Stipulyatsiya ta’siri. Klassik Rim huquqida stipulyatsiya universal yuridik shaklda qo’llanilgan. Unda bir tomonda qarz beruvchi va boshqa tomonda qarzdor turgan. qarz faqat pul bo’lmay, har qanday buyum yoki mulk bo’lishi mumkin bo’lgan. Undan tashqari, novatsiya (o’tkazish) ham, hatto shartnomaning bajarilganligi haqida soxta hujjat tuzilishi ham mumkin bo’lgan. Chunki “sponde”, “spodeo” so’zlarini aytishning o’zi kifoya qilgan. Har qanday dolyus (aldov) ham majburiyatga kiritilgan va sud uchun hujjat vazifasini bajargan.
Keyinroq majburiyatlarni yozma ravishda hujjatlashtirish odat tusiga kirgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |