Њзбекистон республикаси адлия вазирлиги


Download 0.53 Mb.
bet9/154
Sana05.01.2022
Hajmi0.53 Mb.
#227455
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   154
Bog'liq
Рим-лотин 2010 shomuhamedov

1. Qadimgi davr. Rim huquqi tarixining bu davri mil. av. 753 yildan, ya’ni Rim shahriga asos solinishidan boshlangan. Bu davrda shahar pretorligi tashkil topgan. Albatta, jamiyat hayotini huquqiy tartibga solish an’analari rimliklarda Apenin yarim orolini italiyaliklar (Kelt qabilalari) egallab, o’zlashtirishlaridan ancha ilgari boshlangan. Ammo ko’rsatilgan davriy chegarada jamiyatda moddiy dunyoga qiziqish kuchaygan, tashqi dunyoni mustaqil o’zlashtirayotgan shaxs, ya’ni qabila, urug’dan tashqarida yashovchi inson ham tan olina boshlangan.

Rimdagi qadimiy jamoachilik an’analari kishi o’zini oilaning bir bo’lagi deb tasavvur qilgan davr xususiyatlarini aks ettirgan. Oilaning yashash joyi ham (ajdodlar qabri bilan birga) muqaddas hisoblangan. Undan tashqaridagi dunyo begona hisoblangan. Ijtimoiy munosabatlar ham mana shu aqidaga asoslangan. Narsalar almashish ham iqtisodiy xususiyatga ega bo’lmay, faqat aloqa vositasi bo’lgan. n

Bunday aloqalar begona oilalarni yaqinlashtirgan, dushmanlarni do’stlashtirgan. Boshqalar bilan do’stlashgan odam o’zini ham shaxs sifatida tan ola boshlagan. Bunday do’stlik sadoqat (fidis) (afsun-jodu) va diniy vosita (qasam, fol ochish, totemlar almashtirish va h. k.)lar bilan mustahkamlangan. So’ngroq shular asosida turli marosimlar paydo bo’lgan. Ularning bajarilishini alohida kohinlar (ruhoniylar) nazorat qilib turganlar. Rimliklar o’z huquqiy rivojlanish tarixining ilk davridanoq alohida sud hukmronligi (iurisdistio) ga ega bo’lganlar.

Romuldan boshlab barcha keyingi podsholar shunday hukmronlik huquqiga ega bo’lganlar. Xususiy nizolar va bahslarni podshoning o’zi tekshirgan, muhokama qilib, hukm chiqargan. qonun chiqarish huquqi ham podshoga tegishli bo’lgan. Ijtimoiy munosabatlar haqida u bir yechimga kelib, uni kuriyalar bo’yicha xalq majlisiga kiritgan. Deyarli barcha hollarda majlis ularni hech qanday o’zgarishsiz qabul qilgan, ya’ni tasdiqlagan.

Mil. av. 509 yilda podsholarning quvilishi bilan sud hokimiyati va qonun chiqarish faoliyati ikki oliy magistrat, ya’ni konsullar va senat zimmasiga tushgan. Ular zodagonlar kengashi hisoblangan.

Respublikaning tashkil topishi xalq mustaqilligining g’alabasi (populus, va shundan “Publikus”) va Rimning fuqarolar jamiyati (civitas)ga aylanishini bildirgan.

Bu jarayonni mil. av. VI asrda hukmronlik qilgan Etruss sulolasining podsholari boshlab berganlar (Podsho Serviy Tuliy islohotlari). V asrga kelib Rimda ikki tabaqa – patritsiylar va plebeylar mavjud bo’lgan. Plebeylar o’z magistratlariga ega bo’lish huquqini qo’lga kiritganlar. 367 yilga kelib esa konsullarning bittasi albatta plebeylardan saylanishini belgilab bergan qaror chiqqan. Patritsiylar shaharni idora qilish uchun oliy hokim – “shahar pretori” (pretor urbanus) mansabini joriy etganlar. Bu esa sud hokimiyatining alohida institut sifatida ajralib chiqishini bildiradi. qadimiy davr shular bilan ifodalaniladi.


Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling