Ўзбекистон республикаси адлия вазирлиги


Ekinzor, o‘rmon yoki boshqa dov-daraxtlarga shikast


Download 247.5 Kb.
bet4/4
Sana04.11.2023
Hajmi247.5 Kb.
#1747337
1   2   3   4
Bog'liq
Ekologiya sohasidagi jinoyatlar

4. Ekinzor, o‘rmon yoki boshqa dov-daraxtlarga shikast
etkazish yoki ularni nobud qilish jinoyatining yuridik tahlili.
(O‘zR JK 198-moddasi)
Jinoyatning bevosita asosiy ob’ekti o‘rmon, ekinzor va boshqa dov-daraxtlarni atrof tabiiy muhitning tabiiy qismi va boyligi sifatida ulardan tegishli darajada foydalanish yo‘li bilan saqlashni ta’minlash sohasida yuzaga keladigan va shakllanadigan ijtimoiy munosabatlardir.
Jinoyat sodir etilishi natijasida nobud bo‘lgan meva, mahsulotlarga bo‘lgan mulk huquqi qo‘shimcha bevosita ob’ekt bo‘lishi mumkin.
Jinoyatning predmeti o‘rmonlardagi daraxt, butazorlarning har xil turlari hamda o‘rmon fondiga kirmaydigan yoki kesish taqiqlangan daraxtlar, butazor, ekinzor va boshqa dov-daraxtlardir.
JK 198-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan jinoyat, agar olov bilan ehtiyotkorona munosabatda bo‘lmaslik natijasida ekinzor, o‘rmon yoki boshqa dov-daraxtlarga ko‘p miqdordagi zarar etkazilsa yoki ular nobud qilinsa yoxud boshqa og‘ir oqibatlar kelib chiqsa, tugallangan jinoyat deb topiladi.
Sub’ektiv tomondan tahlil etilayotgan moddaning 1-qismi aybning ehtiyotsizlik shaklida ifodalanadi.
JK 198-moddasining 2-qismi ob’ektiv tomon sifatida shaxsning o‘rmon yoki boshqa dov-daraxtlarni qonunga xilof ravishda kesishi natijasida ko‘p miqdorda zarar kelib chiqishida ifodalangan huquqqa xilof harakatini nazarda tutadi.
Jinoyat qonunga xilof ravishda daraxt, buta va boshqa dov-daraxtlarni kesish natijasida ko‘p miqdordagi zarar etkazilgan vaqtdan boshlab jinoyat tugallangan hisoblanadi.
JK 198-moddasi 2-qismining sub’ektiv tomoni to‘g‘ri qasddan sodir etiladi, chunki shaxs qonunga xilof ravishda daraxt, buta va boshqa dov-daraxtlarni kesishni amalga oshira turib, maxsus ruxsatnomasiz yoki unda ko‘rsatilganidan boshqa maydonda, ko‘p miqdorda yoxud daraxtning boshqa navini kesayotganini anglagan, bunday harakatlar natijasida ko‘p miqdordagi zarar kelib chiqishiga ko‘zi etgan va buni xohlagan, bunday oqibatlar yuz berishiga ongli ravishda yo‘l qo‘ygan bo‘ladi.
JK 198-moddasi 3-qismining ob’ektiv tomoni: ekinzor, o‘rmon yoki boshqa dov-daraxtlarga qasddan shikast etkazish, ularni payhon qilish, nobud qilish; oqibat – ko‘p miqdorda zarar etkazish, shuningdek, harakat bilan kelib chiqqan oqibat o‘rtasidagi sababiy bog‘lanishdan iborat.
Jinoyatning sub’ektiv tomoni – qasd, shaxs o‘z qilmishining ijtimoiy xavflilik xususiyatini anglagan va uning ijtimoiy xavfli oqibatlar – ekinzor, o‘rmon yoki boshqa dov-daraxtlarga shikast etkazish, ularni payhon qilish, nobud qilishning yuz berishini istagan va ongli ravishda yo‘l qo‘ygan va bunga beparvo munosabatda bo‘ladi.
Jinoyat sub’ekti ushbu moddadagi barcha hollarda o‘n olti yoshga to‘lgan shaxs hisoblanadi. O‘rmonda va unga yaqin joyda ishlaganda yong‘inga qarshi xavfsizlik choralariga rioya qilmagan, yoki xizmat vakolatidan o‘rmonni kesish uchun yoxud boshqa yo‘l bilan ko‘p miqdorda zarar, og‘ir oqibatlar keltirib chiqarish uchun foydalangan mansabdor shaxslar JK 205, 206, 207-moddalari bilan jinoyatlar majmui bo‘yicha javobgarlikka tortiladilar.
Tahlil qilinayotgan moddaning 4-qismiga muvofiq, «etkazilgan moddiy zarar uch karra miqdorida qoplangan taqdirda, ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi».
Jinoyat bevosita ob’ekti ekologik huquqiy tartibot va ekologik xavf-sizlik ta’minlanishiga qaratilgan o‘simliklar kasalliklari va zararkunan-dalari bilan kurashish bo‘yicha o‘rnatilgan qoidalar va talablarni tartibga solish borasidagi ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi.
Jinoyatning predmeti madaniy ko‘chatlar, tabiiy o‘rmonlar va boshqa o‘simliklar bo‘lishi mumkin.
Ob’ektiv tomondan jinoyat o‘simliklar kasalliklari yoki zararkunan-dalariga qarshi kurash talablarini buzish og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lishida ifodalanadi.
Mazkur modda dispozitsiyasi blanket (havolaki)dir.
Og‘ir oqibatlarning boshlanishi vaqtidan jinoyat tugallangan hisoblanadi jinoyatning qay darajada og‘irligi sud tomonidan belgilanadi.
O‘simlik kasalliklari va zararkunandalari bilan kurashish talablarini buzishning sub’ektiv tomoni: egri qasd bo‘lib – shaxs o‘z qilmishlarining qonunga xilofligini anglaydi, ijtimoiy xavfli oqibatlar kelib chiqishi mumkinligini ko‘ra oladi va ongli ravishda yo‘l qo‘yadi yoki bunga befarq munosabatda bo‘ladi, yoxud ehtiyotsizlikdan – shaxs bunday jinoyatning og‘ir oqibatlari kelib chiqishi mumkinligini oldindan ko‘ra oladi va bunday oqibatlar kelib chiqmasligiga assosiz ishonib, ongli ravishda ehtiyot choralarni ko‘rmaydi yoki o‘z harakatlarining bunday oqibatlarini ko‘rishi lozim va mumkin bo‘lgan vaziyatda, ularni oldindan ko‘ra olmaydi.
Jinoyatning sub’ekti o‘n olti yoshga to‘lgan har qanday aqli raso shaxs bo‘lishi mumkin. Aksariyat hollarda, agronomlar, brigadirlar va shu kabi mutaxassislar tahlil qilinayotgan jinoyatning sub’ekti bo‘ladilar. O‘simlik kasalliklari yoki zararkunandalariga qarshi kurash talablarini o‘z mansab vakolatidan foydalangan holda buzgan mansabdor shaxslar mansabdorlik jinoyati uchun jinoiy javobgarlikka tortilishlari kerak.



Download 247.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling