Њзбекистон республикаси адлия вазирлиги


Shartnomaning bajarilish muddati


Download 0.53 Mb.
bet118/154
Sana05.01.2022
Hajmi0.53 Mb.
#227455
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   154
Bog'liq
Рим-лотин 2010 shomuhamedov

Shartnomaning bajarilish muddati. Shartnomada uning bajarilish muddati ko’rsatilgan bo’lsa, hech qanday muammo bo’lmagan. Agar u ko’rsatilmagan bo’lsa, unda kreditor talabiga qarab bajarilishi kerak bo’lgan. Ammo bajarilish joyi uzoqda bo’lsa, uni hisobga olishga to’g’ri kelgan. Masalan, Rimda kelishilgan yukni Karfagenda topshirish kerak bo’lsa, yo’lga ketadigan vaqtni hisobga olishga to’g’ri kelgan. Agar kreditor “mendan olayotgan qarzingni boshqa shahardagi o’g’limga to’laysan”, desa u shunga yarasha vaqt berishi kerak bo’lgan. Agar muddat haqida tortishuv chiqsa, uni sud hal qilishi kerak bo’lgan. Muddat belgilanadigan barcha hollarda kreditorning emas, qarzdorning ahvolini hisobga olish kerak bo’lgan.

Agar to’lash vaqti o’tib ketsa, da’vo muddati boshlangan. Ikki tomon kelishgan bo’lsa, muddat o’tmagan hisoblangan. Basharti shartnomada aniq muddat ko’rsatilmagan bo’lsa, qarzdorga imkoniyat bo’lishi uchun talab oldindan bildirilishi haqida ogohlantiruvchi pisanda bo’lishi talab etilgan. Kreditor o’z vaqtida kelmasa, narsa yoki pul deponentga (saqlashga) berilgan; mazkur buyum yo’qolsa yoki nobud bo’lsa, kreditor aybdor hisoblangan.




Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling