Ibn sino hayoti


Download 1.29 Mb.
Sana07.03.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1245904
Bog'liq
1481129721 65069

  • IBN SINO

Ibn sino hayoti

  • 980-yilBuxoro yaqinidagi Afshona qishloqda tug’ilgan
  • U ensiklopedik olim bo’lib, g’arbda Avisina nomi bilan mashhur tabib sanaladi.
  • Uning tabiatshunoslikka oid asarlarida «Donishnoma», «Miyar al - akul» (Aqmar o’lchovi) asosan Aristotel va Geron Aleksandriyskiy asarlari asos qilib olingan.
  • Uning “Fizika” deb nomlangan asari fizika fanining shakllanishida muhim ahamiyatga ega bo`ldi. Ibn Sinoning Beruniy bilan bo`lgan savol-javoblari va “Tib qonunlari” kitoblaridagi “ko`z anatomiyasi” ga bag`ishlangan bob, bundan tashqari, yashin, chaqmoq va momaqaldiroq kabi hodisalar haqidagi fikrlari ham fizika fani rivojiga munosib hissa bo`lib qo`shilgan

Ibn Sinoning fizika faniga bergan ta`rifi, harakat va harakat turlari, harakatning nisbiyligi, inersiya, kuch massa va tezlanish orasidagi bog`lanish, aylanma harakat, markazga intilma kuch, chiziqli, tezlik va atmosfera bosimi, konveksiya, ob-havo (qor, yomg`ir, do`l), issiqlik tabiati va issiqlikning uzatilish turlari; yashin va yashinning turlari, tovush va yorug`lik tezligi, yorug`lik dispersiyasi, Oyning gardishlanish sababbi, ko`zning ko`rish sabablari, linza, atom tuzilishi kabi mavzularga tegishli bo`lgan mulohazalarining aksariyati hozir ham o`z qiymatini yo`qotmagani ma`lumdir.

  • Ibn Sinoning fizika faniga bergan ta`rifi, harakat va harakat turlari, harakatning nisbiyligi, inersiya, kuch massa va tezlanish orasidagi bog`lanish, aylanma harakat, markazga intilma kuch, chiziqli, tezlik va atmosfera bosimi, konveksiya, ob-havo (qor, yomg`ir, do`l), issiqlik tabiati va issiqlikning uzatilish turlari; yashin va yashinning turlari, tovush va yorug`lik tezligi, yorug`lik dispersiyasi, Oyning gardishlanish sababbi, ko`zning ko`rish sabablari, linza, atom tuzilishi kabi mavzularga tegishli bo`lgan mulohazalarining aksariyati hozir ham o`z qiymatini yo`qotmagani ma`lumdir.

Ibn Sino oddiy mexanik moslamalarning tuzilishi va ishlashini asoslab beradi.

  • Ibn Sino oddiy mexanik moslamalarning tuzilishi va ishlashini asoslab beradi.
  • Boshqa olimlardan farqi o’laroq Ibn Sino ushbu oddiy mexanik moslamalarni birgalikda ishlatish orqali kuchdan katta yutuq berishlik g’oyasini yaratadi. Ibn Sino asarlarida Ona zaminimizda foydalanib kelingan tegirmon, objuvoz, o’g’ir (sholini tuyadigan moslamalar), charxpalak (suv ko’targich asbobi) omoch va hokazolar tuzilishi va ishlatish yo’llari yoritib berilgan. Bizning ota-bobolarimiz tomonidan Samarqand, Buxoro, Urganch va boshqa ko’pgina qadimiy shaharlarimizda bunyod etilgan osmono’par minora-yu, imoratlar, ulkan jome masjidlari qurilishida mexanik moslamalardan mohirona foydalanib kelishgan. Quidagi rasmlarda ushbu moslamalarning ayrimlarining tuzilishi keltirilgan.

Moslamalar tuzilishi

  • Chig`iriq

Pona

  • Kuch momenti

G`ALTAK

Murvat

BOLG`A

  • Ibn Sino mexanikaning dinamika masalalariga doir ham ilg’or g’oyalarni ilgari surgan. U asosan Aristotel nazariyasiga asoslansa-da, ammo uning ba’zi fikrlariga qo’shilmagan. Ibn Sino yunon olimi I.Filopon g’oyasini rivojlantirib, mexanik harakatning sababi havoning ta’siri emas, balki jismga berilgan «impetus» («mayl») deb ta’kidlaydi. U o’zining «Kitob ash-shifo» asarida jismlarning harakatiga sabab unga qo’yilgan kuch (quvvat) va «mayl» jismni harakati davomida havoning qarshiligini yengish uchun isrof bo’la boradi, deb aytadi. Ibn Sino inersiya to’g’risida ham ilg’or fikrlarni bayon etadi. Harakatni u uchga bo’ladi: psixik, tabiiy va majburiy. Ibn Sino bo’shliq bo’lishini rad etadi va jismlarga havoning qarshiligi bo’lmasa harakatini cheksiz davom ettirishi mumkin edi, deb ta’kidlaydi. Ushbu fikrlari bilan u inersiyaning saqlanish qonuniga juda yaqin g’oyani ilgari suradi.
  • U issiqlik hodisasini jismlar zarralari harakati orqali tushuntiradi. Optikaga doir qarashlarni u ko’z fiziologiyasi asosida tushntirishga harakat qilgan. Ibn Sino fizik hodisalarni Aristotel g’oyalari asosida izohladi va jismlar tasviri gavhar yordamida ko’rish nervlariga fokuslanadi, deb tushuntiradi. Ushbu qarashlari orqali Ibn Sino inson ko’zida buyum tasviri hosil bo’lishining zamonaviy tasavvuriga juda yaqin keladi.

Ibn Sino g’oyasi bo’yicha buyum tasviri

  • Joylarning geografik uzunlamasini aniqlash usuli ham Ibn Sino nomi bilan bog`liq. Mashhur sharqshunos olim P.G.Bulgakov o`z asarida “Ibn Sino bu usulning ixtirochisi deb tan olinishi kerak” ligini ta`kidlagan edi.
  • Ibn Sinoning mexanika, optika va termodinamika sohalarida olib borgan ilmiy izlanishlari natijalari klassik fizika shakllanishiga xizmat qildi.
  • Ibn Sinoning asarlaridagi ayrim noaniqliklar keyinchalik uning o`zi tomonidan “Qurozai tabiiyot” nomli asarida tuzatiladi.

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling