning e'tiboridan qolgan tovarlarga talabni faollashtirish.
Raqobat - ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish va sotishning eng yaxshi sharoitlari uchun tovar ishlab chiqaruvchilararo raqiblik.
Raqobatbardoshlik - tovarning bozordagi xaridorgirligi va pulga ayirboshlanish qobiliyati.
Regional bozor - ma'lum hudud doirasida tovarlarni oldi-sotdi etish munosabatlari.
Reklama - aniq maqsadga yo’naltirilgan, ma'lum va nomi aniq manba tomonidan haqi to’langan joyda tarqaladigan axborot.
Reklama matni - gazeta yoki jurnalda beriladigan e'lonlar, pochta jo’natmalari, televizion va radiooraliqlarning so’z qismi.
Remarketing - talabning pasayishi sharoitida uni jonlantirish jarayonlari.
Reyting - baho, biron tabaqa, sinf, tipga bo’lish, ommaviylik va mashhurlik darajasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |