Ўзбекистон республикаси адлия вазирлиги


Er, er osti boyliklaridan foydalanish shartlarini yoki ularni muhofaza qilish talablarini buzish jinoyatining yuridik tahlili


Download 247.5 Kb.
bet3/4
Sana04.11.2023
Hajmi247.5 Kb.
#1747337
1   2   3   4
Bog'liq
Ekologiya sohasidagi jinoyatlar

3. Er, er osti boyliklaridan foydalanish shartlarini yoki ularni muhofaza qilish talablarini buzish jinoyatining yuridik tahlili.
(O‘zR JK 197-moddasi)
Jinoyatning bevosita ob’ekti er va er osti boyliklaridan foydalanish va uni muhofaza qilishning belgilangan tartibi hisoblanadi.
Jinoyatning predmeti er bag‘ri va er qa’ri.
Ob’ektiv tomondan jinoyat er, er osti boyliklaridan foydalanish shartlarini yoki ularni muhofaza qilish talablarini buzish natijasida og‘ir oqibatlar kelib chiqishida namoyon bo‘ladi.
Jinoyat tahlil qilinayotgan modda dispozitsiyasida ko‘rsatilgan qilmishlarni sodir etish natijasida og‘ir oqibatlar kelib chiqqan vaqtdan boshlab tugallangan hisoblanadi.
Er, er osti boyliklaridan foydalanish shartlarini yoki ularni muhofaza qilish talablarini buzish natijasida kelib chiqqan og‘ir oqibatlarga odamlarning kasallanishi, hayvonot va o‘simliklarning qirilib ketishi, qishloq xo‘jalik ekinlari unumdorligi pasayishi hamda xizmat sohasining emirilishi, erning ustki qismida bo‘shliqlar hosil bo‘lishi, foydali qazilmalar o‘z qimmatli xususiyatini yo‘qotganligi uchun ularni kavlab olish to‘xtatilishiga olib kelgan atrof tabiiy muhitga zararli ta’sirini kiritish mumkin.
Sub’ektiv tomondan jinoyat ham qasddan, ham ehtiyotsizlik orqasida sodir etilishi mumkin. SHaxs er, er osti boyliklaridan foydalanish shartlarini yoki ularni muhofaza qilish talablarini buzishning ijtimoiy xavfliligini anglaydi, uning ijtimoiy xavfli oqibatlarga olib kelishiga ko‘zi etadi va ularning yuz berishiga ongli ravishda yo‘l qo‘yadi yoki bunga beparvo munosabatda bo‘ladi. Aybning ehtiyotsizlik shakli – er, er osti boyliklaridan foydalanish shartlarini yoki ularni muhofaza qilish talablarini buzgan shaxs og‘ir oqibatlar kelib chiqishi mumkinligiga ko‘zi eta turib, ehtiyotkorlik chora-tadbirlariga ongli ravishda rioya etmagan holda, bunday oqibatlar kelib chiqmasligiga asossiz ravishda umid qilganlikda yoki og‘ir oqibatlar kelib chiqishi mumkinligiga ko‘zi etmasa-da, lekin ko‘zi etishi lozim va mumkin bo‘lganligida ifodalanadi.
Jinoyat sub’ekti – o‘n olti yoshga to‘lgan, er, er osti boyliklaridan foydalanish bo‘yicha xo‘jalik va boshqa faoliyatni amalga oshiruvchi shaxs.
Jinoyatning bevosita ob’ekti chorvachilik sohasidagi ekologik huquq-tartibotni ta’minlash maqsadida belgilangan veterinariya va zootexnik qoidalarni tartibga soluvchi hamda ekologik xavfsizlik, insonlar hayoti va sog‘lig‘i, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishga qaratilgan ijtimoiy munosabatlardir.
Jinoyatning predmeti yovvoyi va uy hayvonlaridir.
Ob’ektiv tomondan hayvon yoki parrandalar epidemiyasi (epizootiya) tarqalishiga, ularning yalpi qirilib ketishiga yoki boshqacha og‘ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo‘lgan veterinariya qoidalarini buzish harakatlari yoki harakatsizlik bilan sodir etilishi mumkin (masalan, profilaktik tadbirlar o‘tkazish bo‘yicha belgilangan talablarga rioya qilmaslik, yuqumli kasalliklarga chalingan hayvonlar va ularning mahsulotlarini, chorvadan olingan xom ashyoni sotish, kasal molni so‘yishdan bo‘yin tovlash va hokazolar shular jumlasidandir).
Mazkur modda dispozitsiyasi blanket (havolaki)dir. Qilmishni kvalifikatsiya qilishda aybdor shaxs tomonidan veterinariya yoki zootexnika qoidalarining aynan qaysi bandi buzilganligi aniqlanishi zarur.
Veterinariya qoidalari va talablari buzish harakat va harakatsizlik ko‘rinishlarida sodir etilishi mumkin.
Jinoyat sharhlanayotgan modda dispozitsiyasida ko‘rsatilgan oqibatlardan biri kelib chiqqan paytdan e’tiboran tugallangan hisoblanadi.
Sub’ektiv tomondan veterinariya qoidalarini buzish egri qasddan ham, o‘ziga o‘zi ishonish yoki beparvolik shaklidagi ehtiyotsizlik bilan ham sodir etilishi mumkin.
Jinoyatning motivi kvalifikatsiyaga ta’sir ko‘rsatmaydi.
Jinoyat sub’ekti o‘n olti yoshga to‘lgan har qanday aqli raso shaxs bo‘ladi. Mansabdor shaxslar ham – chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklari, veterinariya-sanitariya nazorati rahbarlari, shuningdek, alohida fuqarolar ham (chorva va parranda egalari, karantin kordon o‘rnatilgan hududdagi cheklovlarni buzib o‘tuvchi transport vositalari haydovchilari va boshqalar) veterinariya yoki zootexnika qoidalarini buzish sub’ekti bo‘lishi mumkin. Jinoyat bevosita ob’ekti O‘zbekiston hududida tarqalgan hayvonot va o‘simliklar dunyosi muhofazasini, ular yashaydigan normal ekologik muhitni ta’minlash hamda bioresurslar va o‘simliklardan oqilona foydalanishni ta’minlash bo‘yicha, shuningdek, atrof tabiiy muhitning ajralmas qismi sifatida hayvonot va o‘simlik dunyosining irsiy fondini saqlash sharoitlarini yaratish bo‘yicha munosabatlar hisoblanadi.
Jinoyat predmeti yovvoyi, uy hayvonlari, parrandalar, har qanday baliqlar va boshqa turdagi hayvonlar, shuningdek, dorivor, iste’molbop, manzarali o‘simliklar yovvoyi turlarining har qanday xillari hisoblanadi.
Jinoyatning ob’ektiv tomoni:
1) ovchilik qoidalarini; 2) baliqchilik yoki hayvonot dunyo­sining boshqa turlarini ushlash qoidalarini; 3) noyob hayvonlarni tutishning belgilangan tartibi yoki shartlarini; 4) o‘simliklarning dori-darmon, iste’molbop va manzarali (dekorativ) turlarini yig‘ish yoki tayyorlashning belgilangan tartibini; 5) maxsus qo‘riqlanadigan tabiiy hududlardagi hayvonot va o‘simlik olamidan foydalanish tartibini buzish ancha miqdorda zarar etkazilishiga sabab bo‘lishida ifodalanadi.
Ushbu modda ham blanket dispozitsiyali bo‘lib, unda javobgarlik nazarda tutilgan qilmish sodir etilgan yoki etilmaganligini aniqlash uchun boshqa normativ hujjatlarga murojaat qilish lozim bo‘ladi.
JK 202-moddasining 1-qismidagi jinoyat, ancha miqdordagi zarar etkazilgan paytdan boshlab tugallangan hisoblanadi.
Sub’ektiv tomondan jinoyat to‘g‘ri qasddan ham, egri qasddan ham sodir etiladi. SHaxs o‘z harakatlarining ijtimoiy xavfliligini va oqibatlari-ning kelib chiqishi aniqligini anglaydi va shunday bo‘lishini xohlaydi. Zarar etkazilganda, shaxs buni kelib chiqishini xohlamagan bo‘lishi mumkin, lekin bunday oqibatlarga ongli ravishda yo‘l qo‘yadi va ularga befarq munosabatda bo‘ladi.
Jinoyat sub’ekti o‘n olti yoshga to‘lgan har qanday shaxs bo‘lishi mumkin.
JK 202-moddasiga muvofiq tabiatni muhofaza qiluvchi organlarning xodimlari va mansabdor shaxslari javobgarlikka tortiladilar. Agar mansabdor shaxs brakonerlar bilan jinoiy bitim tuzsa, jinoyat sodir etilishiga yordam bersa yoki o‘zi ham shunday jinoyatni sodir etsa, u tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganligi va tegishli mansab jinoyati uchun javobgarlikka tortiladi.
JK 202-moddasi 2-qismi quyidagi kvalifikatsiya qilish belgilarini mustahkamlagan:
a) hayvonlar, parrandalar, baliq, hayvonot va o‘simlik dunyosining Qizil kitobiga kiritilgan boshqa turlarini nobud qilish bilan;
2) ko‘p miqdorda zarar etkazgan holda;
3) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan jinoyat.
JK 202-moddasi 3-qismi quyidagi maxsus kvalifikatsiya qilish belgilarini mustahkamlagan:
a) xavfli retsedivist tomonidan;
b) shaxsning o‘z xizmat mavqeidan foydalanib;
v) er, suv yoki havoda ishlatiladigan mexanizatsiyalashtirilgan vositalardan foydalanib;
g) portlash qurilmalar, zaharli kimyoviy moddalar yoki boshqa yalpi qirib yuboradigan yoki nobud qiladigan usullarni qo‘llagan holda;
d) uyushgan guruh tomonidan;
e) juda ko‘p miqdorda zarar etkazgan holda sodir etilgan jinoyat.
JK 202-moddasi 4-qismiga muvofiq, agar etkazilgan zarar uch karra miqdorida qoplangan taqdirda ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi.



Download 247.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling