Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti


Download 0.86 Mb.
bet9/102
Sana08.05.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1443649
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   102
Bog'liq
falsafa o`quv qo`llamna.

Mavzuning maqsadi:

  • Sharq va G‘arb falsafalari to‘g‘risida tasavvur hosil qilish;

  • Qadimgi Hindiston, Qadimgi Xitoy, Qadimgi Yunoniston va Rim falsafiy maktablari rivojlanish tendensiyalari;

  • Sharq va G‘arb falsafalarining qiyosiy tavsiflarini berish;

  • Ham Sharq, ham G‘arb falsafalarining o‘z-o‘zicha qimmatligini ko‘rsatish.

Falsafaning Sharq va G‘arbdagi taraqqiyoti bir qator o‘ziga xosliklarga ega bo‘lsa-da, shu bilan birga umumiy jihatlarga ham ega.
1. Sharqda ham, G‘arbda ham falsafa ijtimoiy ongning dastlabki shakli sifatidagi mifologiya bag‘rida vujudga keldi. Insoniyat tarixida “mifologiya doirasida dunyo qanday qilib vujudga kelgan va u qanday qilib rivojlanadi?”, “hayot va o‘lim nima?” va boshqa shu kabi qator falsafiy savollar qo‘yiladi.
2. Sharq va G‘arb falsafasi ijtimoiy ong shakli sifatida sinfiy jamiyat va davlatning vujudga kelishi bilan shakllanadi. Masalan, Qadimgi Hindistonda falsafa miloddan avvalgi 1 ming yillikda, ya'ni uning hududida birinchi quldorlik davlatlari shakllanishi bilan vujudga keladi. Yunonistonda antik falsafa miloddan avvalgi VII-VI asrlarda, – yunon shahar-davlatlarda, Kichik Osiyoning g‘arbiy sohilida, keyinchalik Sitsiliya orolining yunon shaharlarida va, nihoyat, Afina – Yunonistonda (mil.av. V asr) vujudga keldi va uning vujudga kelishi qadimgi dunyo madaniyatining gullab-yashnashi uchun sharoit yaratib bergan sinfiy, quldorlik jamiyatining shakllanishi bilan bog‘liq edi.
3. Sharq va G‘arb falsafasi umuminsoniy qadriyatlarga yo‘naltirilgan. Ham Sharq, ham G‘arb qadimgi falsafasida yaxshilik va yomonlik, go‘zallik va xunuklik, adolat va adolatsizlik: do‘stlik, sevgi va nafrat, baxt, azoblanish va lazzatlanish va h.k. muammolari tadqiq etilgan.
4. Kosmologik va insonning shaxs sifatidagi borlig‘i muammolarini mushohada etish Sharq va G‘arb falsafalari rivojlanishi-ning qonuniyatidir.
5. Sharq va G‘arb falsafasi taraqqiyotining yana bir qonuniyati - uning metodologik ahamiyatliligidir. Chunki har ikkala falsafada ham haqiqiy bilimga ilmiy izlanishlar orqali erishishga intilish xos.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling