Majburiyatlarda kauza. “Kauza” so’zini lotinchadan “sabab”, “maqsad” deb tarjima qilish mumkin. “Kauza” sub’yektiv tushuncha bo’lib, shartnoma tuzish va majburiyatlar olish sababini bildiradi (moddiy va boshqacha manfaat va h.). Ammo bu maqsad qonuniy bo’lishi va odobdan tashqari bo’lmasligi lozim. Majburiyat olish sabablari: 1) biror narsasini berib yuborish, 2) qarz berish, 3) sep tayinlash, 4) xizmat ko’rsatish; 5) novatsiya – ilgarigi majburiyatlarini yangilash bo’lishi mumkin.
Shartnoma shartlari bajarilmaganida yoki qisman bajarilganida har ikki tarafga ham shikoyat qilish huquqi berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |