Њзбекистон республикаси адлия вазирлиги
Download 0.53 Mb.
|
Рим-лотин 2010 shomuhamedov
4. Huquqshunoslar faoliyati. Rim huquqshunoslarining sharhlari ham fuqaro huquqi tarkibiga kirgan edi. Respublika davrida esa, huquqshunoslar faoliyati asosan quyidagilardan iborat bo’lgan:
1) huquqiy masalalarda yordam so’rab kelgan fuqarolarga tushuntirish (maslahat) berish; 2) turli ish hujjatlarini tahrir qilish, bunga birinchi galda murakkab shartnomalar va shunga o’xshash hujjatlar kirgan; 3) taraflarning protsessual harakatlariga rahbarlik qilish, yo’naltirib turish, ya’ni agere (biroq bunda u advokat sifatida ish yuritmagan). Mana shu faoliyat natijasida fuqarolar huquqi bilan bir qatorda sharhlovchilar huquqi, ya’ni qonunlarning yuristlar qilgan sharhlaridan tashkil topgan huquqiy qoidalar vujudga kelgan. Hozirgi kunda qonunlarni sharhlash, tushuntirish huquqi faqat qonun chiqaruvchilarga yoki sud idoralariga berilgan, xolos. Rimda qonunlarni sharhlash huquqi senatga berilgan. Ammo senat asosan umumxalq huquqlari bilan shug’ullangan, kundalik hayot esa juda ko’p masalalarni o’rtaga qo’yardi. Shu bois xususiy huquq masalalari bilan bilimdon mutaxassislar shug’ullanganlar. Binobarin hayotdagi boshqa masalalar kabi huquqiy masalalar ham chuqur ilmiy tavsif va talqinga muhtoj bo’lgan. Bu davr yuristlarning talqinlari davlat tomonidan quvvatlanib, davlat qonuni kuchiga ega bo’la boshlagan. Yulian, Pomponiy, Marsian, Ulpian, Pavel, Selsiy va uning o’g’li davrlarida digest (qonun to’plamlari) juda ko’p yaxshi qonunlar bilan boyitilgan. Keyinchalik Rimda mutlaq hokimiyat o’rnatilganidan keyin Rim huquqshunosligi tanazzulga uchray boshlagan davrlarda (III asr) ham yuqorida nomlari keltirilgan yuristlarning nashr qilingan asarlaridan iqtibos (sitata)lar keltirilishi odat bo’lgan. Masalani hal qilishda ikki taraf baravar kelib qolgan vaqtlarda Papinian qaysi tarafda bo’lsa, o’sha fikr qabul qilingan. Shu o’rinda huquqshunoslik ilmi tarixida muhim o’rin tutgan olimlardan biri II asr yuristi Gayni eslab o’tish joiz. U huquqshunoslikdan saboq berish bilan birga, ko’plab asarlar ham yozib qoldirgan, Rim huquqini oddiy, sodda, tushunarli va aniq qilib ta’riflab bergan. Gay o’z kitobini uchta muhim qismga bo’lgan: 1-bo’limi shaxslarning huquqiy holatlariga, 2-bo’limi – ashyolarga, 3-bo’limi esa majburiyatlarga bag’ishlangan. Kodeksmi, o’quv qo’llanmasimi – baribir, bu yo’sinda ta’riflash tizimi institutsiya deb atalgan.
Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling