O’zgalar uyida yashash huquqi kishilarga umrbod berilgan va ular bu uyni ijaraga berish huquqiga ham ega bo’lganlar.
O’zgalarning qulidan foydalanish. qullar yoki ish hayvonlarining egalari ularni boshqalarga butun umrga foydalanish huquqi bilan berganlar.
Uzus – bu uzufruktning bir turi bo’lib, bunda yer yoki bog’ hosilidan foydalanishgina, u ham bo’lsa qisman cheklangan.
Servitutning paydo bo’lishi va tugatilishi. Servitutni tugatishning eng oddiy yo’li in yure sessiyaga tayanib, uni rad qilish bo’lgan.
Shaxsiy uzufruktlar egasining o’limi bilan, yer uzufruktlari esa yerda ishlovchining vafoti bilan yoki berilgan uyning o’t tushib yonib ketishi bilan tugatilgan. Servitut huquqidan uzoq vaqt foydalanilmagan taqdirda ham uni tugatish mumkin bo’lgan. Servitut huquqining egasi o’zining haqi bo’lmagan ishlarni qilsa ham uni tugatish mumkin bo’lgan. Bu hol ayniqsa shaharlarda yuz bergan, chunki shaharda servitut masalasi murakkabrok bo’lgan (bu yerdagi imoratlarning yaqinligi va boshqalar tufayli).
Do'stlaringiz bilan baham: |