Yozma yuridik nutq
Download 14.86 Kb.
|
yozma yuridik nutq
Yozma yuridik nutq Nutq til vositalari orqali so‘zlashish, muomala jarayonidir. So‘nggi yillarda nutq kishilar til orqali bir-biri bilan muomala, aloqa qilishning usuli deb qaralishi ham fikrimizni tasdiqlaydi. Til umumiylik, nutq esa xususiylik belgilari bilan farqlanadigan ijtimoiy hodisalar bo'lib, ikkalasi hamjamiyatga xizmat qiladi. Nutq og'zaki va yozma ko‘rinishlarga ega bo‘ladi. Biroq nutqning bu ikki ko‘rinishi bir-biridan ba’zi jihatlari bilan farqlanadi. Og‘zaki nutq so‘zlovchi — prokuror, sud, advokat, tergovchi gapirib turgan lahzadagina mavjud bo‘ladi, so‘zlash jarayoni tugashi bilan og‘zaki nutq ham tugaydi. Lekin nutq ta’sirida berilgan ma’lumot, axborot, hukm tinglovchi ongida uzoq vaqtgacha saqlanishi, tinglovchi — aybdor, guvoh, sudlanuvchi xulqiga, qalbiga ta’sir etishi tabiiy. Og‘zaki nutqni shakllantirish va takomillashtirisji ko‘proq yozma nutqning takomiliga bog’liq. Yozma nutq yuqori darajada b o ‘lmas ekan, og‘zaki nutq ko‘ngildagidek bo‘lmaydi. Yozma nutqda esa til vositalarini tanlash va qo‘llashga to‘liq imkoniyat bo‘ladi. Yozma nutqni xohlagancha tahrir qilish mumkin. Yozma nutqda og‘zaki nutqdagi kabi hayajon bo‘lmaydi, notiq shoshilmasdan, o‘ylab nutq tuzadi. Shu sababdan ham yozma nutq og‘zaki nutqdan ko‘ra ravon, aniq va izchilroq bo‘ladi. Har qanday nutqni xoh u badiiy,xoh u ilmiy yoxud rasmiy bo‘lsin yozma ravishda ifodalash insho deyiladi.”Insho notiqlik san’atining bir qirrasi, san’at ichra san’atdir”. Afsuski, so‘nggi yillarda oliy maktab tizimida, hatto o‘rta maktablarda ham inshoga e’tibor susaydi.Yuristlaming yozma ishlari haqida hech kim o‘ylab ham ko‘rmadi. Yozma nutqi ravon bo‘lmagan yuristning faoliyatini tasawur qilish qiyin. Yozma yuridik nutq barqaror va qat’iy bo‘ladi, u har doim awaldan o‘ylanadi hamda matnga tushiriladi. Taniqli yuristlaming hech biii yozma nutqini takomillashtirmasdan yuqori martabaga erishmaganlar. Yozma yuridik nutq og‘zaki yuridik nutqning rivojiga bevosita ta’sir etadi, asosan, og‘zaki yuridik nutq yozma yuridik nutq asosidarivojlanadi. Yozma mashqlar — bamisoli tafakkur mashqlaridir. Biror Nusratullo Atoullo o ‘g‘li Jumaxo‘ja. Istiqlol va ona tilimiz voqeiylik yoki hodisa to‘g‘risida fikrlash yozma mashqlar orqali takomillashadi. Yozma nutq mashqlari muayyan mavzu doirasida, aytaylik, biror bir sodir etilgan jinoyatning ildizlariga yetib borishda bevosita fikrlashga majbur etadi. Shu jarayonda yuristlar “Yetti o‘lchab bir kesish”ga amal qiladilar. Yozma nutq bilan doimiy shug‘ullanadigan yurist doim o‘ylab gapirishga odatlanadi. Yurist yozma nutq bilan muttasil shug‘ullanmas ekan, uning yozma nutqi bilan og‘zaki nutqi hech ham muvofiqlashmaydi. Agar sud hukmi yetarli dalillanmasa, sud tomonidan tayyorlangan hukmni qayta ishlash, qonun doirasida qayta pishitish; izohlanmay qolgan o‘rinlar, aniq bo‘lmay qolgan holatlaming mantiqan izchil bo‘lishi uchun, yanada tushunarli bo‘lishi uchun matnni isloh qilish mumkin. Bunday isloh qilish yuridik yozma nutqning tadrijiy, ketma-ket, tartibli va sifatli bo‘lishiga asoslangan bo‘lib, grammatik qoidalar bilan amalga oshadi. Yuridik yozma nutqda qiyoslash, taqqoslash, sabab-oqibat, shart, aniqlovchi kabi munosabatlarni ifodalovchi qo‘shma gap turlaridan foydalaniladi. Odatda, protsessual hujjatlar tuzadigan huquq-tartibot organi xodimi o‘z fikrini yozma ravishda ifodalashdan awal nutq predmetini, obyektini aniqlaydi, ya’ni yuridik ishni ochishda, jinoyatni adolatli hal qilishda zarur va kerakli m a’lumotlarni to ‘playdi. Bunday protsessual jarayonda yuristning huquqiy fikrlash doirasi, bilimi, dalillami isbotlash darajasi, yuridik kasbiy tayyorgarligi katta ahamiyat kasb etadi. Qonun doirasida haqiqat aniqlangach, asosiy fikr yuridik matn sifatida o‘z in’ikosini topadi, matnning shakllanishida o‘zbek yuridik til qonuniyatlari asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. Matnni tayyorlayotgan huquq-tartibot organi xodimi tergov natijalari yoxud hukm mazmunini to‘laqonli yoritish uchun lisoniy konstruksiyalarga, yuridik terminlarni o ‘z o‘mida qo‘llashga alohida ahamiyat beradi. Yozma yuridik nutqni grammatik jihatdan to‘g‘ri tuzish va terminlar hamda so‘zlaming muqobilini tanlay olish uchun ham nazariy bilim, ham yuridik mavzular yuzasidan yozma mashqlar muhim o‘rin tutadi. Yuristlarimiz muntazam ravishda yozma mashqlar olib borishlari natijasidagina yozma nutq borasida muhim ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishlari mumkin. Huquq-tartibot organlarida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlaming yuridik hujjatlami tayyorlashlarida xatolaiga yo‘l qo‘yishining asosiy sababi ham grammatik qoidalami yetarli 0‘zlashtirmaganligi, yozma nutqda ifodalash malakasining sustligidir. Buning uchun turli mavzularda yuridik hujjatlar tayyorlash yuzasidan muntazam mashqlar olib borish ko‘zlangan natijalami beradi. Yozma yuridik nutq oldiga, asosan, quyidagi talablar qo‘yiladi: 1. Har bir so‘z yoxud termin, har bir gap, jumla yuridik mazmunni to‘liq ifodalashga va muallif maqsadini ochishga xizmat etishi shart. 2. Yozma yuridik nutq imkon qadar sodda va aniq, izchil va mantiqli ifodalanishi lozim. 3. Yozma nutqda o‘z ifodasini topayotgan fikr — yuristning tafakkur mahsullari dalillangan, isbotlangan, qonun doirasida o‘z yechimini topgan bo'lishi zarur. 4. Yozma yuridik nutqda fikrlar rasmiy uslub doirasida sodda va ravon, tushunilishi yengil bayon etilishi kerak. 5. 0 ‘rganilgan ishlar (jinoyat yoki fukarolik)ning xulosasi muqaddima va asosiy qism bilan bog‘langan bo‘lishi lozim. Shundagina chiqarilayotgan xulosalar, shuningdek hukmlar asosli bo‘ladi. 6. Tushunilishi qiyin bo‘lgan yuridik terminlardan - iloji boricha foydalanmaslik, agar matnda faqat yuristlar yoki mutaxassislar uchun tushunarli bo‘lgan terminlar qo’llanilsa, bunday yuridik terminlarga izohlar va sharhlar berib borilishi maqsadlidir. 7. Rus tilidagi qonunlardan andoza olish, tarjima qilish qonun moddalari mazmuniga, mohiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun taijimalardan mutlaqo voz kechib, har qanday yuridik hujjatlami milliy til qoidalari asosida tayyorlash maqsadga muvofiqdir. “Huquq va til muammosi predmetlararo tadqiqotlarda yangi yo‘nalish bo‘lib, bu sohada hal etilmagan va bahsli masalalar juda ko‘p. Lekin shunisi shubhasizki, barcha turdagi yuridik faoliyat uchun tilni benuqson bilish shartdir”. Download 14.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling