Њзбекистон республикаси адлия вазирлиги


Ashyolarni qo’shib yoki aralashtirib yuborish


Download 0.53 Mb.
bet94/154
Sana05.01.2022
Hajmi0.53 Mb.
#227455
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   154
Bog'liq
Рим-лотин 2010 shomuhamedov

Ashyolarni qo’shib yoki aralashtirib yuborish. Asosiy mulkka qo’shilgan boshqa ashyo asosiy mulk egasiga qarashli bo’ladi. Masalan, yerga ekilgan ekinlar, daraxtlar, unda solingan imoratlar va boshqalar yer egasiga tegishli bo’ladi.

Yerda turgan va yersiz ham mustaqil mavjud bo’la oladigan ashyolar, masalan, asbob-uskuna, omoch, arava va kabilar bunga kirmaydi. Agar ikki-uch narsa qo’shilib ajralmas, yaxlit bir ashyoni tashkil qilsa, unga har ikki ashyo egalari egalik qiladi.

Agar bir xil ashyo, masalan, bug’doy yoki shunga o’xshash narsalar qo’shilgan bo’lsa, har kim o’z ulushiga egalik huquqini olgan. Shunga tariqa xususiy mulkchilikka kirgan va hayotda uchraydigan har bir katta-kichik voqea qonunda ko’rsatilgan huquqiy asosga ega bo’lgan. Masalan, odat bo’yicha mulkni sud qarori bilan yoki vasiyat qilish orqali boshqa birovga o’tkazish kabi hollarda mulk huquqi vujudga kelgan.

Mulkka egalik huquqini yo’qotish. quyidagi uch holatda fuqaro xususiy mulkka bo’lgan egalik huquqidan mahrum qilingan:

1) mulkning batamom nobud bo’lishi (sinishi, yonib ketishi va boshqalar);

2) mulk egasining mulkni o’zidan begonalashtirishi (birovga berib yuborishi, tashlab yuborishi va h. k.);

3) mulk egasining erki-irodasidan tashqari hollarda.



Umumiy mulk. qadimgi Rimda bir mulkka bir necha kishining bir vaqtda egalik qilishi umumiy mulkchilik deyilgan, o’rtadagi mulk esa umumiy mulk hisoblangan. Bu mulkning taqdiri barcha hammulkdorlar qo’lida bo’lgan. Ularning har biri ayrim-ayrim holda ushbu mulkka doir hech qanday qarorga kelolmagan, uni bajara olmagan va alohida holda hech kim mulkni tasarruf eta olmagan. Birortasi ajralib chiqmoqchi bo’lsa, uning ulushi ajratib berilishi mumkin bo’lgan, ammo bu ham uning da’vosiga asosan sud qarori bilan amalga oshirilgan. U sud ajratib bergan ulushgagina egalik huquqini olgan.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling