“Qo’shnining devori qancha baland bo’lsa, qo’shni shuncha yaxshi” degan ingliz maqoli qadimgi rimliklarga ham to’g’ri keladi. XII jadval qonunlaridayoq “qo’shni yeridan bir fut (30 sm) chekinib devor ol, chegara chiz, daraxtlarning bo’yi 6 metrdan oshmasdan qirqib tur (soyasi qo’shninikiga tushmasin), qo’shninikiga chiqib ketgan shoxlarini kes, qo’shninikiga tushgan mevalar uniki” singari qoidalar bitilgan. Keyinroq ularga “qo’shnidan oqib kelgan yomg’ir suvlari, tutun va boshqalarga chidash” kabi ko’plab cheklovlar qo’shilgan.
Mulk huquqidagi bunday cheklanishlar har ikki tomon uchun ham qabul qilinadigan va ikkala tomonning manfaatini himoya qiladigan bo’lgan. Bunday hollarning hammasida sabr qilish, toqat qilish talab etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |