Њзбекистон республикаси адлия вазирлиги


Download 0.53 Mb.
bet13/154
Sana05.01.2022
Hajmi0.53 Mb.
#227455
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   154
Bog'liq
Рим-лотин 2010 shomuhamedov

5. Yustinian davri. Yustinian davrida huquqshunoslik va huquqiy ilmga bo’lgan talab va qiziqish davlat darajasiga ko’tarilgan.

Imperator Yustinian klassik davr huquq fanining qo’lga kiritgan yutuqlariga suyanib, huquqshunoslikda ma’lum barqarorlikka erishishga harakat qilgan va bunga muvaffaq ham bo’lgan. U yuridik ilmning qayta uyg’onishiga erishdi va bu “Yustinian klassitsizmi” deb ataldi.

Normativ barqarorlikka erishishga harakat qilgan imperator va uning idoralari klassik merosga tayangan va qonunlarni kodifikatsiya qilgan. Bu esa juda ko’p edikt to’plamlari, imperatorlar farmonlari va, umuman, yuridik fikr shoh asarlarining saqlanib qolishiga sabab bo’lgan. Bu asarlar butun Yevropa uchun ham katta ahamiyatga ega bo’lgan.

Yustinian kodeksi imperator Adriandan to Yustiniangacha (534 yilgacha) bo’lgan imperatorlarning konstitutsiyalarini o’z ichiga oladi. Ular ko’pincha qisqartirilgan holda berilgan va eskirib qolgan atamalardan tozalanib, tahrir qilib chiqilgan. Ulardan keyin Yustinian e’lon kilgan yangi farmonlar keltirilgan.

Yustinian kodifikatsiyasida eng muhim o’rinni “Digestlar” egallagan. Bu nashr klassik yuridik matnlarning eng muhimlarining bizgacha yetib kelishiga sabab bo’lgan.

XI asrda italiyaliklarning o’zlari ham shu kitob orqali qadimgi klassik davr Rim huquqini qayta kashf qilganlar va butun Yevropa mamlakatlarida uni qayta-qayta nashr qilib o’rganganlar.

Digestlar kitobi 38 huquqshunosning 275 kitobidan olingan asarlardan tashkil topgan bo’lib, tuzuvchilar faqat birlamchi manbalardan foydalanganlar va ularni aniq ko’rsatib o’tganlar.


Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling