Њзбекистон республикаси адлия вазирлиги
Download 0.53 Mb.
|
Рим-лотин 2010 shomuhamedov
5. Yustinian digestlari. Gay asarlarning bizgacha yetib kelgan qismi qanchalik muhim bo’lmasin, ular Rim klassik huquqi haqida to’liq ma’lumot bera olmaydi. Ammo Vizantiya imperatori Yustinianning (483-565) digestlari bizgacha to’liq yetib kelgan bo’lib, ulardan ko’proq ma’lumot olish mumkin. Yustinian dehqonlardan chiqqan bo’lib, dono ish boshqaruvchi va askarboshi bo’lgan. Intizomli va adolatli davlat barpo etishga uringan Yustinian o’z davrining eng mashhur yuristlarini chaqirib, ularga quyidagi ishni topshirgan:
Rim-Vizantiya huquqiy normalari majmuasini tuzish (u keyinchalik “institutsiya” (darslik) nomini oladi); 117 yildan boshlab Rimni idora qilgan imperatorlar chiqargan konstitutsiyalar, qonun-qoidalar majmuasini tuzib chiqish; 3) keyinchalik “digestlar” deb nomlangan qonunlar kodifikatsiyasini tuzish (“digestlar” yuridik matnlar, ya’ni “qonunlar yig’indisi” deb tarjima qilinadi). Vizantiya imperiyasining davlat tili bo’lgan yunon tilida esa u “pandekt” deb ataladi. Shundan kelib chiqqan “pandekt huquqi” termini esa digestlarga asoslangan huquqni bildiradi). Digestlar, albatta, yuridik matnlarning oddiy yig’indisigina emas edi, ularga Vizantiya davlatining feodallashtirilishi uchun xizmat qiladigan qonun-qoidalargina tanlab kiritilgan edi. Ayni vaqtda unda bu davlatning boshqa manfaatlari ham e’tiborga olingan edi. Buning uchun 17 kishilik komissiya tuzilib, uning ishini imperatorning o’zi nazorat qilib turgan. Bu ishga universitet professorlaridan tortib lotin tilini yaxshi bilgan bilimdon yuristlar ham jalb qilingan. Komissiyaning boshlig’i imperiyaning birinchi yuristlaridan hisoblangan Tribonian edi. Digestlar o’sha davr talablariga javob benradigan barcha muhim qonunlarni qamrab olgan, deyish uchun yetarli asoslar bor. Ular ham amaliy, ham falsafiy tomondan o’zlariga, ya’ni endilikda yuzaga kelayotgan feodal tuzumga xizmat qiladigan yuridik hujjatlarga ko’proq ahamiyat berganlar. Shunday qilib, “digest konsepsiyasi” yuzaga kelgan. Digestga kiritilgan barcha qoidalar qonun maqomini olgan, unga kirmay qolganlari esa, chetga surib tashlangan, e’tiborga olinmaydigan bo’lgan va bora-bora o’z kuchini yo’qotgan. Yustinian huquq normalari kodifikatsiyasini tamomlagach, ularni ta’riflash va sharhlashni man etgan, chunki turli xil talqinlar ularning mazmunini buzib yuborishi ham mumkinligini nazarda tutgan. Napoleon I ham shunday fikrda bo’lgan. U tasdiqlagan Fuqarolik kodeksiga 1804 yilda kodeks mualliflaridan biri yozgan sharh chiqqanini eshitgan Napoleon: “Kodeksim tamom bo’libdi!”, – degan ekan. Ammo hayotiy voqealarning barchasini qonunlar qolipiga solib bo’lmagan: hayot doimiy ravishda o’zgarib, yangi qirralarini namoyon etib turgan, bu esa tor doirada yozilib, tasdiqlab qo’yilgan qonunlarga har taraflama ijodiy va oqilona yondashishni talab qilgan. Shuning uchun ham ularni ilmiy o’rganish va sharhlash zarur bo’lgan. Ushbu digestlarni tuzish uchun komissiya a’zolari, yuqorida aytilgandek, juda katta ishni amalga oshirganlar: ular uch yil davomida 2000 kitobni o’rganib chiqib, ulardagi uch million satrdan 150 mingini tanlab olganlar. Bu esa 50 ta kitobni tashkil etgan. Bu kitoblarda, ya’ni digestlarda mil. av. II asrda yashagan yuristlardan boshlab milodning III asrigacha yashagan jami 39 huquqshunos olimlarning asarlaridan iqtibos (sitata) lar keltirilgan. 533 yilda Digestlar ustida ishlash oxiriga yetgan va ular qonun tusini olgan. 50 kitobning birinchisi huquq tarixi va bir qator umumiy masalalar haqida; 2–4-kitoblar – sud, sud jarayoni, da’volar haqida, 5–11-kitoblar – vorislik huquqi normalari haqida ma’lumot bergan; 12–19-kitoblar – garov huquqiga bag’ishlangan; 23–25-kitoblar – oila va er-xotinning mulkiy huquqlari haqida; 26–27-kitoblar – vasiylik va homiylik haqida; 28–38-kitoblar vasiyatlar haqida; 40-kitob – qullarni ozod qilish; 45–46-kitoblar boshqa shaxs tomonidan yoziladigan og’zaki (verbal) shartnomalar haqida bo’lgan; 45–47-kitoblarni Yustinian “dahshatli kitoblar” deb atagan bo’lib, ular jinoyat va jazo masalalariga bag’ishlangan; nihoyat 50-kitobda umuman huquq masalalariga nazariy yondashilib, ba’zi umumiy xulosalar chiqarilgan. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling