Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti


Download 0.86 Mb.
bet11/102
Sana08.05.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1443649
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   102
Bog'liq
falsafa o`quv qo`llamna.

Xitoy falsafasining asosiy tuzilmalaridan biri Konfu-siychilik hisoblanadi. Uning asoschisi Kun Fu-szi laqabli Kun Syu (Kun, lotincha Konfutsiy) mil.av. VI-V asrlarda yashagan va o‘z ta'limotini og‘zaki bayon Keyinchalik shogirdlari tomonidan “Suhbatlar va mulohazalar” (Lun yuy) kitobida yozilgan.
yer yuzidagi yomonlik mavzusi barcha faylasuflarni o‘ylantira-di. Buddaviylikda alohida kishining qiyinchiliklari va ularni yengish to‘g‘risida fikr yuritilsa, konfutsiychilikda jamiyatda ro‘y berayotgan yomonlik to‘g‘risida mulohaza yuritiladi. Agar jamiyatda yomonlik yuz berib, ahvol og‘ir bo‘lsa, demak uning har bir a'zosi ham qiynaladi, azoblanadi. Agar jamiyat gullab, yashnasa, demak uning har bir a'zosi ham yaxshi yashaydi. Ijtimoiy yomonlikning sababi nimada? Nima uchun hukmdorlar va xalq o‘rtasida ziddiyatlar kelib chiqadi? Nima uchun ota-onalar o‘z farzandlarining g‘amini yemaydi? Nima uchun farzandlar o‘z ota-onasini hurmat qilmaydi? Nima uchun avlodlar o‘rtasida ziddiyatlar kelib chiqadi? Nima uchun dunyoda zo‘ravonlik, yolg‘on va nafrat mavjud? Insoniy hayotni qanday qilib baxtli va uyg‘un qilish mumkin?
Yomonlik mustaqil sababga ega emas, deydi Konfutsiy. O‘zicha bu dunyo yomon bo‘lishi mumkin emas. Chunki dunyo absolyut yaxshi, oliy, panteistik boshlang‘ich – Osmon (Tyan) tomonidan boshqariladi. Osmon tartib (Li)ni o‘rnatgan, fazilatlar bilan to‘ldirgan, asosiy ma'nosi yaxshilik. Unda yomonlik nima sababli paydo bo‘lmoqda? Yomonlik tartibni buzilishidan vujudga keladi. Tartibni esa biz insonlar tartibni tushunmasligimiz va ko‘rmasligimiz oqibatida buzamiz. Biz dunyoga betartiblik va xaos olib kiramiz. Shunday qilib, baxtsizliklar va yomonliklar kelib chiqadi. Demak, yomonlik dunyodagi tartib va muvozanatning buzilishidir. Insoniy hayotni tartibga keltirish, dunyodagi muvozanatni o‘rnatish uchun osmon irodasini tushunishimiz va o‘rnatilgan narsalar tartibini qabul qilishimiz lozim. Bu tartibni ko‘rgach, unga doimo amal qilishimiz lozim. Biz ijtimoiy tartibni qaerdandir qidirishimiz kerak emas, u doim yonimizda. Osmon tomonidan o‘rnatilgan fazilatlar: bag‘ri-kenglik (kuan), kattalarga hurmat (di), o‘g‘illik hurmati (syao), burch-ga sodiqlik, davlat rahbariga sodiqlik (chjun) va boshqalar. Bu qoi-dalarga butun jamiyat amal qilsa, hayot barqaror bo‘ladi. O‘zgarmay-digan qoidalar asosida yashaydigan barqaror jamiyatni Quyoshning beg‘ubor osmondagi harakatiga o‘xshatsa bo‘ladi.
Xitoy falsafasining yana bir buyuk tizimi daosizmdir. Uning asoschisi Konfutsiyning zamondoshi Lao-szi (“Qari o‘qituvchi” degani). Uning ta'limoti “Dao de szin” (“Yo‘l va fazilatlar haqida kitob”)da bayon etilgan. Falsafaning asosiy muammolaridan biri – iroda erkinligi masalasi hisoblanadi. Hayotimizga nima ta'sir qiladi, uni biz o‘zimiz boshqaramizmi? Yoki bizdan tashqarida qandaydir kuch boshqaradimi? O‘z hayotimizni o‘zimiz boshqaramiz, shakllantiramiz, degan qarash volyuntarizm deb ataladi. Unga qarama-qarshi qarash fatalizm (lot. “fatum”“taqdir”) deb ata-ladi. Daosizm ta'limoti bo‘yicha dunyoda fatalizm hukmron. Daosizm ta'limoti tabiiy fatalizm ta'limotidir.
Insonning dunyoga kelishi faktining o‘zi fatalizmning namoyon bo‘lishidir. Chunki undan hyech kim tug‘ilishni xohlaydimi, yo‘qmi so‘ramagan. Masalan, buddaviy uchun yerdagi hayot yomonlikdir, u umu-man tug‘ilmaslikni afzal ko‘radi. Biz dunyoga keldikmi, xohlaymiz-mi, yo‘qmi mavjudligimizga ko‘nikishimiz kerak. Yashash muhitimiz, jinsimiz, ota-onamizni, irsiyatimizni, tarixiy davrni tanlagan-mizmi? Yo‘q. Demak, hyech qanday bizning erkinligimiz haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas. Tarbiyamiznichi tanlaganmizmi? Demak, biz o‘zimizga bog‘liq bo‘lmagan shart-sharoit mahsulimiz. Ana shu tarbiya, muhit, irsiyat, jins bizni yo‘naltirib, ta'sir ko‘rsatib turadimi? Shu faktorlar bizni ma'lum yo‘nalishda harakatlantiruvchi kuch bo‘ladi. Shuning uchun inson o‘z-o‘zini, o‘z hayotiy yo‘lini tanlamaydi. Bu hayotda hyech narsani o‘zgartirishga imkoniyati bo‘lmay qadam tash-laydi. Daosizm ta'limoticha, inson hayoti kamon o‘qining uchishiga o‘xshaydi, u kamonchi bergan yo‘nalish bo‘yicha uchadi. Ana shu tashqi omillar yig‘indisi bergan yo‘nalish dao deb ataladi.
Majburiyat, kurash, biron narsaning ketidan quvishdan holi bo‘lish, ya'ni azoblanishdan holi bo‘lish – bu tabiiy fatalizmning natijasi. Bunday qarashda mag‘rurlik va baxillik yo‘qoladi. Har bir kishining o‘z daosi bor. Bir kishi ikkinchi kishining o‘rnini egal-lashga intilishi bemazmun narsa. Daosizm haqiqati – bu dunyoning tartibiga qarama-qarshi turmaslik, unda singib ketish va shu orqali baxtga erishish.
“Falsafa” so‘zining kelib chiqishi yunon tilidan ekanligini ko‘rdik. Qadimgi yunon falsafasida barcha falsafiy muammolar aniqlanib, ularni hal etish yo‘llari belgilandi. Keyingi davrda bu muammolar taraqqiy ettirildi, to‘ldirildi, boyitildi. Antik falsafa deyilganda yunon falsafasi tushuniladi.
Qadimga Yunoniston (mil.av. XII – II asrlar) falsafasi o‘z rivojida uch bosqichni bosib o‘tgan.

  1. Miloddan avvalgi VII – V asrlar – arxaik davr.

  2. Miloddan avvalgi V – IV asrlar – mumtoz davr.

  3. Miloddan avvalgi III – II asrlar – ellinistik davr.

Birinchi davr odatda Suqrotgacha bo‘lgan davr deb ataladi. Yunon falsafasida “maktab” deganda ma'lum o‘xshash qarashlarni bildirgan faylasuflar yig‘indisi tushuniladi. Yunon falsafasidagi birinchi maktab Milet maktabi bo‘lib, uning asoschisi Fales hisoblanadi. Uning izdoshlari Anaksimandr, Anaksimendir. Dunyoning tuzilish to‘g‘risida fikrlab, ular “bizni har xil narsalar o‘rab turadi, ular-ning ko‘p xilligi cheksiz”, - deydi. Ularning hyech biri boshqasiga o‘xshamaydi. Shunga qaramay ularni hammasini birlashtirib “dunyo” deb atamiz. Bu bilan biz ularda qandaydir umumiylik borligini nazarda tutamiz. Demak, barcha narsalarni birlashtirib turuvchi yagona asos bor. Xuddi yetti notadan cheksiz ovozlar garmoniyasi vujudga kelganday, atigi 30 tacha alfavit harflaridan millionlab so‘zlar kombinatsiyasi hosil bo‘lganday ko‘p xil narsalarni qandaydir yagona asos birlashtiradi. Ana shu boshlang‘ichni Milet faylasuflari Arxe deb ataydi. Arxe dunyoning yagona tamoyilidir.
Fales dunyoning asosida suv yotadi, deb hisoblagan. Qolgan narsalar uning kombinatsiyalari, xolos. Anaksimen uchun boshlang‘ich element – havo. Hamma narsalar uning zichlashuvi yoki kengayishi natijasida hosil bo‘ladi. Eng kengaygan havo – bu olov, quyuqrog‘i – atmosfera, eng zichi suv va nihoyat toshlar. Anaksimandr uchun bu boshlang‘ich Apeyron (“Cheksiz”). U o‘ziga qolgan boshlang‘ichlar suv, havo, olov, yerni qamrab oladi.
Miletlik faylasuflarga qarama-qarshi turgan faylasuf Pifagor Samoslikdir (taxminan mil.av. 580 y.). U atrofimizni o‘rab turgan ko‘p xil predmetlarning asosida turgan narsa raqam deydi. Chunki hamma narsalarni sanash mumkin. Raqam orqali hamma narsani ifodalash mumkin. Raqamni dunyoning boshlang‘ich asosi deyish mumkin. Raqam moddiy mohiyatga ega emas, u ideal. Hamma raqamlardan asosiysi 1 raqamidir. Har qanday boshqa raqam birning kombinatsiyasidan iborat. 1 ga nuqta, 2 ga ikkita nuqta to‘g‘ri keladi, bu ikki nuqtadan to‘g‘ri chiziq o‘tkazish mumkin. 3 ga tekislik, 4 ga fazo to‘g‘ri keladi. Fazo to‘rt boshlang‘ich elementga-yer, suv, olov va havoga bo‘linadi. U o‘z navbatida narsa-larning ko‘p xilligiga olib keladi. Shunday qilib, butun olam raqamlarning kombinatsiyasidan iborat.
Yunon falsafasidagi keyingi maktab Eleya maktabidir. Eleya Janubiy Italiyadagi yunon koloniyasi hisoblanadi. Asoschisi Kseno-fan Kolofonlik yunon mifologiyasi va dinini tanqid qilganligi bilan mashhur bo‘lgan. Xudolar ko‘p va ular tuzilishiga ko‘ra inson-larga o‘xshash. Ularning insonlardan farqi: ular abadiy yashaydi va qudratli. Demak, ularni odamlarning o‘zi o‘ylab chiqargan, deyish mumkin. U xudoni o‘ziga xos tushunadi. Uningcha, xudo – bu yagona, shakl-siz, uni tasvirlab bo‘lmaydi, u nima qiladi, o‘zini qanday tutadi? Bu haqida biz hyech narsa ayta olmaymiz. Bunday xudoni Ksenofan Yagona deb ataydi. Butun dunyo undan kelib chiqadi va unga aylanadi. Yagona – dunyo. Ksenofanning qarashi panteistik ekanligini tushunamiz.
Ksenofanning ta'limotini Parmenid Eleyalik davom ettir-gan. Yagona termini o‘rniga u Borliq terminini ishlatadi. “Borliq” so‘zi “bor” so‘zidan kelib chiqadi. Demak, borliq – bu mavjud narsa-lar. Hozir bor narsa oldin bo‘lganmi? Agar bo‘lmagan bo‘lsa, hyech narsadan qanday kelib chiqqan? Hyech narsadan biron narsa kelib chiqishi mumkin emas. Agar biror narsa hozir mavjud bo‘lsa, demak ilgari ham bo‘lgan. O‘tgan davrda u boshqa shaklda bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Hozir mavjud narsa kelajakda ham yo‘q bo‘la olmaydi. Bosh-qa shaklga kirishi mumkin. Demak, borliq tushunchasidan abadiylik tushunchasi kelib chiqadi. Parmenid birinchi bo‘lib “Borliq bor, yo‘qlik yo‘q” deb aytgan. Borliq abadiy, bo‘linmas, harakatsiz, o‘zgar-mas degan xulosalarga kelgan. Aql orqali shu xulosaga kelamiz, deb hisoblagan. Hissiyot a'zolarimiz bizni aldaydi. Biz fikrlaydigan narsalar mavjud, fikrlash mumkin bo‘lmagan narsalar mavjud emas. Parmenidning izdoshi Zenon Eleyalik o‘zining aporiyalari (para-dokslari) bilan mashhur (“Dixotomiya”, “Axilles va toshbaqa”).
Eleyalik faylasuflarga Geraklit (mil.av. 530-470y.y.) Efes-lik qarshi turadi. Asosiy formulasi “Hamma narsa oqadi va hamma narsa o‘zgaradi”. Dunyodagi hamma narsalar harakatda. Agar harakatni sezmasak, u juda tez yuz berganligi uchun hissiyot a'zolari orqali ilg‘amay qolganmiz.
Dunyo faqat harakatda mavjud. Dunyoning xaosi – bu uning aso-siy tamoyili (Logos). Demak, olamning qonuni uning xaotik haraka-tida. Lekin qonun – bu qandaydir tartib va barqarorlikdir. Para-doks kelib chiqyapti – Olamning tartiblanganligi – uning betartib-ligi va xaotikligida. Xaos va Logos – ikki boshlang‘ich bir-biri bilan bog‘liq va aynandir. Xuddi shunga o‘xshash hamma narsalar qara-ma-qarshilikning birligidan iborat, deb hisoblaydi Geraklit. Qarama-qarshiliklar bir-biri bilan kurashadi: bahor – bu qish ustidan g‘alaba, hursandchilik – bu g‘amni yengish, kun – tunning yengi-lishi. Qarama-qarshiliklar bir-birini to‘ldiradi, bir-biridan kelib chiqadi. Geraklit dialektikaning asosiy prinsipini ishlab chiqdi (Olamning fundamental qonuniyati). Eley va Geraklit nuqtai-nazarlarini kelishtirgan faylasuf Demokrit Abderalik (mil. av. 460-370 y.y.) bo‘ladi. U ham Geraklit kabi hamma narsa harakatda deb hisoblagan. Har bir narsa cheksiz ravishda bo‘linadi. Unda nimani Borliq deb atash mumkin? Agar narsalar cheksiz bo‘linsa, unda bor-liqning o‘zi mavjud bo‘lishi mumkin emas. Demak, bo‘linish ma'lum chegaragacha mumkin. Bo‘linuvchi yunon tilida “tomos” deb ataladi. Bo‘linmas zarralar esa “atom” deyiladi. Atomni borliq deb hisob-lash mumkin. Chunki bor bo‘lish uning yagona xususiyati. Geraklitga o‘xshab, dunyoni doimo harakatda deb hisoblaydi. Atomlar bo‘shliqda harakat qilib, to‘qnashib birlashadi, ma'lum vaqt birga bo‘lib, yangi to‘qnashuvlar natijasida ajraladi.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling