Њзбекистон республикаси адлия вазирлиги
Download 0.53 Mb.
|
Рим-лотин 2010 shomuhamedov
2. Magistratura. Rimda saylov yo’li bilan tayinlanadigan amaldorlar magistrlar deb yuritilgan. Odatda bir yilga saylangan amaldorlar xalq majlisi oldida javobgar bo’lganlar. Masalalar xalq majlisi a’zolari bilan bamaslahat hal qilingan, ammo ular har qanday masalalarni ham ko’pchilik ovoz bilan hal qilaverganlar. Lekin, shu bilan birga, har bir magistrat o’z hamkasbining ishiga aralashishi, hatto uning hukmini bekor qilishi, o’zgartirishi ham mumkin bo’lgan.
Rim magistrlarining huquqlari ikki xil bo’lgan: ulardan birinchi turkumi imperium deb atalsa, ikkinchisi Potestas deyilgan. Imperium doirasiga kiruvchi muxtor huquqlar quyidagilardan iborat bo’lgan: 1) qo’shinlarga oliy qo’mondonlik qilish va ularni tashkil etish; zobitlarni tayinlanish; raqib bilan sulh tuzish; 2) Senat va xalq majlisini chaqirish hamda ularga raislik qilish; 3) harbiy va fuqarolik yurisdiksiyasiga ega bo’lish, ya’ni sudlov ishlarini olib borish; 4) farmonlar chiqarish va ularning ijrosini nazorat qilish; Potestas – kichikroq hokimiyat bo’lib, buyruqlar chiqarish va jarimalar solish bilan shug’ullanishdan iborat bo’lgan. Imperium – faqat oliy mansabli amaldorlar, ya’ni oliy hokim, konsullar va pretorlarga, Potestas esa qolgan barcha magistrlarga mansub bo’lgan. Shunga muvofiq, magistrlar cum imperio (imperiyali) va sine imperio (imperiyasiz) deb yuritilganlar. Rim amaldorlarining muxtor huquqlari turlicha bo’lgan. Ular orasida: konsullar alohida mavqega ega bo’lganlar, shuning uchun ham ba’zi romanistlar ularni podsholarga tenglashtirganlar. Masalan, oliy harbiy hokimiyat, moliyaviy hokimiyat, sud hokimiyati, urushlarda qo’lga kiritilgan o’ljalarni taqsimlash va boshqalar konsulning vazifalariga kirgan. Ammo shunday keng huquqlarga ega bo’lishiga qaramay, konsulning harakatini cheklovchi omillar ham bo’lgan. Chunonchi: 1) uning magistratlik muddati faqat bir yil bo’lgan; 2) u boshqalar bilan bamaslahat ish yuritishi lozim bo’lgan, zero boshqa magistratlar uning buyrug’ini o’zgartirishlari va hatto bekor qilishlari ham mumkin bo’lgan; 3) shahar hududi doirasida qo’llaniladigan konsul farmonlari yuzasidan xalq majlisiga shikoyat qilish mumkin bo’lgan; 4) Senat urush vaqtida ham konsulni nazorat qilgan, mablag’lar sarfini tekshirib turish uchun guaestor (kvestor) deb yuritilgan maxsus odamni yuborgan. Konsullardan tashqari, plebeylar (ya’ni xalq) tribunlari ham mavjud bo’lgan. 494 yildan boshlab plebeylar o’z oralaridan ma’lum bir amaldorni saylash huquqiga ega bo’lganlar. Plebey tribunlari (minbarlari, notiqlari) deb atalgan ushbu amaldorlar magistrlarning manfaatiga zid bo’lgan har qanday farmon va buyruqlarga aralashishlari mumkin bo’lgan. Ularning shaxsi muqaddas va daxlsiz hisoblangan, tribun hayotiga qasd qilganlar o’lim jazosiga hukm etilganlar. Ular alohida consilia plebis tributa deb atalagan plebeylar majlisida 2 kishidan iborat qilib saylanganlar va senati, hatto konsullarning harbiy faoliyatini nazorat qiluvchilarga aylanganlar. Keyinchalik ularning soni besh, hatto o’n kishiga yetkazilgan. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling