Њзбекистон республикаси адлия вазирлиги


Aybona (burdsizlik to’lovi


Download 0.53 Mb.
bet119/154
Sana05.01.2022
Hajmi0.53 Mb.
#227455
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   154
Bog'liq
Рим-лотин 2010 shomuhamedov

Aybona (burdsizlik to’lovi). Bunda taraflardan biri qo’yilgan shartni bajarmagan taqdirda, jarima to’lashni zimmasiga oladi. Kreditor uchun buning ikki taraflama foydasi bo’lgan: birinchidan, bu bilan shartnomaning bajarilishi ta’minlangan; ikkinchidan, unga yetkazilgan zarar qoplangan. Digestlarda bu jarimani to’lashga majbur qilish mumkin emasligi haqida ko’rsatma berilgan, ammo bu odat davom etavergan.

Aybdorlik va zararni qoplash. Yuqorida Rim yuristlarining “dolyus” degan atamalari, uning “yozuv niyat” ma’nosini anglatishi haqida so’z yuritilgan edi. Har bir shartnoma tomonlaridan shartnoma predmetini ehtiyot qilish talab etilgan. Masalan, ijarachining ijara mulkiga o’z mulkidek qarashi talab qilinsa-yu, u mazkur talabni bajarmasa, demak, uning aksi, ya’ni beparvolik, aybdorlik paydo bo’ladi. Ammo ijarachi hamma lozim ehtiyot choralarini ko’rishga qaramay, masalan, tabiiy ofat natijasida ijara mulki shikastlansa yoki nobud bo’lsa, aybsiz hisoblanadi. Binobarin aybdan aybdorning farqi bor.

Ayb shakllari har xil bo’lgan, avvalo, qo’pol xato (lata kulpa)ni o’ta ketgan mas’uliyatsizlik deb hisoblaganlar. Yuristlar bunday aybni “yovuz niyatga” qo’shish tarafdori bo’lganlar. Ammo Selz buni xato hisoblagan va tarixan haq bo’lib chiqqan. Yengil mas’uliyatsizlikni “kulpa” deganlar. Zararni qoplash masalasiga kelganda esa, barchalari “ayb yo’q joyda, zarar ham yo’q” degan fikrda bo’lganlar. Ammo “lata kulpa” qasd bilan tenglashtirilgan va javobgarlikni keltirib chiqaruvchi asos hisoblangan. U javobgarlikdan ozod etish uchun bo’ladi, degan kelishuv haqiqiy hisoblanmagan.

Kustodia. Kustodia – saqlash, muhofaza qilish degani bo’lib, Rim huquqi ashyo haqida g’amxo’rlik qilishdan uni asrab, avaylashni yuqori qo’ygan. Masalan, tikuvchi bir kiyimni tuzatib berishga olsa, uning saqlanishini ham bo’yniga oladi. qulni yoki molni sotib berishni bo’yniga olgan dallol uni boqishni ham o’z zimmasiga olgan. Bunda gap ashyolarning o’g’irlanishi, yo’qolishi, yonib ketishi kabi hodisalar uchun javobgarlik xususida bormoqda.


Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling