Omonat saqlash shartnomasi. Omonat saqlash shartnomasi (depositum) ham o’z xususiyatlariga ega bo’lgan. Bunday shartnoma bo’yicha saqlashga ber0ilgan ashyo birinchi talab qilinishi bilan yoki belgilangan muddatda qaytarib berilishi lozim bo’lgan. Bu shartnomaga haq to’lanmagan, shuning uchun ashyo saqlovchi (depozitar) ushbu narsalarni o’z mulkidek saqlashi kerak bo’lgan. Omonatni saqlashga beruvchi (deponent) omonat saqlovchi sifatida insofli adolatli shaxslarni tanlagan. Omonat saqlovchi ashyoning nobud bo’lishida uning aybi (qasd yoki qo’pol ehtiyotsizligi) bo’lganida javob bergan, yengil ehtiyotsizlikda esa javobgar bo’lmagan.
Ikki holda bu qoidadan chekinish mumkin bo’lgan:
1) agar omonat saqlovchi o’z ixtiyori bilan saqlashga olgan bo’lsa, ashyoning shikastlanishi yoki yo’qolishiga kustodiya yo’li bilan javob bergan, chunki ashyoga o’z mulkidek qarashi lozim bo’lgan; 2) saqlashga berilgan narsa (o’t tushish, yer qimirlash kabi) favqulodda sharoitda omonatga topshirilgan bo’lsa, omonat saqlovchining ashyo uchun mas’uliyati ikki baravar oshgan.
Omonat saqlashga berilgan ashyolar bilan bog’liq ikki xil da’vo, ya’ni 1) ashyolardan foydalanish va 2) ashyolarni qaytarib berish haqidagi da’volar bo’lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |