Њзбекистон республикаси адлия вазирлиги


Dalillarga erkin baho berish


Download 0.53 Mb.
bet38/154
Sana05.01.2022
Hajmi0.53 Mb.
#227455
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   154
Bog'liq
Рим-лотин 2010 shomuhamedov

Dalillarga erkin baho berish. Rim yuristlarining eng oliy ixtirolari va avlodlarga qoldirgan bebaho qadriyatlaridan biri dalillarni erkin muhokama qilish, aql va vijdon ko’rsatmasi bilan qozonilgan e’tiqod, ya’ni ichki ishonchdir. Bu ishonch formal sharoitlarga emas, ishning barcha tomonlarini oqilona va xolisona tekshirishga asoslangan. Bu narsa fuqarolik hamda jinoiy ishlarni ko’rishda bab-baravar ahamiyatli bo’lgan.

Sudning hal qiluv qarorini bajarish. Ilgarigi vaqtlarda sud qarorini bajarish javobgarning zimmasiga yuklatilgan bo’lsa, mazkur davrga kelib bu ishni pretor o’z qo’liga oladi. Buning uchun uning qo’lida majbur etish vositalari ham bo’lgan.

Restitutsiya (restitutio inintegrum). Ba’zan javobgar ayol kishi yoki mehnatga layoqatsiz shaxs yoxud yosh bola bo’lsa, himoya izlab pretorga murojaat qilingan. Bunday hollarda restitutsiya – ya’ni ilgarigi holiga qaytarish, qayta tiklashning asosiy vazifasi yomon, og’ir oqibatlarga olib keladigan xatolarni tuzatish bo’lgan. Bu holda pretor da’vogarga o’z da’vosini qayta ko’rib chiqish, yangi dalillar bilan to’ldirish imkonini ham bergan.

Restitutsiya ko’pincha ashyoviy nizolarda qo’llangan va aniq shaxsiy xususiyatga ega bo’lgan.



Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling