Њзбекистон республикаси адлия вазирлиги


Download 0.53 Mb.
bet11/154
Sana05.01.2022
Hajmi0.53 Mb.
#227455
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   154
Bog'liq
Рим-лотин 2010 shomuhamedov

3. Klassik davr. Rim huquqining bu bosqichi yangi siyosiy tartib o’rnatilgan prinsipat tizimi davriga to’g’ri keladi. Fuqarolar urushida g’olib chiqqan Oktavian Avgust mil. av. 17 yilda asos solgan bu tuzum milodning 235 yilida Aleksandr Sever o’limi bilan inqirozga yuz tutgan.

Avgust tuzgan maslahat kengashi (konsilium) ko’p masalalarda Senat o’rniga o’tgan. Avgust plebeylar tribuni vazifasini o’zidan soqit qilgan, ammo u xohlagan magistratining qaroriga veto qo’yish huquqiga ega bo’lgan. Shu davrdan boshlab yangi siyosiy tuzum batamom shakllanib bo’lgan. Davlatni idora qilishning bunday usuli senat bilan siyosiy hamkorlikni yaxshi yo’lga qo’yish va imperiyani samarali boshqarish imkonini bergan.

Imperator Avgust davrida maxsus devonlar (idoralar), masalan, Sezar yozishmalari, shaxsiy kishilar iltimoslariga javoblar tayyorlash idorasi, imperator nomiga kelgan shikoyatlarni ko’rib chiqish idorasi va boshqalar paydo bo’lgan.

Keyinchalik bu byurokratik tuzilmalar kuchaya borgan. Unda imperator amaldorlari muhim mavqeni egallaganlar. Bu davrda Rim imperiyasi Yevropada o’z chegaralarini Shotlandiyagacha kengaytiradi, janubda Misrni qo’shib oladi, markaz va chet o’lkalar bilan munosabatlar tartibga solinadi. Bu esa Rim xususiy huquqining takomillashuviga, fuqarolik huquqi normalarining rivojlanishiga olib keladi.

Bu davrda ko’proq konservativ dunyoqarashga ega bo’lgan Amey Kapitan va ijodiy yondashish tarafdori Labson kabi qonunshunoslar faoliyat ko’rsatdilar. Ulardan qolgan bir qator (30 gacha) asarlar klassik davr qonunshunosligini o’rganishda muhim manbalar hisoblanadi.

Klassik davrda ham ko’plab mashhur huquqshunoslar faoliyat ko’rsatganlar. Ular o’z maktablarini yaratib, “qilni qirq yorib” yozgan asarlarida Rim huquqi va, umuman, huquqshunoslik fani haqida insoniyatga juda qimmatli fikrlar yozib qoldirganlar. Bular orasida Gay, Yulian, Piy, Kassiy, Sobin, Prokul, Lobeon va boshqalar bo’lgan. Ularning asarlari hanuzgacha o’z qimmatini yo’qotmagan.

XIX asr olimlari A. Rudolf va O. Lenel shunday boy manbalardan foydalanib, mil. av. I asrda vujudga kelgan Pretorlar ediktining barcha bo’limlarini tiklab chiqqanlar. Bu edikt asosan to’rt qismdan iborat bo’lgan: 1-bo’lim – sud muhokamasigacha bo’lgan taraflar huquqi haqida; 2-bo’lim – alohida da’volar va ularning shakllari haqida; 3-bo’lim – sud qarorining bajarilishi haqida va 4-bo’lim – pretorlarning alohida himoya vositalari haqida bo’lgan. Munitsipal qonunlarning turli variantlari va, umuman, bu davrdan qolgan hujjatlar qonunshunoslik tarixini o’rganishda juda muhim o’rin tutadi.


Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling