Њзбекистон республикаси адлия вазирлиги


Download 0.53 Mb.
bet24/154
Sana05.01.2022
Hajmi0.53 Mb.
#227455
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   154
Bog'liq
Рим-лотин 2010 shomuhamedov

2. Xalqlar huquqi. Rimda podsholar davrida kelib chiqishi noma’lum bo’lgan huquqsiz plebeylar bilan birga, har turli ajnabiylar ham yashaganlar. Ular asosan har xil hunar egalari bo’lib, kosibchilik, o’qituvchilik, savdo-sotiq, tabiblik, keyinroq esa bankirlik bilan shug’ullanganlar va “peregrinlar” deb atalgan. Perigrinlar Rimga Ulug’ Gretsiya deb ataluvchi Italiya janubidan, Misr, Karfagen va yaqin Sharqning boshqa joylaridan kelganlar. Bu joylarda texnik va gumanitar madaniyat, jumladan, huquqiy madaniyat ancha ilgarilab ketgan edi.

Bu vaqtda har xil joylarda paydo bo’lgan huquqiy nizolar Rim aralashuvisiz o’sha joylarning milliy huquqlari asosida hal qilingan. Bunday tortishuvlarga nikoh va oila, vorislik va boshqa masalalar kirgan. Faqat peregrin va Rim fuqarosi oralarida nizo paydo bo’lgandagina unga sivil pretori aralashgan.

Peregrinlar erkin kishilar bo’lib, tijorat bilan shug’ullanish huquqiga ega bo’lganlar, ammo siyosiy huquqqa ega bo’lmaganlar. Faqat alohida xizmatlari uchungina ba’zilariga Rim fuqaroligi berilishi mumkin bo’lgan.

Rim magistratlari (boshliqlari), ayniqsa pretorlar, ular bilan birga butun jamiyat Rim iqtisodiy hayotiga peregrinlar bilan birga kirib kelayotgan yangiliklardan foydalanar edilar. Bu tajribalar (yangi bilimlar) Rim imperiyasi bosib olgan O’rta dengiz atrofidagi yerlarni idora qilishda juda qo’l kelgan. Endilikda pretorlarning ko’pchiligi mana shu yangi mintaqalarda yashay boshlaganlar. Bu yerlar prokonsullar, propretorlar, prokuratorlar boshliq Rim amaldorlari tomonidan boshqarilgan. Viloyatlar bilan iqtisodiy aloqalar borgan sayin yaqinlashib mustahkamlanib borgan. Bu ishda peregrinlar pretorlari fuqarolar pretorlari bilan birga ediktlar chiqarish huquqiga ega bo’lganligi katta ahamiyat kasb etgan.

Dastlabki davrlarda peregrinlar pretori faqat sudyalik, ya’ni hokimlik qilibgina qolmay, balki ko’proq o’rtada turuvchi, kelishtiruvchi shaxs sifatida ish olib borgan. U da’vogarlarning va javobgarlarning har ikkisini rozi qiladigan qaror qabul qilib, ularni kelishtirishga harakat qilgan. Chunki bu davrda so’z berish, qasam ichish kabi qoidalar eskirib, ularga hech kim ishonmay qo’ygan.

Peregrinlar urf-odatlarida umuminsoniy qoidalar, binobarin, barcha xalqlarda bo’lgan huquqlar bo’lgan. Shu odatlar va ba’zi normativ qoidalar asosida mashhur “yus gensium”, ya’ni xalqlar huquqi yuzaga kelgan. Bu huquq, avvalo, rimliklar va ajnabiylar orasidagi nizolarni hal etishda ishlatilgan va Rim qonunlari tizimining bir qismiga aylanib qolgan.

Xalqlar huquqida, huquqqa baho berishda uning to’g’riligi o’lchovi “insof” va “adolat” ekanligiga katta ishonch bo’lgan. Ular zararli va kishilar manfaatiga to’g’ri kelmaydigan rasmiyatchilikka qarshi bo’lganlar, undan qochgan. Oddiy va arzon tushadigan sud da’volarga erkinlik bergan va tortishuvchilik prinsipiga asoslangan. Sud taraflar fikrlarining tagiga yetishi, ular manfaatlarini faqat hujjatlardangina emas, balki o’zlaridan surishtirib, shunga yarasha ish ko’rishi kerak bo’lgan “Yus gensium”da ko’rsatilishicha, peregrinlar huquqida asosan quyidagilarga e’tibor berilishi kerak bo’lgan:

1) faol hayotni bo’g’ib, uni kishanlab qo’yuvchi rasmiyatchilikdan ozod bo’lish;

2) har turli rasmiyatchilik va hujjatbozlikdan ko’ra taraflar istagini ko’proq hisobga olish;

3) shartnomaviy munosabatlarning yozma shaklda bo’lishi;

4) sivil protsessi vaqtidagi eskirib qolgan og’ir rasmiyatchilik o’rniga sudlov protsessini soddalashtirish;

5) tomonlarda bir-biriga nisbatan ishonch vujudga kelishi uchun shart-sharoit yaratish;

6) tomonlarning teng huquqliligi va ularning manfaatlariga bir xilda yondashish;

7) hakamlar sudi va boshqalar.

Peregrinlar huquqini Rim qonunshunoslari ularning tabiiyligi bilan izohlaganlar. Chunki avlod haqida g’amxo’rlik qilish, o’zini, o’z yerini himoya qilish huquqlari tabiiy bo’lib, yer yuzidagi barcha xalqlarga xosdir.

Xalqlar huquqiga murojaat qilish qadimda o’zgarmas hisoblangan qonunlarga, jumladan XII jadval qonunlariga hushyorroq qarashga o’rgatgan, qog’ozda yozilgan qoidalardan ko’ra haqiqiy hayotning o’zida yuz bergan voqealarni odamlar manfaatidan kelib chiqib, chuqurroq va adolatliroq tahlil qilishga chaqirgan. Endilikda kishilarning iqtisodiy, oilaviy va boshqa manfaatlarini ijtimoiy himoya qilishga e’tibor qilina boshlagan. Shu sababli ham “eksepto doli” (“aldovga qarshilik”) qoidasi hukm sura boshlagan. Bu bilan sivil pretori, qonunan to’g’ri bo’lsa ham, adolatga to’g’ri kelmaydigan da’volarni rad etgan.




Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling