Њзбекистон республикаси адлия вазирлиги


Klassik davrdan oldingi davr


Download 0.53 Mb.
bet10/154
Sana05.01.2022
Hajmi0.53 Mb.
#227455
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   154
Bog'liq
Рим-лотин 2010 shomuhamedov

2. Klassik davrdan oldingi davr. Millodan avvalgi 367–17 yillarni o’z ichiga olgan bu davrda Rim respublikasi o’z taraqqiyotining eng yuksak cho’qqisiga yetgan va inqirozga duch kelgan. Bu davr oxirida, ya’ni mil.av. 27 yildan boshlab Avgust hukmronligi o’rnatilgan. Plebey tribunlari, konservator senatchilar partiyasi, harbiylar orasidagi kurashlar qizg’in tus olgan.

Rimda uzoq vaqt davom etgan fuqarolar urushi faqat Oktavian Avgustning yangi – prinsipat tizimi o’rnatilishi bilangina barham topgan.

Rim hukmronligi Yevropa, Osiyo va Afrikadagi katta hududlarga tarqalgan. U Italiyani to’liq egallab, O’rta dengizga chiqqan va Karfagen bilan urushga kirishgan (264 yildan).

Bu urushdagi g’alabalar Rimning dengiz orti davlatlari ustidan ham hukmronlik qilishiga olib kelgan. U yerlarda ham konsullar va pretorlar vazifasini bajaruvchilar paydo bo’lgan.

Shunday qilib, klassik davrdan oldingi davrni yangi munosabatlar, yangi huquqiy normalarning qaror topishi davri deyish mumkin.

Rasmiy (ratkul) shaklga rioya qilinsa ham, har ikki tarafning roziligi bilan tuzilgan kontraktlar endilikda pretorlar tomonidan himoyaga olinadi. Ammo pretor XII jadval qonunlariga rioya qilishi shart bo’lgan.

Mil. av. II asrning ikkinchi yarmida Ebutsiy qonuni bilan (lex Aebutia) yangicha sudlov tartibi joriy etilgan. Keyingi yuz yillikda Rim huquqiy tizimi ancha murakkablashib, fuqarolik da’volari qatoriga pretor da’volari qo’shilgan. Bu bilan fuqarolik huquqiy normalariga to’g’ri kelmagan va hatto zid bo’lgan da’volarni ham himoya qilish mumkin bo’lgan. Bu esa ishning hal etilishini cho’zib, chalkashtirib yuborgan. Ushbu norma mil.av. 17 yilda odil sudlovni yuritish to’g’risidagi podsho Avgust qonunining qabul qilinishi bilan bekor qilingan.

Bu davr huquqshunosligi sohasida amalga oshirilgan katta ishlardan biri huquqshunoslikka oid hujjatlarning egiluvchan metod asosida tartibga solinishi bo’lgan. Buning natijasida huquqshunoslik tartibga keltirilgan fan (ars) xususiyatiga ega bo’lgan. Masalan, Citseron, Serviy Ruf, Aralan Var, Epitoma Pavel kabi ko’plab huquqshunos olimlar yetishib chiqqan.

Yuridik qonunlarni tartibga solish haqida Sitseron o’zining “Notiq haqida” asarida shunday yozdi: “Avvaliga butun fuqarolik huquqini turlarga bo’lib chiqish lozim, keyin bu turga kirganlarni yana xillarga taqsimlash, keyin har birini ta’riflash orqali ahamiyatini bayon qilib, fuqarolik huquqi haqida mukammal fanga ega bo’lasiz”. Bu davrda Rim bosib olgan hududlarni idora qilish uchun munitsipal qonunlar ham ishlab chiqilgan. Klassik davrdan oldingi davr qisqacha shular bilan ta’riflanadi.


Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling