Zbekiston respublikasi adliya vazirligi navoiy viloyati adliya boshqarmasi


Download 13.64 Kb.
Pdf ko'rish
Sana31.01.2024
Hajmi13.64 Kb.
#1819089
Bog'liq
Do\'stlik bayrog\'i gazetasi uchun



 
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI 
NAVOIY VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI
 
KARMANA TUMAN ADLIYA BOʻLIMI YURIDIK XIZMAT 
KOʻRSATISH MARKAZI
 
 
Karmana tumani, Talqoq MFY, Talqoq koʻchasi, 3-uy, 
tel.: (79) 210-08-12 
2023-yil 19-oktabr 
Navoiy viloyati “Do‘stlik 
bayrog‘i” tahririyatiga 
 
 
 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyundagi PQ-5168-son 
“Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat koʻrsatish faoliyatini yanada 
takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda “Yuridik xizmat koʻrsatish 
markazlari faoliyatini yanada kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar 
toʻgʻrisida”gi 2022-yil 18-martdagi PQ-173-son qarorlariga asosan yuridik xizmat 
ko‘rsatish markazlariga davlat organlarida huquqni bir xil qoʻllash amaliyotini 
shakllantirish hamda aholiga va bevosita ijrochilarga qonunchilik hujjatlarining 
mazmun-mohiyatini yetkazish va tushuntirish vazifalari belgilangan. 
Shu munosabat bilan Sizdan, Karmana tuman yuridik xizmat koʻrsatish 
markazi davlat organlarida huquqni bir xil qoʻllash amaliyotini shakllantirish hamda 
aholiga va bevosita ijrochilarga qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini 
yetkazish va tushuntirish maqsadida huquqiy targ‘ibot materiallarini tahririyatda 
chop etish orqali aholiga yetkazilishida amaliy yordam berishingizni soʻraydi. 
Savol: Qaysi hollarda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi 
xodimning korxona (tashkilot)dagi ish stajidan qat’iy nazar to‘liq to‘lanadi? 

 
Javob: O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish 
vazirining buyrug‘i [O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002-yil 
8-mayda 1136-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan] bilan tasdiqlangan “Davlat 
ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi 
Nizom 26-bandiga asosan vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi ish stajining 
davomiyligidan qat’i nazar ish haqining 100 foizi miqdorida quyidagilarga 
to‘lanadi: 
 
ishlayotgan 1941 – 1945-yillardagi urush qatnashchilariga; 
baynalminal jangchilarga va ularga tenglashtirilgan boshqa shaxslarga; 
qaramog‘ida 16 yoshga (o‘quvchilar 18 yoshga) yetmagan uch yoki undan 
ortiq bolalari bo‘lgan xodimlarga; 
Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda qatnashgan xodimlarga; 
Chernobil AESdagi avariya natijasida radioaktiv ifloslanish zonasidan 
evakuatsiya qilingan va ko‘chirilgan, qon hosil qiluvchi organlar kasalliklari (o‘tkir 


leykoz), qalqonsimon bez (adenoma, rak) va xavfli o‘smalar bilan bog‘liq 
kasalliklarga chalingan xodimlarga;
mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi natijasida vaqtincha mehnatga 
qobiliyatsiz bo‘lgan xodimlarga. 
Markaz bosh yuriskonsulti 
U.Doliyev



 

Document Outline

  • 2023-yil 19-oktabr Navoiy viloyati “Do‘stlik bayrog‘i” tahririyatiga
  • Markaz bosh yuriskonsulti U.Doliyev

Download 13.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling