Њзбекистон республикаси адлия вазирлиги


Download 0.53 Mb.
bet106/154
Sana05.01.2022
Hajmi0.53 Mb.
#227455
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   154
Bog'liq
Рим-лотин 2010 shomuhamedov

Delikt va kontrakt.Majburiyat ikki manbadan hosil bo’ladi: 1) huquqbuzarlik, aybdorlik, birovga zarar yetkazish, turli taqiqlarni buzish; 2) biz o’zimizga turli vazifalarni oladigan kontraktlar va shartnomalar. Birinchisi delikt deb ataladi. XII jadval qonunlarida bu haqda: “Sindirdimi – tuzatsin”, “zarar yetkazdimi – to’lasin” kabi qoidalar mavjud. Ikkinchisi – kontrakt, ya’ni shartnomaga asoslangan majburiyat deyiladi.

Shartnomalar haqida jadval va qonunlarda: “Shartnomani bajarish shart, va’da berdingmi bajar” degan qoidalar takrorlangan. O’z majburiyatini bajarmagan, so’zidan qaytgan kishi ikki baravar jarima to’lashi kerak bo’lgan. Ibtidoiy taraqqiyot davrida bo’lgan jamiyat uchun shuning o’zi yetarli bo’lgan, chunki ularda natural munosabatlar mavjud bo’lgan.

Rim huquqi 3-4 asr davomida shunday taraqqiyot yo’lini bosib o’tdiki, u oddiy mol egalari – kreditor bilan qarzdor, sotuvchi va xaridor, ijaraga beruvchi va ijarachi kabilar orasidagi munosabatlarni aniq belgilaydigan qonunlarni ishlab chiqqan.

Yuridik faktlar. Ma’lum yuridik normalarga muvofiq natijasida huquqiy munosabatlarning vujudga kelishi, o’zgarishi yoki tugatilishiga sabab bo’lgan hayotiy sharoitlar, voqea-hodisalarga yuridik faktlar deyiladi. Yuridik faktlar o’z tabiatiga ko’ra yuridik hodisalar va yuridik harakatlarga bo’linadi. Insonning tug’ilishi, o’limi, nogiron bo’lib qolishi singarilarning har biri yuridik fakt hisoblanadi va hammasi “hodisalarga” kiradi, chunki ular insonning xohish-irodasidan tashqarida sodir bo’ladi.

Yuridik harakatlar esa insonning o’z xohishi bilan bajariladi. Ular fuqarolik huquqida – bitim, ma’muriy huquqda – akt (harakat), jinoyat huquqida – jinoyat deb ataladi.




Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling