Њзбекистон республикаси адлия вазирлиги
-§. Rim shartnomasi tizimi
Download 0.53 Mb.
|
Рим-лотин 2010 shomuhamedov
2-§. Rim shartnomasi tizimiAn’anaviy Rim shartnoma tizimi quyidagi turlarga bo’linadi: 1-guruhga qadimdan ma’lum so’zlarni takrorlash orqali og’zaki kelishib tuzilgan shartnomalar kiradi. Shunday odatlar bilan bog’liq og’zaki tuzilgan shartnomalar “stipulyatsiya” deyilgan. Ular oldin qarz sohasida paydo bo’lib, keyinchalik boshqa sohalarga ham o’tgan. Imperiya vaqtida stipulyatsiya o’zining rasmiy qimmatini yo’qotgan. Stipulyatsiya peregrinlarning hayotida ham qo’llangan. Nihoyat har qanday og’zaki shartlashish ham huquqiy himoyalanadigan bo’lgan va u Rimda bitim shakli deb hisoblangan. Og’zaki so’zlarning shartnoma asosini tashkil qilishi haqida Rim yuristlari o’rtasida ko’p tortishuvlar va munozaralar bo’lgan. Rim shartnomalarining ikkinchi guruhi yozma (literal) shartnoma deb atalgan. Ular ilgarigi og’zaki shartnomalardan so’ng paydo bo’lgan, ammo ularning ham dastlabki va keyingi shakllarini farqlash kerak. Dastlab kreditorlarda uy hisob daftarlari paydo bo’lgan, unga kim va qancha qarz ekanligi yozilgan. qarzdor ham o’zi uchun qandaydir yozma hisob olib borgan. Ammo ushbu yozuvlar bir tomonlama bo’lgani uchun o’rtada ba’zan kelishmovchiliklar kelib chiqqan va o’zlarining haq ekanliklarini ularni isbotlash qiyin bo’lgan. Shu bois Yunonistondan kirib kelgan va yunoncha atalgan yangi usul tarqalgan. Bular qarz hujjatlari bo’lib, barcha hozirgi xalqlarda ham qo’llanilmoqda. Yustinian digestlari qarz kitoblarini hayotdan siqib chiqargan. Ammo bu verbal (og’zaki) shartlashuvlar butunlay yo’qolib ketdi degan gap emas, ular to hozirgacha qo’llanilmoqda. Chunki og’zaki kelishuvda taraflarning qay biri so’zidan tonsa, uning obro’-e’tibori uch pul bo’ladi va keyinchalik hech u kim bilan ish yuritmay qo’yadi. Bitim (shartnoma)ning og’zaki shakli haqidagi tushuncha va ta’rif O’zbekiston Fuqaroik kodeksining 106-moddasida berilgan. Yozma majburiyatda vekselda esa barcha majburiyatlar ko’rsatilgan bo’ladi va bajarilishi shart hisoblanadi. Xalqaro veksel muomalasi 1837 yil qabul qilingan Jeneva konvensiyasi bilan tartibga solinadi. Bundan tashqari, 1882 yilda Angliyada qabul qilingan veksel qonuni ham bor. Ularning ba’zi normalari Rim huquqi bilan bog’liq. Bozor munosabatlari tizimida veksellarni keng qo’llash imkoniyatlari mavjud. Undan oldingi yozma hujjatlarda majburiyatni guvohlantirish vositasi sifatida tilxat ham ishlatilgan. Uchinchi guruh shartnomalar real va konsensual shartnomalardan iborat. Ashyo yoki pulni ikkinchi shaxsga bergan paytdan kuchga kiradigan shartnomalar real (haqiqiy) shartnoma deyilgan (qarz berish kabi). Taraflarning kelishuvidan shartnoma talablari haqidagi o’zaro kelishuvdan keyin kuchga kiradigan shartnomalar konsensual shartnoma deyilgan (olish-sotish, ishga yollanish va h. k.). Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling