Mavzu:Falsafiy antropologizm inson haqidagi taʼlimotning rivojlanishi REJA: - REJA:
- 1.Inson falsafiy muammo sifatida. Falsafa tarixida insonning kelib chiqishi haqidagi ta’limotlar
- 2.Insonga nisbatan biologizatorlik va sosiologizatorlik konsepsiyalari.
- 3.Hayotda insonning vazifasi va uning mohiyati.
Inson falsafiy muammo sifatida - Falsafa tarixida insonga murojaat etmagan, inson moddiy va ma'naviy borlig‘ining turli tomonlarini bevosita yoki bilvosita tahlil qilmagan faylasuf yoki falsafiy yo‘nalishni topish deyarli mumkin emas. Aksariyat falsafiy va diniy tizimlar katta olam yoki makrokosmga zid o‘laroq, insonga mikrokosm yoki kichik Koinot sifatida qarab, uni butun olamni tushunish kaliti deb hisoblaganlar. Faylasuflar inson sirining tagiga yetish borliq jumbog‘ining tagiga yetish bilan barobar ekanligini qayta-qayta anglab yetganlar.
Zero Forobiy aytganidek -”Odamlar o‘zlarining xos xususiyatlariga va tabiiy ehtiyojlariga ko‘ra jamiyat tuzadilar. Ularning harakat va fe'llarini dastavval bora-bora odatlarga aylanadigan tabiiy qobiliyatlar belgilaydi”. O‘z-o‘zingni angla va shu orqali dunyoni anglaysan. Dunyoni insonning teran qatlamlariga kirmasdan sirtdan bilishga bo‘lgan barcha urinishlar narsalar haqida faqat yuzaki tasavvur hosil qilish imkonini beradi. Insondan sirtga qarab harakat qiladigan bo‘lsak, narsalar mohiyatini hyech anglay olmaymiz, zero bu mohiyat insonning o‘zida mujassamlashgan. Shunday qilib, falsafaning ikki yarim ming yillik tarixi mobaynida insonga juda ko‘p ta'riflar va tavsiflar berildi, u ko‘p sonli sinonimlar orttirdiki, falsafiy tahlilning boshqa biron-bir ob'ektida bunday holga duch kelish mushkul. Zero, falsafa tarixida inson: - «aqlli mavjudot»;
- «siyosiy hayvon»;
- «tabiat gultoji»;
- «hayotning boshi berk ko‘chasi»;
- «hayotning soxta qadami»;
- «mehnat qurollari yasovchi hayvon»;
- «o‘zlikni anglash qobiliyatiga ega mavjudot»;
- «ma'naviy va erkin mavjudot» va hokazolar sifatida talqin qilingan.
Xulosa - Muayyan inson o‘z hayoti so‘nishining yuqorida sanab o‘tilgan bosqichlarini anglamasligi ham mumkin (aksariyat hollarda shunday bo‘ladi), ammo u o‘z hayot yo‘lidan ilgarilar ekan, bu dunyoda nima uchun yashayapman, degan savolga o‘z harakatlari, qilmishlari bilan javob beradi. Agar inson ularni hali to‘la anglab yetmagan bo‘lsa, mazkur vazifani yechish o‘z hayot yo‘lini endigina tanlayotgan odam uchun ham, umrining shomida ortga nazar tashlab, o‘z hayotini sarhisob qilayotgan odam uchun ham teng darajada mushkul ish bo‘lib qoladi.
- Inson o‘z tabiatiga ko‘ra o‘limga mahkum, ammo, buni tushungan holda, u o‘zi bilan bog‘liq hamma narsa o‘zining tug‘ilish va o‘lish sanalari bilan chegaralangan qisqa vaqt oralig‘ida jamlanganini tan olishni istamaydi. U o‘z taqdirini ijtimoiy muhim maqsadlar, ma'naviy uyg‘onish bilan bog‘lashga harakat qilishi ayni shu hol bilan izohlanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati - Falsafa asoslari. Nazarov Q tahriri ostida. –T.: Sharq, 2005
- Shermuxamedova N.A. GnoseologiY. –T.O‘FMJ. 2007
- G‘arb falsafasi. Nazarov Q tahriri ostida. –T.: Sharq, 2005.
- Nazarov Q.N. Bilish falsafasi. –T.: Universitet, 2005.
- Falsafa. Ahmedova M. Tahriri ostida –T.: OFMJ, 2006
- Jahon falsafasi tarixidan lavhalar. Nazarov Q. tahriri ostida. –T.: Sharq, 2004
- Shermuxamedova N. A. Falsafa va fan metodologiyasi. –T.: Universitet, 2005.
-
Do'stlaringiz bilan baham: |