Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti


Download 0.86 Mb.
bet27/102
Sana08.05.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1443649
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   102
Bog'liq
falsafa o`quv qo`llamna.

Zamonaviy falsafa. Zamonaviy G‘arb falsafasi o‘z taraqqiyoti-ning “mumtoz” davridan qator xususiyatlari bilan farq qiladi. Farqlarni faqat davrlarni taqqoslash orqali aniqlash mumkin. Mumtoz G‘arb falsafasi tabiat va jamiyatni ularni aqlga muvofiq o‘zgartirish maqsadida bilish talabini ilgari surdi. Ko‘pchilik fay-lasuflar barcha uchun bilish imkoniyati mavjud ekanligi va haqiqat-ni har bir kishi egallashi mumkinligidan kelib chiqar edilar. Bun-day gnoseologik “demokratizm” “optimizm” bilan to‘ldirilar edi.
Tabiat va jamiyat qonunlarini o‘rganish asosida ularning ustidan hukmronlik qilish mumkin, deb hisoblanar edi. Olimlar-ning inson aqli va ijtimoiy taraqqiyotning zaruriyat ekanligiga ishonchiga 1879 yildagi fransuz revolyusiyasi keskin zarba berdi. “Aql tamoyillari” asosida qurilgan, “aqlni” xudo deb e'tirof etgan jamiyat aql va insoniylikka zid bo‘lib chiqdi.
Terror, o‘n minglab aybsiz qurbonlari bo‘lgan fuqarolik urushi faylasuflarni aql va fan imkoniyatlari ustida o‘ylanib qolishga majbur etdi.
yevropa va Amerikadagi keyingi hodisalar (Napoleon urushlari, 1848 yil revolyusiyasi) ma'rifat yo‘li bilan ijtimoiy uyg‘unlik o‘rnatilishi mumkin emasligini, Birinchi jahon urushi (1914) fan-dan aholini va madaniyatni yoppasiga qirg‘in qilish uchun foydala-nish mumkinligini ko‘rsatdi. Shu davrda, XIX asrning oxirida ko‘pchilik faylasuflar tarixiy taraqqiyotning, haqiqatning nisbiy-ligi, yevropalik insonning qalbi va tarixning irratsionalligi haqida gapirganligi tasodifiy emas.
XX asr G‘arb falsafasining asosiy tendensiyalarini aytsak, ssientizm, antropologizm, mistik-diniy falsafaga qaytishni ko‘rsatish mumkin.
Birinchidan, XX asrda eski “mumtoz” tizim bilan raqobat qiluvchi yangi qator g‘oyalar ilgari surildi.
Ikkinchidan, o‘z-o‘zini, jamiyatni va tabiatni tubdan o‘zgartira oladigan erkin va aqlli inson g‘oyasidan iqtisod, siyosat, din va boshqalar bilan sababiy bog‘langan insonga harakat boshlandi;
Uchinchidan, ong va alohida insonning ongi, ijtimoiy ong mustaqil struktura deb tushunilmaydi. Bunga qarama-qarshi ravishda inson turli davlat, partiya, avtoritetlar va hatto irratsional kuchlar – massonlar, sehrgarlar tomonidan manipulyasiya etiladi, deb e'lon qilinadi.
To‘rtinchidan, ikkita o‘zaro kesishmaydigan ilmiy va falsafiy bilish g‘oyasi ilgari suriladi. Ularning oxirgi natijasi “ilmiy haqiqat” va “falsafiy haqiqat”. Shunga mos ravishda “mumtoz” G‘arb falsafasining optimistik qarashlari “texnotron”, “postindust-rial” jamiyat haqidagi g‘oyalarda rivojlantirilgan. Lekin zamona-viy elektron texnika va kishilarning katta massalari ustidan total nazorat o‘rnatish orqali insonlarning degradatsiya bo‘lishi va yadro urushi natijasida insoniyatning jismonan yo‘q qilinishi to‘g‘risi-dagi insonparvarlikka qarshi g‘oyalar ko‘proq ahamiyat kasb etadi.
Tamomila yangi dunyoning falsafiy manzarasi va tafakkur uslubi vujudga keladi; masalan, zamonaviy fan va madaniyatni belgilab bergan tafakkurning ijtimoiy-ekologik tipi va dunyo manzarasi XX asrning 50-yillarining o‘rtalaridan ilmiy-texnik revolyusiya bilan bog‘liq ravishda insoniyat taraqqiyoti muammolari dunyo miqyosida ishlab chiqila boshlandi. Ilmiy diskussiyalar boshida turli ilmiy birlashmalar turar edi. Ulardan eng mashhuri Aurelio Pechchei tomonidan boshqarilgan “Rim klubi”dir. Ular uch asosiy savolni ajratib ko‘rsatdilar. 1.Inson va tabiat o‘rtasidagi vayron etuvchi ziddiyat vujudga kelyaptimi? 2. Agar shunday bo‘lsa, bu ziddiyat ilmiy-texnik taraqqiyotning mohiyatidan kelib chiqyaptimi? 3. Tabiat va insoniyatning qirg‘in bo‘lishini to‘xtatish mumkinmi?
Qo‘yilgan savollarga turli javoblar berilishiga qaramay, “yangi gumanizm” va dunyoning yangi manzarasining pozitsiyasi quyida-gicha: kattaga qarshi kichkina, tashqaridan tazyiq o‘rniga o‘z taqdirini o‘zi belgilash, sun'iy o‘rniga tabiiy, kimyoviy o‘rniga biologik va h.k.
Ko‘rayotganimizdek, dunyoning yangi manzarasi markazga insonni qo‘ydi. Insonning madaniy rivoji energiyaviy va texnikaviy taraq-qiyotdan orqada qoldi. Insonda yangi xususiyatlarni shakllantirish va madaniyatni taraqqiy ettirish orqali bu vaziyatdan chiqib ketish mumkin. Bu xususiyatlar quyidagilar: tafakkurning globallashuvi, adolatga muhabbat, zo‘ravonlikka nafrat.
Bundan insoniyatning yangi vazifalari kelib chiqadi. Rim klubining nazariyotchilarining fikricha ular 6ta:
1. Madaniy merosni saqlash.
2. Dunyoda davlatdan tashqari jamiyatni yuzaga keltirish.
3. Atrof-muhitni avaylab-asrash.
4. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish.
5. Tabiat resurslaridan to‘g‘ri foydalanish.
6. Insonning ichki (intellektual), sensitiv (hissiy), somatik (tana) qobiliyatlarini taraqqiy ettirish. Shu bilan bir vaqtda zamo-naviylashtirilgan olam to‘g‘risidagi irratsionalmistik tasavvurlar ham keng yoyila boshladi. Astrologiya, magiya kabilar qayta taraqqiy eta boshladi. Dunyoning irratsional manzarasiga psixologiya va madaniyatshunoslikdagi psixoanaliz (ruhiy tahlil) yo‘nalishi ma'lum hissa qo‘shdi.
Nemis falsafasi Yangi davr ma'naviy hayotining gullagan davri bo‘lib, XIX asr o‘rtalarida boshqa, inqiroz davri bilan almashdi. Falsafa tarixida tushkunlik davri boshlandi. Bu davr falsafasida keyingi XX asr falsafiy fikrini belgilab bergan 2 oqim vujudga keldi. 2,5 ming yillik falsafiy taraqqiyot natijalarini mushohada etish shu natijaga, holatga olib keldi. Bunday holatda falsafaning ma'naviy madaniyatdagi o‘rniga yangicha qarab, falsafiy bilimni o‘zini qayta qurish kerak edi. Mana shu masalada 2 ta qarash vujudga keldi.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling