5.Magistratlar ediktlari. Mil. av. V asrdan podsholar quvib yuborilganidan so’ng Rim har yili xalq majlislarida saylangan amaldorlar tomonidan idora etiladigan bo’ldi.
Magistratlarning, ayniqsa, yuqori lavozimlardagi konsullar, pretorlar, ediktlarning vazifasi davlat ichida tinchlik, tartib-intizomni joriy qilish va saqlab turishdan iborat bo’lgan. Bu vazifaning ko’p asrlar davomida bajarilishi alohida huquqiy manba (jus honorarium)ning paydo bo’lishiga olib keldi.
Masalan, ikki kishi orasida nizo chiqsa-yu, uni hal etish uchun XII jadval va boshqa qadimiy qonunlarda tegishli ko’rsatmalar topilmasa yoki ular yetarli bo’lmasa, da’vogar pretorga murojaat etgan, u esa tekshirib, bir xulosaga kelgan va uning qarori qonun kuchiga ega bo’lgan.
Bora-bora bir xil da’vo munosabatlariga nisbatan bir xil yechimli qarorlar to’plana borgan va ular ediktlarga aylangan. Ediktlar pretorlar huquqiga taalluqli bo’lggan. Vaqt o’tishi bilan pretorlar huquqi fuqarolar huquqi bilan to’qnashgan va Rim xususiy huquqida “dualizm (juftlik)” paydo bo’lgan, ya’ni xususiy huquqning bir jabhasida ikki manbadan chiqqan ikki xil qonun-qoida qo’llanila boshlagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |