Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti


Kliment Aleksandriyskiy va Origen


Download 0.86 Mb.
bet14/102
Sana08.05.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1443649
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   102
Bog'liq
falsafa o`quv qo`llamna.

Kliment Aleksandriyskiy va Origen falsafa va bilim mutanosibligi muammosini ishlab chiqadi. Ularning fikricha, fal-safa va bilimning ittifoqi mumkin va uning asosida e'tiqod yotadi.
Tertullian falsafa va xristian ishonch-e'tiqodining bunday ittifoqini inkor etadi. E'tiqodning va e'tiqodli kishilarning mavjudligi e'tiqodni asoslash uchun falsafaga murojaatni bema'no qilib qo‘yadi. Inson ruhi qanchalik sodda bo‘lsa, qanchalik bilimlari kam bo‘lsa Xudoga bo‘lgan yo‘l shunchalik qisqa. Har qanday falsafiy bilimlar dastlabki xristianlik e'tiqodining musaffoligini bulg‘aydi.
Avreliy Avgustinning ijodi bilan patristikaning (“pater” – “ota”) “oltin” asri bog‘liqdir. Uning fikricha, yomonlikning ikkita manbai bor:

  1. erkin irodasi ilohiy qonunni buzgan insonning gunohkorligi;

  2. davlatning cherkovdan ustun bo‘lishga intilishi. Insoniyat tarixi yorug‘lig‘ saltanatining (ilohiy) qorong‘ulik saltanati (dav-lat) bilan kurashi tarixidir. Rimning qulashi –shayton imperiyasi-ning mag‘lub bo‘lishining qonuniy natijasidir. Tarix davom etmoq-da va xristianlikning to‘liq g‘alabasi bilan tugallanadi.

Avgustin germenevtikaga asos soldi (“Germes” – xudo va insonlar o‘rtasida muloqotni ta'minlab bergan afsonaviy xudo nomidan olingan bo‘lib, tushunish to‘g‘risidagi ta'limot).
Patristikadan sxolastikaga o‘tish Severin Boesiy (480-524) ning asarlarida amalga oshiriladi. U Aristotelning asosiy asarlarini lotin tiliga tarjima qilgan.
Sxolastikaning (“sxolaris” – “maktab”) vujudga kelishi imperator Yustinianning (VI) ko‘p xudolik maktablarini yopishi bilan bog‘liq. Ularning o‘rniga cherkov, yepiskop, saroydagi maktablar ochiladi. Ana shu maktablar xristian ta'limotlarining butun yevropaga tarqalishi markazlariga aylandi.
Iogan Skot Eriugena (taxm. 810-877) – sxolastikaning asoschisi hisoblanadi. O‘z asarlarida xudo bilan tabiatni birlashtirish g‘oyasidan kelib chiqadi. yerdagi mavjud tartib ilohiy tartibga mos keladi; dunyoviy, siyosiy va davlat tashkiloti umumiy aqlga binoan tashkil etilgan dunyoning ilohiy tartibiga kirishib ketgan. Haqiqiy hokimiyat va haqiqiy falsafa bir-biriga zid bo‘lmasligi kerak.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling