Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti
Download 0.86 Mb.
|
falsafa o`quv qo`llamna.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7. Ijtimoiy funksiya.
- 8. Bashorat funksiyasi.
- Falsafiy muammolar.
6. Aksiologik funksiya. Ma'lum qadriyatlarga yo‘nalganlikda namoyon bo‘ladi. Har qanday falsafiy tizim tadqiq etilayotgan ob'ektni ma'lum ijtimoiy, axloqiy, estetik va mafkuraviy qadriyatlar nuqtai-nazaridan baholash momentini o‘z ichiga oladi. Ayniqsa bu funksiya eski qadriyatlardan qay birini saqlab qolish va qaysila-rini tashlab yuborish to‘g‘risidagi savol vujudga keladigan ijtimo-iy taraqqiyotning o‘tish davrlarida muhim ahamiyat kasb etadi.
7. Ijtimoiy funksiya. Falsafa ijtimoiy borliqni tushuntirishi va bu borliqning moddiy va ma'naviy jihatdan o‘zgarishiga omil bo‘lishi kerak. Shu bilan birga shuni esdan chiqarmaslik kerak-ki, ijtimoiy hayotni o‘zgartirishdan oldin uni yaxshilab tushuntirish kerak. Ijtimoiy hayotda o‘zgarishlar, eksperimentlar va islohotlar alohida ahamiyat kasb etadi. Aynan falsafa insoniy jamiyatni integratsiyasi va birlashuvi to‘g‘risidagi konsepsiyalarni ishlab chiqishda muhim o‘rin tutadi. Shu bilan birga falsafiy konsepsiya-ning hayotiyligi uning har bir individ uchun naqadar insoniy ideallar, qadriyatlar tizimini shakllantirishiga, hayotning ma'nosi va maqsadi to‘g‘risida ijobiy tasavvurlarni hosil qilishiga bog‘liq. Shunday qilib, falsafa insonga jamiyatning barqaror bo‘lmagan damlarida va har bir kishi o‘z shaxsiy tanlovini aniqlaydigan paytda yordam berishi lozim. 8. Bashorat funksiyasi. Falsafa inson va dunyo taraqqiyoti to‘g‘risidagi gipotezalarni shakllantiradi. Bunda gipotezalarning ehtimolligining yuqoriligi naqadar fan xulosalariga tayanganlikka bog‘liq bo‘ladi. Falsafaning barcha funksiyalari o‘zaro bog‘liq bo‘lib, ularning birligi orqali falsafiy bilimning mohiyati va o‘ziga xosligi namoyon bo‘ladi. Har qanday falsafiy mushohada ana shu 3 yo‘nalish bo‘yicha amalga oshadi. Tashqi dunyo qanday? Unga nisbatan qanday munosabatda bo‘lish kerak? O‘zimni qanday tutishim kerak? Nima qilish kerak? Falsafiy muammolar. Muammo savolning bir turidir. Muammo yangi informatsiyani qidirish bilan bog‘liq savoldir. Muammolar muhim va muhim bo‘lmagan, birinchi darajali, ikkinchi darajali va hokazo bo‘lishi mumkin. Falsafiy muammolarning o‘ziga xosligi quyidagidan iborat: 1) bu muammolarning o‘ta kengligi (“Substan-siya nima?”, “Sababiylik nima?” – ulardan keng muammolar bilishda mavjud emas.); 2) ularning abadiyligi, invariantligi (qadimgi zamondan beri “hayotning mazmuni nimadan iborat?”, “baxt nima?” kabi savollar qo‘yilgan, lekin bu savollar hozirgacha dolzarb bo‘lib qolmoqda.) Falsafada barcha muammolar dunyoqarashning asosiy masalasiga taalluqli bo‘ladi. I.Kant fikricha, falsafa sohasini 4 savol bilan aniqlash mumkin: 1. Men nimani bilishim mumkin? 2. Men nima qilishim kerak. 3. Men nimaga umid qilishim mumkin? 4. Inson nima o‘zi? Uchta dastlabki savolni 4-savolga olib kelish mumkin. Chunki uchchalasi ham oxirgi savolga taalluqli. Markaziy savoldan qolgan muammo guruhlari kelib chiqadi. Bular: 1) ekzistensial; 2) nazariy-bilish muammolari; 3) aksiologik muammolar; 4) praksiologik muammolar (ma'naviy-amaliy); 5) tibbiy-kosmik muammolar. Keltirilgan muammo guruhlari ko‘pincha o‘zaro kesishib, bir-birini to‘ldirib turadi. Masalan, ong muammosida. Muammolarni hal etish jarayonida olinadigan axborot falsafiy tushunchalar, qonunlar va tamoyillarda jamlanadi. Falsafa mazmunining turli xilligi va ularning insoniy ehtiyojlar va man-faatlardan kelib chiqishi uning ko‘p funksiyali ekanligini belgi-laydi. Falsafaning bilish va mafkuraviy funksiyasini ko‘rsatib o‘tib, “sub'ekt” va “ob'ekt” tushunchalarining darajalariga qarab, ularning tarkibiga kiruvchi vazifalarni (podfunksiyalarni) belgi-lash mumkin. Ko‘p adabiyotlarda bo‘linish asosi sifatida nazariy va metodologik tomonlar ko‘rsatiladi, shunda falsafaning dunyoqarash va umummetodologik funksiyalari aniqlanadi. Bu sharoitda fal-safaning quyidagi ostki funksiyalari aytiladi: dunyoqarash funk-siyasida – gumanistik, ijtimoiy-aksiologik, madaniy-tarbiyaviy va tushuntiruvchi (aks ettirish-umumlashtirish) funksiyalari ajrati-ladi. Umummetodologik funksiyasi – konstruktiv-evristik, koor-dinatsiyalovchi, sintezlovchi va mantiqiy-metodologik funksiyaga bo‘linadi. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling