Sanoat tovarlari - ishlab chiqarish ehtiyojini qondiradigan tovarlar.
Selektiv talab - bir xil yoki o’xshash tovarlarni qiyosiy baholash natijasida tovarning iste'molchiga eng ma'qul kelgan aniq turi, varianti, markasiga shakllangan talab.
Siljitish vositalari - tovar haqidagi ma'lumotlarni iste'molchiga etkazish va singdirish, iste'molchilar bilan aloqa o’rnatish vositalari.
Siljitish murojaati - iste'molchilarga etkaziladigan ma'lumotlar shakli.
Siljitish strategiyasi - tovar siljitish vositalari, usullari, tadbirlarini aniq bozor sharoitiga mos qo’llash tartibi.
Siljitish strukturasi - korxonaning iste'molchilar bilan aloqa o’rnatish va uni ta'minlash dasturi bo’lib, reklama, sotishni rag’batlantirish, targ’ibot, shaxsan sotish usullari, vositalari tizimi.
Sinxromarketing - ishlab chiqarishni talabning tebranishiga moslashtirish.
Sirg’anma narx - ayrim yangi tovarlarga belgilangan nisbatan yuqori narx; bozorning to’yinishi bilan pasayib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |