Њзбекистон республикаси адлия вазирлиги
-§. Kongnitsion ish yuritish
Download 0.53 Mb.
|
Рим-лотин 2010 shomuhamedov
8-§. Kongnitsion ish yuritish“Kongnitsio” (kongnitio) “tekshiruv”, “tergov” ma’nosini bildiradi. Imperiya vujudga kelishi bilan favqulodda ish yuritish qoidasi rasm bo’la boshlagan. Bunda sud ishlarini hal qilish vazifasi viloyat hokimlariga topshirila boshlangan. Bunday ishlarga ashyoviy da’volar ham, shaxsiy ishlar ham kirgan. Kongnitsion ish yuritishda formulyar ish yuritishdagi kabi ikki bosqich bo’lmagan. Ishni avval boshidan o’sha viloyat amaldorining o’zi hal qilgan. U mutaxassis qonunshunosdan maslahatlar olib turishi mumkin bo’lgan. Bunda taraflar borgan sari o’z huquqiy imtiyozlaridan mahrum bo’la borganlar, an’anaviy protsessual qoidalarni mensimay qo’yganlar. Advokatlar ham o’z mavqelarini yo’qota borganlar. Kongnitsion ish yuritish dominato (III asr) davriga kelib uzil-kesil qaror topgan. Eng oliy sud vazifasi imperatorgagina xos bo’lib, yuqori mansabdagi amaldorlar uning nomidan sud qilganlar. Dalillarni taqdim etish tartibi eskicha qolgan bo’lsa ham, ularni erkin baholash tizimi jiddiy o’zgarishga uchragan. Atoqli, aslzoda odamning bergan guvohligi oddiy odamning guvohligidan yuqoriroq, ishonchliroq hisoblangan. Rasmiy hujjat guvohlar ko’rsatmalaridan yuqori turgan. Viloyat hokimlari sudlov jarayonini mutaxassis yuristlarga topshirishlari ham mumkin bo’lgan, ammo uning haq-huquqi gubernatorning ra’yiga bog’liq bo’lgan. Yangi ish yuritish tizimi appelyatsiya (shikoyat qilish) tizimini ham joriy etgan. Shikoyatlar imperatorgacha borib yetishi mumkin bo’lgan. Formulyar ish yuritish tizimini bekor qilish haqidagi aniq farmonlar saqlanib qolmagan. Formulyar va kongnitsion tizimlar II asr oxirigacha birgalikda hukm surgan. Pretor bajarlishi barcha uchun majburiy bo’lgan buyruqlar chiqargan. Bu farmonlar interdikt (taqiqlovchi, man etuvchi) deb atalgan. Ulardan ko’zlangan asosiy maqsad buzilgan huquqni majburiy ravishda tiklash bo’lgan. Ushbu farmonlar mulk egalarining mol-mulklarini birovlar qonunga xilof ravishda o’zlashtirib olishlariga qarshi juda ta’sirchan vositalar bo’lgan. Interdikt formulalari ham pretor ediktiga kirgan. Pretor barchaga qandaydir harakatni taqiqlovchi interdikt chiqarishi, talab qonuniy bo’lsa, sudda ishni ko’rmasdan oldinroq ham da’vogarga mol-mulkni topshirishi mumkin bo’lgan. Bunday formulalar quyidagi hollarda chiqarilgan: 1) homila sifatida mavjud bo’lib, tug’ilmagan bolaning otasi o’lishi natijasida yuzaga kelgan meros huquqini himoya qilish; 2) beva qolgan yoki erdan ajrashgan xotinning o’z sepini qaytarish huquqini himoya qilish; 3) qarz beruvchining qarzdor qarzini to’lashga qodir emasligini bilgach, qarzni undirishga intilishi. Interdikt ish yuritish sud protsessiga aylanib ketishi ham mumkin bo’lgan. Umuman, mulkka egalik huquqini uzil-kesil ravishda sud hal qilgan.
Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling