Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti


Download 0.86 Mb.
bet19/102
Sana08.05.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1443649
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   102
Bog'liq
falsafa o`quv qo`llamna.

Abu Ali Ibn Sino (980-1037 yy.)faylasuf, astronom, mate-matik, musiqashunos, huquqshunos, axloqshunos va h.k. Ibn Sino asar-larining soni 280 dan oshadi. 185 risola falsafa, mantiq, psixolo-giya, teologiya, etika va ijtimoiy-siyosiy masalalarga bag‘ishlanadi. Ibn Sino dunyoqarashi Forobiy asarlari asosida shakllandi.
Ibn Sino fikricha, falsafaning vazifasi – barcha mavjud nar-salarni, ularning kelib chiqishi, tartibi, o‘zaro munosabati, biri-dan ikkinchisiga o‘tishlarini har tomonlama o‘rganishdan iborat. Uningcha, olam yaxlit, murakkab borliqdir. Borliqni har tomonlama tekshirish uchun zaruriyat, imkoniyat, voqyelik va sababiyat prinsip-larini asos qilib oladi. Olam-barcha mavjud narsalar 2ga bo‘linadi:

    1. Zaruriy vujud (vujudi vojib).

    2. Imkoniy vujud (vujudi mumkin).

Zaruriy vujud hyech narsaga bog‘liq bo‘lmagan bir butunlikni tashkil etib, u eng irodali, qudratli, dono tangridir. Qolgan hamma narsalar imkoniy tarzda mavjud bo‘lib, zaruriy vujud – tangridan kelib chiqadi. Vujudi vojib va vujudi mumkin sabab va oqibat mu-nosabatidadir. Bu jarayon emanatsiya tarzida ya'ni, quyoshdan chiqayotgan nur shaklida asta-sekin amalga oshadi. Shu tartibda imkoniyat shak-lidagi mavjud bo‘lgan aql, jon (nafs) va jism, ular bilan bog‘liq holdi osmon sferalari kelib chiqadi, mavjud narsalarga aylanadi. Bular hammasi substansiyadir. Bundan tashqari borliqda aksiden-siya – obraz– narsalarning belgilari, rangi, hajmi, hidi va boshqa hislatlari mavjud. Jism shakl va modda (hayulo) dan tashkil topadi.
Imkoniy vujudning zaruriy vujuddan kelib chiqishi borliq qonuniyatining, zaruriyatning natijasidir. Tangri bilan birga imkoniyat shaklida mavjud bo‘lgan materiya ham zaruriy ravishda voqyelikka aylanadi. Xudo va materiya bog‘lanishi sabab va oqibat bog‘-lanishi sifatida talqin etiladi. Xudo abadiy, uning oqibati bo‘l-mish materiya ham abadiy. Uning o‘zi konkret jismlarning asosidir. Narsalarning konkret ko‘rinishlari, shakllari o‘zgaradi. Lekin ular-ning moddiy asosi yo‘qolmaydi. Materiyaning eng sodda, bo‘laklarga bo‘linmaydigan shakli 4 unsur: havo, olov, suv, tuproqdan iborat. Ularning turli o‘zaro birikuvi natijasida murakkab moddiy narsa-lar tashkil topadi. Materiya harakat, vaqt, fazo bilan uzviy bog‘liq, moddasiz fazo va harakat yo‘q.
Bilish nazariyasini talqin etishda ham Ibn Sino bir qancha materialistik fikrlarni ilgari surdi. Inson bilimlari real ob'ektiv narsalarni bilish yordamida vujudga keladi. Bilish hissiy bilish va tushunchalar yordamida fikrlashdan tashkil topadi. “Sezish – bu shunday ta'sirki, u tashqi narsalarning o‘zi bo‘lmay, balki biz-ning hislarimizda vujudga keladi. His moddiy obrazning oynasi bo‘lib, moddiy shakllarning bo‘yi, eni bilan birga ifodalanganligi sababli, ularni moddiy asossiz in'ikos eta olmaydi va jismlarni bila olmaydi”. Bilishda narsa va hodisalarning mohiyati va qonun-larini o‘rganishda tafakkurning roliga katta e'tibor beradi.
Mantiq Ibn Sino asarlarida ilmiy bilishning metodi sifa-tida diniy aqidachilikka qarama-qarshi qo‘yiladi. Aql har qanday bilishning va amaliy faoliyatning mezoni sifatida talqin etiladi. “Aql tarozisida o‘lchanmagan har qanday bilim chin bo‘la olmaydi; demak, u haqiqiy bilim emas”.
Ibn Sino falsafiy ilmlarni avvalo ikkiga bo‘ladi: nazariy va amaliy ilmlar. Nazariy ilmlarni inson faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan narsalar to‘g‘risidagi haqiqiy ilmlar deb ta'riflaydi. Amaliy ilmlarning ob'ekti inson faoliyatidir. Nazariy ilmlar haqiqatni bilishga, amaliy ilmlar yaxshi ishlarni bajarishga qara-tilgan. Falsafaning nazariy qismi uchga bo‘linadi: 1) quyi daraja-dagi ilm-tabiatshunoslik; 2) o‘rta darajadagi ilm-matematika; 3) oliy darajadagi ilm-metafizika. Falsafaning amaliy qismi ham uchga bo‘linadi: a) shaxs haqidagi ilm; b) insonning o‘zaro munosabat-lari haqidagi ilm; v) davlatni, mamlakatni boshqarish ilmi.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling