Milliy va umuminsoniy qadriyatlar dialektikasi
Download 36.45 Kb.
|
Milliy va umuminsoniy qadriyatlar dialektikasi
Milliy va umuminsoniy qadriyatlar dialektikasi Reja: 1)Umuminsoniy qadriyatlar va milliy ma’naviyat 2) Milliy va umuminsoniy qadriyatlarda an’anaviylik va zamonaviylik munosabati 3) Qadriyatlar. Islomgacha bo’lgan milliy qadriyatimiz tarixi bir necha ming yilni qamrab oladi va ma’naviyatimiz to’g’risidagi ma’lumotlarning bir qismi hatto milliy hududlarimizdan tashqarida ham topilgan bo’lib, «Avesto» kitobi va turkiy toshbitiklarda uchraydi. Ikkinchi qismi qadim Shumer, Bobil va Ashshur, Misr va Yunon, Hind va Xitoy manbalarida, Eron shahanshohlaridan qolgan toshbitiklarda aks etgan. Uchinchi guruh manbalar arxeologik yodgorliklar bo’lib, ular bevosita yurtimiz hududidagi moddiy ashyolar va inshootlar bilan bog’liq. To’rtinchi guruh manbalar so’ngi davrlargacha og’zaki an’ana holida etib kelgan xalq adabiyoti, urf-odat va marosimlar, o’yinlar, bayramlar ko’rinishida namoyon bo’ladi.Milliy ong milliy madaniyatning tarkibiy qismi bo’lib, milliy madaniyatining cho’qqisiga qiyos qilish mumkin. Milliy ong milliy madaniyatning millat manfaati, millat istiqboli, taraqqiyoti bilan bog’liq bo’lgan muammolarining inson ongidagi ifodasidir. Shuni ham unutmaslik lozimki, u milliy madaniyat zaminida shakllanishi, rivojlanishi mumkin. Milliy madaniyati rivojlanmagan, milliy birdamlik va hamkorlik tuyg’ulari zaif bo’lgan xalqlarda yuksak milliy ong bo’lishi amrimaholdir.Milliy madaniyatning birlik va hamkorlikka, millat tarixini xolisona anglashga, milliy til va madaniyatni qadrlashga, milliy axloq-odob va boshqa ma’naviy xislatlarni saqlashga xizmat qiluvchi tomonlari milliy ongning negizini tashkil etadi. Bundan tashqari, agar milliy ongimiz to’xtovsiz yuksala bormasa, mustaqilligimizning ma’naviy zamini mustahkam bo’lmaydi. Chunki milliy ong mustaqilikka yo’nalish beradi, xalqini yaktan, yakdil qiladi.Milliy ong muayyan millat va xalqning ijtimoiy birligi, ijtimoiy shart sharoitlari, urf-odatlari, an’nalari, turmush tarzi asosida vujudga kelgan kishilarning (millat yoki xalqning) xissiyotlari, kechinmalari, tushunchalari qarashlari, g’oya va nazariyalari majmuini ham anglatadi. Milliy ong mahalliy borliqni (ijtimoiy borliqni) aks ettirsada, u hech qachon sust bo’lmaydi. Aksincha, milliy ong ajdodlarning avlodlarga qoldirgai ma’naviy merosi orqali yangi sharoitda vujudga kelgan muayyan ta’lim va tarbiya jarayoni bilan qo’shilib rivojlanadi. Shu bois ta’lim tarbiyaning milliy ongining shakllanishi hamda taraqqiy etishdagi o’rni va ahamiyati nihoyatda ulkandir. Ta’lim-tarbiya tizimini ana shu asosda qayta ko’rib chiqish hozirgi davrda ayniqsa muhimdir. Bu esa, o’z navbatida, ilm-fan, axloq va huquq, adabiyot va san’at oldiga bir qator masalalar qo’yadi. Binobarin, maktab yoshlarga fan asoslaridan bilim beribgina qolmay, balki ularni tarbiyalaydi, ilmiy dunyoqarashini shakllantirishga ko’maklashadi, komil inson degan oliy maqsad sari etaklaydi.Avvalo muayyan jamiyatdagi har bir millatning ongi, ma’naviy kiyofasi o’sha tabiiy, ijtimoiy, tarixiy sharoitlarga qarab o’zgarib borishi tabiiydir.Zero, millatning ruhiy, ma’naviy qiyofasi mavjud ijtimoiy ong shakllarida o’z ifodasini topadi.Aslida milliy ong ijtimoiy ong shakllari singari ma’lum davrlarda o’zining nisbiy mustaqilligi tufayli jamiyat asosini tashkil etuvchi bazis va ustuqurmaning mohiyatini tubdan o’zgartirib borishga faol ta’sir ko’rsatishi mumkin. Bunga misol tariqasida sobiq Ittifoqdagi respublikalar hududida ro’y berayotgan keskin o’zgarishlar jarayonini ko’rsatib o’tish mumkin. Ularning hayotida shiddat bilan ro’y berayotgan ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va huquqiy o’zgarishlar qanchalik keskin tus olmasin, xalq ommasi ongining yangicha shakllanishi anchagina ijobiy tus olyapti.Milliy ong va uning shakllanishi eng avvalo, milliy uyg’onish zaminida boshlanadi. Milliylikni tan olish millatga mansub kishilarning ijtimoiy etnik barqarorligini tan olish demakdir. Milliylikda insoniy va umuminsoniy qadriyatlar muayyan qiyofa va shakl kasb etadi. Milliylikda milliy mansublik ruhi ham mavjud. Diqqat qilinsa, milliy ruhimizdagi milliy tuyg’ularimiz mavjud milliy tasavvurlarimiz, kayfiyatlarimizda sodda ong sifatida ifodalanishini bilish mumkin. Agar milliy mansublik va uning barcha tomonlari kishilar tasavvurida ilmiy asoslangan bo’lsa, uni milliy o’z-o’zini anglash deb tushunish mumkin. Milliy o’zlikni anglash ilmiy-siyosiy tus olsa va ijtimoiy harakat uchun ko’llanma darajasiga ko’tarilsa, milliy mafkura deb ataladi. Bu sohadagi asosiy qoidalar Islom Karimovning «Istiqlol va ma’naviyat» asarida ta’kidlangan bo’lib, bugungi kunimizga xos yorqin xususiyatlardan biri millatning o’zligini aglashidir. Demak, millatning o’zligini anglash tushunchalarining tarkibiy qismlari avvalo, quyidagilardan iborat: Milliy birlikni va boshqa etnoslarning mavjudligini tushunib etish. Milliy qadriyatlar: til, tug’ilib o’sgan joy, madaniyatga (keng ma’noda) sodiklik. Milliy manfaatlarni tushunib etish. Milliy mustaqillik va milliy taraqqiyotga intilish. Vatanparvarlik. Shaxs milliy o’zligini anglash tushunchasining tarkibiy qismlarini o’rganishda quyidagi jihatlarga diqqat qaratmog’i lozim: Millat (etnos) ga mansublikni anglash. Millatning insoniyat taraqqiyotidagi tarixiy o’rnini bilish. Milliy qadriyatlarga sadoqat. Milliy taraqqiyotga vijdonan xizmat qilish. Basharti, mustaqil davlatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi bo’lgan xalqda etuk milliy ong bo’lmasa, ozodlik, erkinlik haqida gap ham bo’lishi mumkin emas. Agar xalqning milliy ongi to’xtovsiz o’sib bormasa, mustaqillikning ma’naviy zamini mustahkamlanmaydi. Chunki milliy ong mustaqillikka yo’nalish beradi, xalqni yakdil qiladi.Siyosiy madaniyati o’sgan, milliy o’zligini anglagan xalq va millatning hayoti mazmunan boyiydi, go’zallasha boradi. O’z-o’zini, milliy o’zligini anglash – bu milliy birlik, milliy ahillik va milliy totuvlikning asoslaridan biridir. Xalqning milliy jihatdan o’z-o’zini anglashiga erishmasdan turib, umumiy maqsadlar yo’lida birlashtirib, g’oyaviy-iqtisodiy jihatdan uyushtirib, har qanday murakkab vazifalarni hal qiladigan buyuk ijtimoiy kuchga aylantirib bo’lmaydi.Avvalo, o’zini o’zi anglash – bu xalqning o’tmish tarixiy taraqqiyot yo’lini, ota-bobolarining, nasl-nasabining, avlod-ajdodlarining kim bo’lganligi va ularning jahon ilm-fani, madaniyati taraqqiyotiga qo’shgan buyuk hissalarini bilib olishdir. Milliy o’zlikni anglash kishining jamiyat va Vatan porloq istiqbolini ta’minlash uchun qanday imkoniyatlarga ega ekanligini chuqur anglab etishi va mavjud imkoniyatlarni yuzaga chiqarish uchun o’zini safarbar etishi demakdir.O’zini chuqur anglab etgan, ko’zi ochilgan, aqli etilgan, g’oyaviy-siyosiy jihatdan uyg’ongan, jisplashgan xalq va millatni mustamlakachilik usulida ushlab turish, tili, madaniyati, qadriyatlarini oyoq osti qilish, boyliklarini talon-toroj qilish, huquqini poymol etish, davlat mustaqilligidan judo qilish mumkin emas.Dunyodagi har bir davlat, katta-kichikligidan qat’iy nazar, o’z taraqqiyoti jarayonida ma’naviyatga ehtiyoj sezadi. Bu tarixiy zaruratdir. Ma’naviyatning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati tarixning burilish davrlarida, ayniqsa, beqiyos bo’ladi.Demak, qadriyatning uch guruhi bo’lib, ular milliy, mintaqaviy va umuminsoniy qadriyatga bo’linadi. Milliy qadriyat muayyan elat, millat, uning ajdodlarga xos bo’lgan behad qimmatli ma’naviy boylikdir.Mintaqaviy qadriyat esa muayyan jug’rofiy millatlarga xos, ular uchun umumiy bo’lgan ma’naviy boyliklardir. Bunga Markaziy Osiyo xalqlarining mushtarak qadriyatini misol qilib keltirish mumkin.Umuminsoniy qadriyat esa butun insoniyatga, jahon xalqlariga tegishli bo’lgan ma’naviy boyliklardan tashkil topadi. Milliy qadriyat, avvalo tarixiy hodisa ekanligi bilan ajralib turadi. U bir kun yo bir yilda shakllanmasdan, balki insoniyatning milliy ma’naviy tarixi, millatning ma’naviy kamol topish jarayoni bilan bog’lanib ketadi. Milliy qadriyatning asosiy belgisi va o’zagi, milliy axloq, milliy his-tuyg’u, milliy ruhiyat kabi masalalar bilan bog’liq, shu bilan birga, milliy qadriyatda milliy manfaat masalalarini ham o’rganib chiqish maqsadga muvofiqdir.Ma’naviyat majmui ham milliy, ham umuminsoniy qadriyatlar asosida shakllanadi. Milliy ahloq qadriyatning markazida turadi. Uning belgilari rostlik, adolat, do’stlik, insonparvarlik, bir-biriga hurmat , hamjihatlik, bilimlilik, mehnatsevarlik, ona tili va Vatanga muhabbat, sahovat, mas’ullik, halollik singari fazilatlardir.Qadriyat so’zning ma’nosini o’zbek tilidagi qadr ma’nosidan bilib olish mumkin. Qadr tushunchasi serqirra ma’no va mazmunga ega bo’lib, qadriyat sifatida qaralayotgan ob’ekt, narsa, voqea, hodisa yoki biror idealning sub’ekt uchun ijtimoiy ahamiyatini anglatadm. Qadriyatlar mohiyati jnhatidan moddiy va ma’navmy qadriyatlarga bo’linadi va ular quyidagi shakllarda namoyon bo’ladi: Inson yashab turgan moddiy muhit bilan bog’liq bo’lgan qadriyatlar; An’nalar, urf-odatlar va marosimlarda aks etadigan axloqiy qadriyatlar; Insoniyat aql-idroki va amaliy faoliyati zaminida shakllangan mehnat malakalari va ko’nikmalari, bilim va tajribalari, qobiliyat va iste’dodlarida namoyon bo’ladigan qadriyatlar; Odamlar o’rtasidagi jamoatchilik, hamkorlik, xayrixohlik, hamjihatlikka asoslangan munosabatlarda ko’rinadigan qadriyatlar. Kishilar yoshi, kasbi, jinsi va irqiy xususiyatlari bilan bog’lik bo’lgan qadriyatlar. Bayon etilgan qadriyatlar, o’z navbatida: 1) umuminsoniy; 2) mintaqaviy; 3) milliy; 4) diniy qadriyatlarga bo’linadi. Umuminsoniy ma’naviyat birligida mazkur qadriyatlarning o’ziga xos o’rni bo’lib, ular 2 turga: milliy va umuminsoniy qadriyatlarga bo’linadi.Milliy qadriyatlar ayrim xalq, millatlar va elatlarning tarixiy taraqqiyoti jarayonida yaratilgan barcha moddiy va ma’naviy boyliklarning yig’indisidan iborat. Milliy qadriyatlar umuminsoniy va mintaqaviy qadriyatlar bilan birgaliqda mavjud bo’ladi.Milliy qadriyatlar masalasiga mustaqillikkacha etarlicha e’tibor berilmay kelindi. Endiliqda mustaqillik va demokratiya jarayoni milliy qadriyatlarii qayta idrok etish va anglashni talab etadi. Bu sohada yig’ilib qolgan muammolarni yangicha tafakkur asosida chuqur nazariy mushohada etish hayot taqozosidir.Milliy qadriyatlar tor ma’noda muayyan bir millatning, elatning qiziqishlari va manfaatlarini ifodalovchi munosabatlar mazmunini tashkil etsa, Keng ma’noda muayyan bir davlatda yashovchi barcha millatlar va elatlarning manfaatlari hamda qiziqishlarini ifodalovchi munosabatlar yig’shshisini aks ettiradi.Milliy qadriyatlarning shakllanishi va rivojlanishi muayyan bir millatning hayoti, turmush tarzi, tarixi, madaniyati, urf-odatlari, tili, o’tmishi, kelajagi bilan uzviy bog’liq bo’ladi.Milliy qadriyatlar murakkab ijtimoiy-tarixiy hodisa bo’lib, millatning tili, madaniyati, tarixi udumlari, jamiki moddiy va ma’naviy boyliklari, iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy hayotini har tomonlama qamrab oladi. Insonning qaysi millatga mansub ekanligi uning tuyg’usida ham aks etadi. Milliy tuyg’u – tabiiy tuyg’udir. Unda millatning tarixi, hozirgi ahvoli, milliy ruhiyati va xususiyatini tushunish hissiy shaklda mujassamlashgan bo’ladi. Insonda milliy ong va g’urur bo’lmasa, u o’zining qaysi millatga mansubligini xis etmasa, uning o’z milliy manfaat va qadriyatlarini qanday qilib anglashini tasavvur qilish kiyin. Toki millatlar, milliy manfaatlar mavjud ekan, milliy munosabatlar ham, milliy tuyg’ular ham, milliy qadriyatlar ham saqlanib qolaveradi. Millatni milliy qadriyatlardan mahrum qilishga urinish tarix va insoniyat uchun eng katta jinoyat ekanligini bugun tushunib etayapmiz. Millatlarning o’z-o’zini anglash jarayoni takomillashgan sari milliy manfaatlari bilan birga milliy qadriyatlari ham kuchayib, mustahkamlanib boraveradi.Milliy qadriyatlarning kuchayib borishi mahdudlikka, milliy xudbinlikka, o’z millati manfaatlarini birinchi o’ringa qo’yish, boshqa millatlar va xalqlar manfaatlarini hisobga olmaslikka olib kelmasligi kerak.Qadriyatlar qanchalik bir-biriga yaqinlashib, ta’sir ko’rsatmasin, har bir millat uchun ma’naviy kamolotning asosiy yo’li va mezoni milliy qadriyatlar bo’lib qolaveradi. Biron millatning yaxshi urf-odatlari, marosimlari boshqa millat ruhi, milliy ma’naviy ehtiyoji va talablariga mos kelgandagina shu millat hayotida chuqur tomir otish imkoniga ega bo’ladi.Bundan tashqari, har bir xalq qadrlagan narsa yoki hodisa, birinchi navbatda, uning milliy ma’naviyati bilan bog’liq bo’ladi. Milliy qadriyatlarni qandaydir o’zgarmas hodisa deb qaramaslik kerak. Milliy taraqqiyot bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy hayotning takomillashib borishi, yashash va mehnat qilish sharoitlari o’zgarishi bilan milliy qadriyatlar ham rivojlanib boradi.Umuminsoniy qadriyatlar insonlarda axloq va madaniyatning ustunligini e’tirof etishda, ularni turli ijtimoiy-iqtisodiy tuzumli mamlakatlar hamkorligining umumiy yo’nalishini hosil qilish va dunyoda sodir bo’layotgan ijtimoiy-siyosiy ishlarni tushunishda, madaniy-ma’naviy, ilmiy-texnikaviy, harbiy sohani, aloqani mamlakatlar va xalqlarda rivojlantirishda ko’rinadi.Umuminsoniy qadriyatlar jahon tsivilizatsiyasining yaxlitligi, uning barcha bosqichlari bir-biri bilan uzviy bog’langanligini ifodasidir. Bu jihatdan qaraganda, umuminsoniy va milliy qadriyatlar bir-biri bilan bevosita bog’liqdir.Umuminsoniy qadriyatlar milliy qadriyatlardan mazmun jihatdan chuqur va keng bo’lib, uni o’z ichiga oladi. Demak, umuminsoniy qadriyatlar barcha millatlar, elatlar va xalqlarning maqsad va intilishlarining yaxlitligi hamda umumiyligini ifodalaydi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, dunyodagi birorta xalq va millat o’zidan boshqa xalq va millatdan, Umumiy jahon tsivilizatsiyasidan alohida tarixga ega emas. Millatlar boshqa xalqlarning yutuqlaridan foydalanmay turib rivojlana olmaydi. Barcha xalqlarning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’naviy rivojlanish tarixi bir-biri bilan uzviy bog’lanib, taraqqiy etib kelgan. Zotan, xamma vaqt butun jahon iqtisodiy va ma’naviy xalqlar, millatlar, elatlar, urug’lar va kabilalar tarixi, taqdirlarining o’zaro bog’lanishi, bir-birini boyitishi asosida amalga oshib kelgan.Umuminsoniy qadriyatdar o’zining mazmuni, mohiyati, keng miqyosda amal qilishi, dunyodagi ko’plab xalqlar, millatlarning o’tmishdagi, hozirgi davrdagi va istiqboldagi taraqqiyoti bilan uzviy aloqadorlikda ekanligi bilan mintaqaviy va milliy qadriyatlardan tubdan farq qiladi.Tabiatni muhofaza qilish, ekologik tarbiya va madaniyatni rivojlantirish, insoniyatning sihatsalomatligini ta’minlash, oziq-ovqat, energiya va yonilg’i tanqisligini tugatish, madaniy boyliklarni, tsivilizatsiyani esonomon saqlab qolish, urushlarning boshlanishiga yo’l ko’ymaslik, tinchlikni saqlab qolish — bularning hammasi umuminsoniy, umumbashariy qadriyatlardir. Umuminsoniy qadriyatlar alohida xalqlar va millatlargagina mansub bo’lmay, bashariyatning mulkidir.Milliy va umuminsoniy qadriyatlar bir-biri bilan bevosita bog’liqdir. Ularning har ikkalasi bir-biriga ta’sir etadi, biri ikkinchisini to’ldiradi, mazmunan boyitadi.Umuminsoniy qadriyatlar kishilarning talab va ehtiyojlari asosida aql-zakovat bilan yaratilgan, ularning tasavvurlari, taffakkurlari, kelajak orzu-istaklari, e’tiqodlari, axloq qoidalarini o’zida mujassam etgan, hayotda sayqal topgan ma’naviy boylik bo’lib, tarbiyaning tayanch vositalaridan hisoblanadi. Qolaversa, bunday qadriyatlar tarixiy taraqqiyotda hayotda sinalgan, jamiyat taraqqiyotida ahamiyatli ijtimoiy hodisadir.Umuminsoniy qadriyat hayot uchun qimmatli, inson qalbida o’chmas iz qoldiradigan, insoniyat ijtimoiy manfaati, ehtiyoji uchun xizmat qiladigan, ularni ezgulikka yo’llaydigan ma’naviy boylikdir. Umuminsoniy ma’naviy boyliklarga ilm-fan, falsafiy tafakkur yutuqlari, adabiyot, me’morchilik, san’at asarlari, kashfiyot, ixtirolar, ma’naviy madaniyat durdonalari, hurfikrlilik, umuminsoniy axloqiy me’yorlar kiradi.Umuminsoniy qadriyat o’z ijobiy ahamiyatini yo’qotmaydi. Inson ozodligi, Vatan, inson salomatligi, intellektual va aqliy mulklar, vaqt, har bir shaxsning yashash, bilim olish, keksayganda ijtimoiy himoyalash imkoniyatlari, adolat, mehnatsevarlik, ezgulik, yaxshilik, tinchtotuvlik, do’stlik, halollik, vatanparvarlik, ota-onani hurmat qilish, farzandlar haqida g’amxo’rlik, vijdon, burch baynalminachlik kabi qadriyatlar umuminsoniy qadriyatlar sirasiga kiradi.Xalqlarning ulug’vorligi milliy mahdudlikda emas, balki umuminsoniy xususiyatlarga ega ekanligida, jahon tsivilizatsiyasiga qo’shadigan hissasidadir. Ayni chog’da boshqa bir narsani ham e’tibordan qochirmaslik kerak. Gap shundaki, milliy manfaatlarni, milliy qadriyatlarni umuminsoniy manfaatlar va qadriyatlarga qarama-qarshi qo’yish, muayyan ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa muammolarni qaysidir millat va elatning manfaatlariga xilof ravishda hal etishga intilish, milliy manfaat bahonasida milliy xudbinlikni, tekinxo’rlikni olqishlash millatlararo munosabatlar taraqqiyotiga salbiiy ta’sir o’tkazadi. Bir millatning manfaat va qadriyatlari boshqa millatnikidan ajralmagan holda o’rganilishi kerak. Mamlakatimizda yashovchi har bir millat va elat singari o’zbek xalqning ham o’ziga yarasha ajoyib moddiy, ma’naviy, tarixiy qadriyatlari bor. Ularni oqilona va xolisona o’rganish mustaqillik sharoitidagi iqtisodiy, madaniy va ma’naviy taraqqiyotning shartlaridan biridir.Milliy va umuminsoniy qadriyatlarda an’anaviylik va zamonaviylik munosabati. Qadriyatlar amal qilish doirasiga ko‘ra milliy, mintaqaviy va umuminsoniy qadriyatlarga bolinadi.Milliy qadriyatlar alohida olingan xalq, millat va elatlarning o‘z tarixiy taraqqiyoti davomida yaratadigan barcha moddiy va ma’naviy boyliklar, urf-odatlari, marosimlari, bayramlari va millatlarning o‘zligini belgilaydigan boshqa o‘ziga xos tomonlari yig‘indisidan iboratdir. Bu o‘ziga xoslik moddiy, ma’naviy, ijtimoiy, oilaviy hayot, turmush tarzida namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari, xalq amaliy san’ati, xalq o‘yinlari, rasm-rusumlari, urf-odatlari, marosimlari milliy qadriyatlarga kiradi. Har qanday millat ijtimoiy-tarixiy birlik sifatida o‘ziga xos, betakror jihatlarga ega. O‘z milliy qadriyatlarining obyekti va subyekti sifatida har bir millat qadriyatlarini rivojlantirib, takomillashtirib boradi. Shu bilan birga o‘zi ham ijtimoiy taraqqiyot jarayonida o‘zgarib, yangilanib, rang-barang jihatlar kashf qilib boradi, bu ikkala hususiyat ham milliy qadriyatlarda aks etadi.Milliy qadriyatlar milliy makonda shakllanadi, rang-barang tarzda namoyon bo‘ladi, kishilar ongiga ta’sir qiladi, ular uchun ma’naviy mezonlar rolini o‘ynaydi, ijtimoiy rivojlanish jarayonida doimiy yangilanib, ya’ni zamonaviylik kasb etib, avloddan-avlodga an’anaviylik asosida o‘tib boradi. Milliy qadriyatlar kishlarning o‘zaro munosabatlari, ijtimoiy faoliyati, xatti-harakatlari hamda ular bilan bog’liq bo‘lgan maqsad, ehtiyoj, qiziqish va intilishlari uchun asos bo‘ladi, moddiy va ma’naviy sohalarda muayyan natijalar, ya’ni milliy-madaniy boyliklar, yutuqlar sifatida namoyon bo‘lishi ham mumkin. Mintaqaviy qadriyatlar bir-biriga yaqin bo‘lgan sharoitlarda yashagan va mehnat qilgan, tarixi tutash bo‘lgan mamlakatlar va xalqlarda uchraydi. Masalan, Markaziy Osiyo xalqlari turmush sharoitlari, tili, madaniyati, dini, urf-odatlari bir-biriga yaqin bo‘lishi ko‘plab umummintaqaviy qadriyatlar shakllanishiga olib kelgan. Mehmondo‘stlik, bolajonlik, yaqin qo‘ni-qo‘shnichilik, kattalarni hurmat qilish, kichiklarni izzat qilish, qarindosh-urug’lar, dostlar bilan yaqin aloqada bo‘lish, saxiylik, halol bilan haromni farqlash Markaziy Osiyo xalqlarining hammasiga xos bo‘lgan ma’naviy fazilatlardir. Umuminsoniy qadriyatlar jahon sivilizatsiyasining yaxlitligi, uning barcha bosqichlari bir-biri bilan uzviy bog’langanligining ifodasidir. Umuminsoniy qadriyatlar deb barcha insonlarning tarixi, merosi, istiqloli, istiqboli va manfaatlarida mavjud bo‘lgan tutash, umumiy bo‘lgan zaminlar va manfaatlar asosida tashkil topgan, taraqqiyotning yangi bosqichida ham barchaning manfaatiga mos keladigan ijtimoiy, siyosiy va ma’naviy hodisalar va boyliklarga aytiladi. Umuminsoniy qadriyatlar qandaydir o‘zgarmas, aqidaviy tushunchalar emas. Davrlar o‘tishi, sharoit, talab va ehtiyojlarning o‘zgarishi bilan ularning mazmuni, baholash mezonlari ham o‘zgarib boradi. Umuminsoniy qadriyatlar turli davlatlar, xalqlar o‘rtasidagi ko‘prik vositasini o‘tab, insonlarni bir-biriga yaqinlashtiruvchi, hamjihatlik va hamkorlikka chorlovchi kuch vazifasini o‘taydi. Umuminsoniy qadriyatlar milliy va mintaqaviy qadriyatlarningumumlashgan ifodasidir. Insonparvarlik g‘oyalariga sadoqat, demokratiya, ijtimoiy adolat, inson huquqlari ustunligi, xalqlarning milliy mustaqillik uchun bo‘lgan kurashlarini himoya qilish, kishilarni do‘stlik, hamkorlik va hamdardlikka chorlash, tinchlik, osoyishtalikni ta’minlash,tabiatni asrash va bohqalar umuminsoniy qadriyatlarning hozirgi kunda katta ahamiyat kasb etayotgan jihatlaridir. Qadriyatlarning tarix sinovidan o‘tganligi, jamiyat rivojlanishiga ijobiy ta’siri, inson va xalqlarning maqsad va manfaatlariga to‘g‘ri kelishi, yangiliklarni qabul qilishga tayyorligi va jamiyat taraqqiyotida ahamiyati.Qadriyat [arabcha. qiymat, ahamiyat; qimmatbaho buyumlar; xalq boyligi] - voqelikdagi muayyan hodisalarning umuminsoniy, ijtimoiy-axloqiy, madaniy, ma’naviy ahamiyatini ko‘rsatish uchun qo‘llanadigan tushuncha. Inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan barcha narsalar, masalan, erkinlik, tinchlik, adolat, ma’rifat, haqiqat, yaxshilik, moddiy va ma’naviy boyliklar va boshqalar qadriyat hisoblanadi. Qadriyat - tabiiy va ijtimoiy hayotda namoyon bo‘ladigan, odamlar tomonidan qadrlanadigan ular uchun foydali ahamiyatli, moddiy – iqtisodiy, madaniy-ma’naviy mafkuraviy, siyosiy huquqiy, diniy, milliy, ijtimoiy omillar yig‘indisidir. Insonning insonga ibrati, tarbiyadagi ta’sirini uning o‘zi baholay olmaydi, balki boshqa inson baholaydi. Demak, qadriyat sifatidagi inson ta’sirida uning qadri, ahamiyati namoyon bo‘ladi, boshqa kishi esa ana shu bevosita ta’sir natijasida uning ahamiyatini baholaydi, qadriga baho beradi. Bahoda teskari munosabat, boshqa bir kishining qadriyat sifatida qaralayotgan obyekt, narsa, hodisa, ideal va boshqaga nisbatan munosabati, uni anglashning biror bir darajasi o‘z ifodasini topadi. Bu jarayonda subyekt qadriyatga munosabatini baho tarzida ifodalaydi. Qadriyatning mazmuni va ahamiyati bahoda to‘la-to‘kis aks etmasligi, turlicha ifodalanishi ham mumkin. Qadriyatning haqiqiy qadrini, mazmuni va ahamiyatini bahosiga qarab aniqlash qiyin bo‘ladigan hollar ham uchraydi. Masalan, ba’zi narsalar (san’at asarlari, obidalar, yodgorliklar va boshqalar) qadrining nihoyatda balandligi ularga “bebaho” degan sifat berilishiga sabab bo‘ladi. Aslida qadriyatning qadrini bilish, uning ahamiyatini anglab olish va baholash bir-biri bilan uzviy bog‘liq jihatlarni tashkil qiladi. Qadriyatning ahamiyati anglab olinmasa, qadri to‘g‘ri tushunilmasa, unga to‘g‘ri baho berib bo‘lmaydi. Aynan shu ma’noda qadriyatni baholash unga bo‘lgan insoniy munosabatni ham ifodalaydi, bu esa, o‘z navbatida, kishilarning talab-ehtiyojlari va maqsadlari bilan bog‘liqdir. Inson nimanidir baholayotganida va qadrini anglayotganida o‘z ma’naviyati, bilimi, ehtiyojlari, talablari, maqsadlaridan kelib chiqadi, o‘z manfaatlarini ham unutmaydi. Bu ehtiyoj, talab, maqsadlar va biror foyda olishni ko‘zlash ham ma’naviy xususiyatga ega bo‘lganidan, muayyan kishilarning u yoki bu qadriyat, uning qadri va ahamiyati haqidagi fikri (bahosi) muayyan darajada nisbiydir. Kimningdir yoki nimaningdir qadrini baholashda ishtirok etayotgan turli maqsad va ehtiyojga ega bo‘lgan kishilar soni ortgani sari, uning haqiqiy bahosini aniqlash qiyinlashib boraveradi. Xullas, qadr tilimizda xilma-xil ma’noni anglatadi va ma’naviy qiyofamizni ko‘rsatadigan sermazmun tushunchalardan biri hisoblanadi. Qadriyat esa inson va jamiyat ma’nayatining tarkibiy qismi, olamdagi voqealar, hodisalar, jarayonlar, holatlar, sifatlar, talab va tartiblarning qadrini ifodalash uchun ishlatiladigan tushuncha. “Qadriyatshunoslik (aksiologiya)” ning eng asosiy kategoriyasi. Bu kategoriya o‘zida qadriyat asosining nafaqat qimmatini, balki ijtimoiy ahamiyati, falsafiy-aksiologik mazmuni, jamiyat va inson uchun qadrini ham ifodalaydi. Aksiologlar undan har qanday narsa, shu jumladan, insonning ijtimoiy qadrini, ahamiyatini ifodalaydigan umumiy va universal kategoriya sifatida foydalanadilar. Qadriyat turli sohadlarda xilma-xil ma’noda qo‘llanadi. Qadriyat so‘zining turfa xil ma’noda ishlatilishi unga berilgan ta’riflarning turlicha bo‘lishiga olib kelgan. Ijtimoiy fanlarning qanday sohasida qadriyatga doir tadqiqot olib borilgan bo‘lsa, bu tushunchaga shu jihatdan ta’rif beradi. Shunday qilib, qadriyat biror tarzda va shaklda zohir bo‘ladigan, subyekt uchun muayyan ta’sirini namoyon qiladigan voqelikning turli-tuman shakllari, ko‘rinishlari, narsalar, hodisalar, jarayonlar, munosabatlar, turli sifatlar, xususiyat, axloq va ma’naviylik mezonlari hamda boshqalarning subyekt uchun ijtimoiy ahamiyati va qadrini ifodalaydigan umumiy aksiologik kategoriyadir.Odamlar garchand bitta jamiyatda, bir davrda va o‘xshash sharoitlarda yashayotganliklariga qaramasdan, u yoki bu narsaning qadri turlicha anglab olinadi, tushuniladi va talqin qilinadi.Ijtimoiy jarayonlar ta’sirida kishilarning qadriyatlar to‘g‘risidagi tasavvuri, qarashlari o‘zgaradi, bu esa taraqqiyot jarayonida odamlarning turmush sharoitlari, hayoti va ma’naviy qiyofasidagi o‘zgarishlar bilan bog‘likdir. Turli xil jihatlar har qanday qadriyatning qarama-qarshi tomonlarini tashkil qiladi. Ijobiyligi va salbiyligi, baholanishi va ahamiyatiga ko‘ra bir-biriga mutlaqo zid ko‘rinadigan “yaxshilik” va “yomonlik”, “haqiqat” va “haqsizlik”,“baxt-saodat” va “g‘am-kulfat”, “tadrijiylik” va “inqilobiylik”, “taraqqiyot” va “tanazzul”, “borliq” va “yo‘qlik” kabi tushunchalar hayotning bir-biri bilan qarama-qarshi bog‘langan jihatlarini ifodalaydi. Qadriyatlar jamiyat rivoji va kishilar hayotining turli davrlarida turlicha ahamiyat kasb etadi, tarixiy zaruratga mos ravishda goh u, goh bu qadriyat ijtimoiy taraqqiyotning eng oldingi pog‘onasiga chiqadi, boshqalari xiralashgandek tuyuladi. Natijada ijtimoiy rivojlanish va taraqqiyot qonuniyatlariga mos ravishda, oldinga chiqib olgan qadriyatni barqarorlashtirishga nisbatan intilish kuchayadi. Masalan, yurtni yov bosganda - ozodlik, imperiya hukmronligi nihoyasida - istiqlol, urush davrida - tinchlik, tutqunlikda - erkinlik, xastalik va bemorlik paytlarida - sihat-salomatlikning qadri ortadi, ularga intilish kuchayadi. Qadriyatlarning asosiy shakllarini aniqlash borasida olimlar orasida bir xil va hamma e’tirof etgan yagona namunalar yo‘q. Qadriyatlarni moddiy va ma’naviy, milliy, mintaqaviy va umuminsoniy turlarga bo‘lish mumkin. Qadriyat shakllari ham ularga mos ravishda tabiat va jamiyatdagi narsa, voqea, hodisa, jarayonlar o‘zaro uyg‘unlikda, qonuniy bog‘lanishda, umumiy aloqadorlikda namoyon buladi. Bunday hollardagi taqpil jarayonida ilmiy bilishning tizimlilik usuli, alohidalik, xususiylik va umumiylik, butun va bo‘lak kategoriyalarining dialektikasiga asoslanish qo‘l keladi. Bunda qadriyat shakllari bog‘langan obyekt, jarayonlarning makon hamda zamonda zohir bo‘lishi, ular o‘rtasidagi bog‘lanishlar va aloqalarni o‘rganish, obyektiv asosi, subyektiv jihatdan anglanishi, umumiy, xususiy va alohida jihatlarini tahlil qilish imkoni tug‘iladi. Bu esa qadriyatlarning namoyon bo‘lish shakllari o‘rtasidagi o‘zaro aloqa, bog‘lanish hamda ularning in’ikosi bo‘lgan eng umumiy qadriyat tizimlariga xos xususiyatlarni o‘rganish imkonini beradi. Mustaqillikkacha qadriyatlar mavzusi keng o‘rganilmas edi. Istiqlol davrida bu masalaga alohida e’tibor qaratilmoqda, qadriyatlar to‘g‘risidagi fan - qadriyatshunoslik respublikamizdagi ijtimoiy fanlar tizimida o‘z o‘rniga ega bo‘lib, bu yo‘nalishda tadqiqot va izlanishlar olib borilmoqda, ko‘plab asarlar nashr etilmoqda. Mustaqillik ona-Vatanimizga va xalqimizga inson sifatida hayotdan bahra olib yashashi uchun katta imkoniyatlar eshigini ochib, el-yurt bo‘lib, jahonda o‘z o‘rnini topishiga zarur bo‘lgan shart-sharoitlarni yaratib berdi. Bularning bari imkoniyatlar darajasida qolib ketmasligi uchun yoshlarimizni har tomonlama barkamol, irodasi baquvvat, iymoni butun bo‘lib voyaga yetishishi uchun ota-bobolarimizdan bizga meros bo‘lib qolgan tarixiy, diniy va milliy qadriyatlarimizni o‘zimiz avvalo har tomonlama o‘rganishimiz hamda boshqalarga targ‘ib va tashviq qilishda doimo oldingi safda bo‘lishimiz lozim. Shu bois Birinchi Prezidentimiz ta’kidlaganidek, avvalo, “... milliy mafkuramiz xalqimizning azaliy an’analariga, udumlariga, tiliga, diniga, ruhiyatiga, bir so‘z bilan aytganda, o‘z milliy qadriyatlarimiz, xalqimizning dunyoqarashi va tafakkuriga asoslanib, shu bilan birga, zamonaviy, umumbashariy, umuminsoniy yutuqlardan oziqlangan, ularni o‘ziga qamrab olgan holda, yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq manfaati, uning farovonligi yo‘lida xizmat qilmog‘i darkor.” Hozirgi paytda aksariyat rivojlangan mamlakatlar xalqlari umuminsoniy qadriyat darajasiga ko‘tarilgan erkinlik, adolat, qonun, inson huquqlari, millatlararo hamjihatlik, diniy bag’rikenglik kabi g‘oyalarni tarannum etuvchi mafkuralarga tayanmoqda. Umuminsoniy qadriyatlar va demokratik tamoyillarga asoslangan g‘oyalarning rivojlanib borishi insonda juda katta umid-orzular tug‘diradi. Chunki umuminsoniyat manfaatlari uchun xizmat qiluvchi bunday g‘oyalarning ro‘yobga chiqishi jahon miqyosida tinchlik va taraqqiyot, inson erkinligi, milliy va diniy totuvlikning tantana qilishiga, oxir-oqibatda insonning baxt-saodatga erishuviga olib keladi. Bu esa insoniyatning asriy orzusidir.Qadriyatlar tushunchasi nihoyatda xilma-xil ma‘noda turli soxalarda qo’l-laniladi. Qadriyatlar to’grisidani fan bu aksio-logiyadir. Bu atama ilmiy bilimlar soxasiga o’tgan asrning ik-kinchi yarmida nemis aksiologii E.Gertman va frantsuz olimi P.Lapi tomonidan kiritilgan. Garbda bu atama grekcha «qadriyat» va «fan», «ta‘limot» tushunchalariga asoslanadi. qadriyatni aksiologik nuqtai–nazardan talqin qilish, uning kategoriya sifatidagi mazmuni, ob‘ektiv asosi va sub‘ektiv jihatlari, namoyon bo’lish shakllari va xususiyatlarini o’rganishga imkon beradi. Qadriyat kategoriyasi buyum yoki narsalarning iqtisodiy qimmatini ifodalaydigan tushunchadan farq qiladi. qadriyatlar inson uchun biror ahamiyatga ega bo’lgan vokelikning shakllari, narsalar, voqealar, jarayonlar, holatlar, sifatlar, talab va tartiblar qadrini ifodalash uchun ishlatiladigan kategoriyadir. Ma‘naviy madaniyat yoxud «ma‘naviyat»ning маg’зиni (ядросиni) qad-riyatlar атшкил эатди. Qadriyat alloqanday hodisa, voqea yokinarsaning o’ziga xos xususiyati xossasi emas, balki uning mohiyati, o‘z navbatida borlikning u yoki bu obyektining yashashi, mavjud bo‘lib turishi uchun tom maʼnodagi zaruriy shartidir. qadriyatlar inson bisotida turli - tuman ehtiyojlarning va his - tuyg‘uularning mavjudligidan dalolat beradi, atrofida sodir bo‘layotgan voqealarni, hodisaarni turlicha baholashlari uchun zamin yaratadi. Chunonchi birovlar uchun o‘at qadrli, o‘at muhim ahamiyatga ega bo‘lgan, u yoki bu hodisa, boshqa birovlar uchun qadrsiz, sariq chaqalik ahamiyatsiz bo‘lishi mumkin. Xuddi shuning uchun ham qadriyatlarni oddiy qilib ijobiy yoki salbiy (ahamiyatsiz, ahamiyat kamroq, qadr-qimmat sezilmaydigan), absalyut va nisbiy, obyektiv va subyektiv qadriyatlarga bo‘lish mumkin. Mazmuniga qarab mantiqiy, etik, estetik va narsalar qadriyatlariga bo‘lish mumkin. Shuningdek, qadriyatlarni haqiqatni, ezgulikni, go‘zallikni ulug‘lovchi qadriyatlarga ajratish mumkin.Qadriyatlar jamiyat ijtimoiy - iqtisodiy, madaniy -maʼnaviy taraqqiyotining mahsulidir. Shuning uchun ham qadriyatlarda zamonning ruhi, imkoniyatlari, o‘sha zamonda yashagan odamlarning orzu - umidlari, isatklari talab va ehtiyojlari o‘z ifodasini topadi. Zamonlar o‘tishi bilan qadriyatlarning mazmuni va maʼnosi o‘zgarib boradi. Xuddi shuning uchun ham qadriyatlarning tarbiyaviy ahamiyatga baho berganda konkret atrixiy shart - sharoitlarni doimo nazarda tutmoq zarur.Qadriyatlarni jamiyat, millat hayotidagi o‘rni, ijtimoiy xarakteriga qarab milliy va umuminsoniy, sinfiy yoki diniy, shuningdek kishilarning yoshi, professional xususiyatlariga xos qadriyatlarga bo‘lish mumkin.Insonning qadr - qimmati, shaʼni, or - nomusi, milliy g‘ururi - milliy qadriyatlar bilan bevosita bog‘liq. Milliy qadriyatlar, har bir millatning o‘ziga xos xususiyatlari, xossalari, belgilari, alomatlarini ifodalovchi faylasuf tushuncha bo‘lib, o‘sha millat bosib o‘tgan ijtimoiy taraqqiyot jarayonida shakl-langan milliy madaniy meros xazinasiga qo‘shgan hissasini, ulushini ifodalaydi. Xuddi shu milliy o‘ziga xoslik, o‘ziga moslik, millat madaniyatida, adabiyotida, sanʼatida, tilida, dinida, atrixiy xotirasida, yashash ishlash va fikrlash tarzida, urf-odatlarida, rasm - rusumlarida, bayramu - sayillarida o‘z ifodasini topadi. Milliy qadriyatlar milliy maʼnaviy madaniyat ifodasi bo‘lib, har bir millatning insoniylik xazinasiga qo‘shgan munosib hissasining hosilasidir.Milliy qadriyatlar, shubhasiz, millatning ravnaqi yoki inqirozi bilan bevotsita bog‘liq bo‘ladi. Boshqacha aytganimizda milliy qadriyatlar millatning o‘tmishi va buguni bilan bog‘liq. Shuning uchun ham, «milliy qadriyatlar millat rivojlanishi bilan rivojlanadi, inqirozga uchrashi bilan qadrsizlanadi. Shuning uchun ham, millat - o‘zining qadriyatlarini vujudga keltirib, ularning yangi - yangi qirralarini va jihatlarini siyqalashtirib, taraqqiyot jarayonida takomillashtirib turishi maʼnosida o‘z qadriyatlarining haqiqiy egasi, makon va zamondagi ilgarilanma harakatdan iborat o‘zgarishlar jarayonida ularni o‘tmishdan kelajakka tamon yetkazib boradigan eng asosiy obyektdir» .Milliy qadriyatlarning negizini urf - odatlar, rasm -rusumlar, bayramu-sayilla f tashkil etadi. o‘zbek milliy qadri-yatlari mazmunida insonparvarlik g‘oyalari yotadi. Uzoq tarix davomida o‘zbeklarning o‘zaro munosabatlarida, kundalik turmush tarzida o‘zaro hamkorlik va hamdardlik, vafodorlik va o‘zaro hurmat, biri - biriga suyanish va yaxshi qo‘shnichilik, bolajonlik va ota - onaga hurmat, mehr - oqibat va sadoqat har tomonlama eʼzozlanib kelinadi. Milliy qadriyatlar o‘sha millatga mansub har bir kishi tomonidan yaratilgan, insoniylik, odamiylikka xos fazi-latlar, xislatlar, xosiyatlarni milliy - madaniy meros xazinasiga qo‘shgan hissasini ifodalovchi buyuk ko‘rsatkichdir.Milliy qadriyatlarni tiklash - ularga hozirgi zamonga mos yangi mazmun ato etish demakdir. Xuddi shuning uchun ham, O‘zbekiston davlat mustaqilligiga erishishi bilan mamlakatimizga hozirgi zamon sivilizatsiyasi talablariga javob beruvchi umuminsoniy demokratik Qadriyatlar xalqmiz turmush tarziga kirib kela boshladi. Inson haq - huquqlariga rioya qilish, tadbirkorlik erkinligi, matbuot erkinligi, ana shular jumlasidan edi. «Ushbu demokratik qad-riyatlar jamiyatimiz uchun muhim ahamiyatga egaligi haqida gapirar ekanmiz, bu qadriyatlar tarixiy jihatdan ham, etnik - madaniy jihatdan ham xalg‘imizning o‘ziga xos xususiyatlariga zid emasligini qayta-qayta taʼkidlashni istardik» Foydalanilgan adabiyotlar: http://elib.buxdu.uz/index.php/pages/referatlar-mustaqil-ish-kurs-ishi/item/13866-milliy-qadriyatlar https://hozir.org/milliy-va-umuminsoniy-qadriyatlar-uygunligi.html https://hozir.org/milliy-istiqlol-v2.html?page=15 https://kompy.info/tasdiqlayman-toshkent-moliya-instituti-oquv-ishlari-boyicha-pr.html?page=13 Download 36.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling